Kafedra mudiri: _______________ Quldoshev A.T
Fanning o‘quv – uslubiy majmuasi institut Ilmiy-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. ( Bayonnoma № ____: “____” ________ 2020 yil ).
M U N D A R I J A
Mavzu nomi
|
betlar
|
Kirish
|
3
|
O’quv mareriallar
|
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
Glossariy
|
|
Ilovalar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
KIRISH
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy orzusi ushaldi, o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratadigan bo‘ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator islohotlar o‘tkazildi. Jumladan, ana shu buyuk o‘zgarishlarni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko‘hna tarixiga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgardi. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”. - Vatan fidoyilarini eslashimiz, ularning haqiga Qur'on o‘qishimiz yaxshi an'ana. Ma'rifatparvar bobolarimiz mustaqillik uchun, xalqimiz emin-erkin yashashi uchun kurashganini bilamiz. Oxirgi yillarda butun jamoatchiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklash, muzeylarni yangi namunalar bilan to‘ldirish, ijod maktablari tashkil etish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinyapti. Bularning hammasi - odamlarga tarixiy adolatni, haqiqatni yetkazish uchun, xalqimiz u kunlarni bilishi va hech qachon unutmasligi, bugungi kunlarning qadriga yetishi uchun, - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida dastlabki sinovlardan o‘tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Yangi jamiyat qurish, avvalo, yoshlarga, ularning ma’naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog‘liq. Binobarin, yosh avlodda milliy g‘oyani, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog‘lom fikrni uyg‘otish, ularni Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g‘oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma’naviyatli komil inson bo‘lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida “O‘zbekiston tarixi” fanining ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi ham ana shuyuksak ahamiyat bilan belgilanadi. Qisqa qilib aytganda, tarix fani ya’ni, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” – millat va Vatan kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq.
Tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi. Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mazkur majmuada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan fanning tayanch konspekti, talabalar mustaqil ishlari uchun topshiriqlar, namunaviy dastur, ishchi fan dasturi, testlar, glossariy (izohli lug‘at), o‘quv adabiyotlari jamlangan.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua shu fandan dars beruvchi institut o‘qituvchilari va talabalar uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o‘quv-uslubiy majmuadan ilmiy xodimlar va “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |