Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik,fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar



Download 2,14 Mb.
bet32/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

5-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik,fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. (4 soat)

1-MASHG‘ULOT (2 soat)

REJA:

1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.

2. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.

3. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.


1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.

O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi.

Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon sahnasida o‘z o‘rnimizni egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil-kesil tanlab oldik. Mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:

1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;

2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.

Jamiyatda qonuniylikning g‘alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.

Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo‘llarini ko‘rsatib berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog‘liqligini uqtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Davlat boshqaruv tizimini ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar, ya’ni ijro etish va famoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tashkil etadi.Milliy davlat boshqaruvi tizimini yuzaga keltirishda mustaqil O‘zbekiston dunyoning ilg‘or davlatlarining tajribasini har tomonlama o‘rganib va O‘zbekistonning muayyan sharoitlarini inobatga olib, xalqning an’analari va mentaliteti bilan hisoblashib, bu tizimni yuzaga keltirdi. Shunday bo‘lsa-da bu tizim demokratik prinsip asoslariga ko‘ra takomillashib borishi hayotiy zaruratdir. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi tizimiga davlat boshlig‘i sifatida Prezident, respublika hukumati sifatida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari, viloyat, shahar, tuman hokimlari va hokimiyatlar hamda ularning bo‘limlari va boshqarmalar kiradi.

O‘tgan yillar davomida boshqaruv sohasidagi vazifalarning bir qismi respublika darajasidan viloyat, shahar, tuman miqyosiga o‘tkazildi, mahalla tizimini shakllantirish masalasiga katta e’tibor berildi. Bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash ishlari amalga oshirildi va bu boradagi islohotlar davom etmoqda.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish