Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 1,11 Mb.
bet84/225
Sana03.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#314225
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   225
Bog'liq
2 5316758196314969476

Ijroiya organi - Ministrlar Kengashi hisoblanadi.  Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Amin Tojiyev (1989-1992), Radjapboy Yo’ldashev (1992-1995),  Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiyev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Baxadir Yangibayev (2006-2017). 2017 yildan hozirgi vaqtga qadar Sariyev Kaxraman Ramatullayevich Ministrlar Kengashi raisi bo’lib ishlaydi.


Bugungi kunda O’zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni, yoki butun Qoraqalpog’iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.

Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.

Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G’allabank” Qoraqalpog’iston bo’limlari tashkil etildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.

Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko’rildi.

Qoraqalpog’istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 32 ta ko’tara savdo bazasi hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog’iston  bo’limi, 19 ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 650 million so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.

Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari  filiallarida 958 million so’mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va urta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ruyxatga olindi. 1996 yil yakuniga kura ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi 10 mlrd 355,7 mln so’mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so’mlik sanoat maxsuloti ishlab chiqarildi.

Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi. Yig’ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, kandolatchilik maxsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar,  osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.

Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Qo’ng’irotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida  Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari iblan jihozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.

Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” to’qimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.

Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.

1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga qurilib bitkazilgan.

Qo’ng’irot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Lekin ko’p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori edi. Eng avvalo yigiruv-tukuv fabrikalari, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.

Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ro’y berdi.

1997 yil 1 yanvar holatiga respublikada 263 qishloq xo’jalik korxonasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan maxsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog’dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go’sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako’l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.

Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o’zgardi. G’alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil etdi. Bug’doy va kartoshka yetishtirish  3 marta, uzum yetishtirish 4 martaga ko’paydi.

Qoraqalpog’istonda dehqon fermer xo’jaliklari tashkil etish bo’yicha yetarli tajriba to’plandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikqal’a tumanida mavjud 14-ta jamoa xo’jaliklari dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi.

1992 yili Qoraqalpog’iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000 yillarda Jahon banki, Yevropa rivojlanish banki va boshqa firmalar bilan 100 dan ortiq shartnomalar tuzildi. Respublikada 303dan ortiq qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.

Qoraqalpog’iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AQSh, Janubiy Korea, Shveysariya, Niderlandiya hisoblanadi. Asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng bo’ldi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasida importning salmog’i 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Import mahsulotlari tarkibiga asosan xalq iste’mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug’doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi.

Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi.  Respublika aholisi 1,5 mln kishiga ko’aydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yili 2 sentyabrda “Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’grisida” 405-sonli qaror qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to’la hal etildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi. 1992-1996 yillarda Tuyamuyin suv omboridan respublika aholi punktlariga   2 ming 885 km vodoprovod tarmog’i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari yetkizildi va tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni  tashkil etdi. Ko’plab sog’liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqi Birinchi Prezident I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta xursandchilik bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo’yi  aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi.

1995 yili xalqaro konferensiyada Nukus Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o’rmon xo’jaliklarini ilmiy tizimga  otkazish, suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasini ishlab chiqish, hududning tabiiy resurslarini boshqarish tartibini ishlab chiqish, ushbu hududda yashovchi odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo’yildi.

1995 yili 24 oktyabrda BMTning 50 yilligiga bagishlangan Bosh Assambleyasida Birinchi Prezident I.A.Karimov “bugungi kuni xalqaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar qo’llab-quvvatlashisiz, BMTning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari o’z kuchlari va chet el donorlari yordami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya to’pladi. Shundan 856,25 ming dollar 1997 yili yuqoridagi ishlarga berildi. Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil etildi. Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog’iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol o’ynadi: 21-mart Navro’z, 1 yanvar - Yangi yil, 8-mart - Xotin-qizlar kuni, 9-aprel - Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni, 1-oktyabr - Ustozlar kuni, 8-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za hayiti, Qurbon hayiti.

Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To’rtko’l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o’g’li va Berdaq Qarg’abay  o’g’lining 170 yilligi, Nukus pedagogika institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi,  Allayor Dustnazarovning 100 yilligi, Yernazar Alako’zning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogika institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug’bek haykallari o’rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.

1994 yili Qoraqalpog’istonda madaniyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, hozir Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuraniy”, “Navro’z” fondlari tashkil etildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O’zbekiston Qahramoni” unvonini oldilar.

1993 yili respublika Ministrlar Kengashi  qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o’tish hakida qaror qabul qildi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning o’zida 65 otamada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi. Hozir Qoraqalpog’istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kollej, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o’rta maxsus o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming o’quvchi ta’lim olmoqda.

1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogika instituti qayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga yetdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot fakultetlari  asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o’quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.

1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol bo’yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan oldin uchta institut  bo’lgan bo’lsa, endilikda 6 ta institut tashkil etildi. Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Yeshanovlar boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov  ishlaydi.

Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musayev nomidagi Chimboy dehqonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stansiyasi, molchilik, bog’dorchilik, o’zumchilik muassalari kiradi. Qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot sohalari bo’yicha J.Mambetullayev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud.

Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat  ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbayev, A.Baxiyev, T.Yeщanov, A.Dauletov, X.Hamidov ham qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentayev va J.Kuttimuratov O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.

Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Yesemuratova, A.Turabayev, K.Dauletbayevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofotini oldilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofotini A.Baxiyev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbayev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Sapar-niyazov, T.Yeщanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar qo’lga kiritdilar.  Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofoti egasi bo’ldi.

Qoraqalpoq davlat universiteti yonida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo’yicha doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog’iston bo’limi tarix, arxeologiya va enografiya instituti yonida tarix bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarni himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doktorlari va nomzodlari o’zimizda himoya qiladigan bo’ldi. Tarix fanidan hozirgacha 51 fan nomzodi himoya qildilar.

Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbo’yi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Mo’ynoqda Germaniya yordamida bioekologiya institutining  xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog’iston hududida turizmli  targ’ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdahkon, Ellikqal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirq-qiz” dastani va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bagishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi

Mustaqil O’zbekiston va Qoraqalpog’istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin eg’allaydi. O’zbekiston qahramonlari, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlar qatoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullayeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbayev va boshqalar kelib qo’shildi.

1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari   o’tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet sahnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muhammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Yesirkepov va boshqalar keyingi yillarda yaxshi faoliyat ko’rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapayeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeyeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova va boshqa qo’shiqchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo’ldi. Jumabay Bazarov, Baxtiyar Yesemuratov kabi baxshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova,  Jarilkagan Yeshanov, Tenel Kalliyev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga tanildi. Qoraqalpoq  universiteti  “Xurliman” ansambli 2000 yili  Toshkentda “O’zbekiston - Vatanim manim” ko’rik-tanlovida 1-o’rinni eg’alladi. Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o’lkashunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy o’zligimizni targibot qilishda katta faoliyat ko’rsatmoqda. 2002 yil may oyidan boshlab milliy televideniyede “Assalam Qoraqalpog’iston” tonggi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tarix va taqdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko’rsatuvlari tashkil etildi. Xalqimiz Yerkin Kutibayev, Alisher Auyezbayev, Baxtiyar Nurullayev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi jasoratlarini tan oldi.

Mustaqillikning o’tgan davri - tarix uchun bir lavhadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog’istonda amalga oshirilgan ishlar salmog’i va ko’lami bilan bir necha o’n yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni anglay boshladik.

Qoraqalpog`istonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir. Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.

Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va 0‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan. 0‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 10-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumanida bo'lib o'tgan saylovoldi uchrashuvida: "Men nafaqat o'zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!", deb ta'kidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha belgilangan keng ko'lamli ishlar haqida to'xtalib, jumladan: "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo'lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat'iy nazoratga olamiz", degan edi. 

Ma'lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpog'iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ish bilan band bo'lgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda. 

Ayni paytda bu hududning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bog'liq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, sifatli tibbiy yordam ko'rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga e'tibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bo'lmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda. 

Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog'istonda bo'lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O'tgan vaqt mobaynida ular to'la amalga oshirildi. 

Tashrif yakunlariga ko'ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so'mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o'rni yaratish imkonini berdi. 

Masalan, Qorao'zak tumanidagi "Qoraqalpoq sement" korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi "Texnik global" korxonasida "Samsung" brendi ostida yiliga 150 ming televizor, "Nukus polimer" korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo'jalik buyumlari ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. To'rtko'l tumanidagi "Vegateks global" korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. 

Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo'lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik "Qo'ng'irot – Mo'ynoq" suv quvuri va "Qo'ng'irot" suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo'ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. 

Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag'lari va Orolbo'yi hududini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta'minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo'ldi. 

Nafaqat Qoraqalpog'iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo'lgan, dunyoda "Sahrodagi Luvr" deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. 

Qoraqalpoq davlat o'lkashunoslik muzeyi binosi, O'zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog'i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom'e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. 

Chimboy tumanidagi "Lanextrakt" qo'shma korxonasida qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o'rni yaratilgan. 

Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo'nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi. 

Nukus shahridagi "Nukus Med Tex" MChJ tomonidan tibbiy buyumlar, "Berlin farm" MChJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. To'rtko'l tumanidagi "To'rtko'l shisha idishlari" MChJda farmatsevtika shisha idishlari tayyorlanadi. 

Shu kabi farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan boshqa loyihalar ham taqdim qilindi. Loyihalarda selluloza ishlab chiqarish haqidagi ma'lumot ham o'rin oldi. Ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyiha qog'oz ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. 

Davlatimiz rahbari Chimboy tumani faollari, ziyolilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugun dunyoda ro'y berayotgan o'zgarishlar, aholini qiynayotgan muammolar, ta'lim, tibbiyot tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi. 

Shavkat Mirziyoyev Taxiatosh tumaniga tashrif buyurdi. 

Bu yerda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks rivojlantirish bo'yicha 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Prezidentimizning avvalgi tashrifidan so'ng 2 ming 112 loyiha amalga oshirildi. Sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalaridagi ushbu loyihalar natijasida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi, 11 mingga yaqin ish o'rni yaratildi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasini 2018-2019-yillarda komleks rivojlantirish dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga tashabbuskor korxonalar va tijorat banklari mablag'lari, xorijiy investitsiyalar yo'naltiriladi. Buning natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o'zlashtiriladi, mahalliylashtirish va qayta ishlash darajasi oshadi, 10 mingga yaqin ish o'rni tashkil etiladi. 

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog'iston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qo'shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. 

Tebinbuloq konini o'zlashtirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda metall mahsulotlar mavjud shunday buyumlarni eritish orqali ishlab chiqarilmoqda. Tebinbuloq koni temir rudasining ulkan zaxirasiga ega. Ushbu konni o'zlashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Natijada 2021-yildan boshlab yiliga 1 million tonna po'lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya tashkil etildi. 

Samarasiz foydalanilayotgan obyektlar negizida yangi korxonalar tashkil etish loyihalari haqida ham ma'lumot berildi. Qoraqalpog'istonda 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Ulardagi obyektlar 5 yil muddatga keyinchalik mulk huquqini rasmiylashtirish sharti bilan bepul beriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va tiklash ishlari davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shu tariqa ushbu zonalarda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratiladi. 

Shu yerda "O'zqurilishmateriallari" va "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, Orolbo'yi aholisi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan rejalar namoyish etildi. 

Prezidentimiz ushbu reja va maqsadlarning Qoraqalpog'iston hayotidagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratib, ularning har biri bo'yicha topshiriqlar berdi. 

Davlatimiz rahbari Xo'jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo'ldi. Mazkur hududda logistika markazi qurish topshirig'i Prezidentimizning joriy yil yanvar oyida Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida berilgan edi. 

"Xo'jayli agrosanoat markazi" MChJ tomonidan tashkil etilayotgan markaz qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug'ullanadi, ichki bozorni qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yangi ish o'rinlari yaratish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 

15,3 gektar maydonni egallagan majmuada 2018-yilda 5 ming tonna meva-sabzavotni qadoqlash, saralash va qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. 150 kishi ish bilan ta'minlanadi. 

Shu yerda Qoraqalpog'istonda oziq-ovqat sanoati sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha dasturlar taqdimoti bo'lib o'tdi. Xususan, 2018-2019-yillarda meva-sabzavot va go'shtni qayta ishlash, sovutkichlar qurishga oid 70 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 2018-2020-yillarda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish dasturi doirasida 250 loyihani hayotga tatbiq etish ko'zda tutilgan. Natijada 730 dan ortiq ish o'rni yaratiladi. 2018-2020-yillarda baliqchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 6 loyiha bajariladi. Nukus va Qanliko'l tumanlarida sholi maydonlarida baliq yetishtirish texnologiyasi tatbiq etiladi. 

To'rtko'l tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Sho'rbuloq suv ombori Amudaryoning quyi oqimida suv taqchil yillarda suv ta'minotini yaxshilash, hududda baliqchilik, chorvachilik, bog'dorchilikni rivojlantirish va qo'shimcha ish o'rinlari yaratish imkonini beradi. 

Ma'lumki, Orol dengizi sathi pasayib, qirg'oqdan 180-200 kilometr uzoqlashib ketgani Amudaryoning quyi oqimiga kirib keluvchi suvlar yuqori nishablikdan tushishi va Mo'ynoq tumanidagi Daryo oralig'i suv ombori yaqinida jarliklar hosil bo'lishiga olib kelmoqda. Bu Mo'ynoq suv ombori, Ribache, Maqpalko'l, Zakirko'l ko'llariga suv yetib bormasligi, hududdagi baliq va hayvonot dunyosi yo'q bo'lib ketish xavfini tug'dirmoqda.

Ushbu xavfning oldini olish maqsadida 2013-2017-yillarda shimoliy va sharqiy dambalarni rekonstruksiya qilish hamda suv o'tkazish qobiliyatini tiklash ishlari bajarildi. Navbatdagi bosqichda Maypost ko'li bo'ylab to'g'on yo'lini tiklash va ko'ldan Amudaryoning eski o'zaniga suv o'tkazish imkonini beradigan gidrotexnik inshoot qurish mo'ljallangan. 

Davlatimiz rahbariga janubiy Qoraqalpog'istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash loyihasi to'g'risida ham ma'lumot berildi. 

Loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli Ellikqal'a, Beruniy va To'rtko'l tumanlarida 100 ming gektarga yaqin maydon suv bilan ta'minlanib, yiliga 269 million kubometr suv tejaladi. 23 nasos stansiyasi, Suv iste'molchilari uyushmasi va fermer xo'jaliklari hisobidagi 450 dan ortiq nasos agregatlari to'xtatilishi har yili 52 million kilovatt soat elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini beradi. 

Prezidentimiz irrigatsiya sohasidagi loyihalarni sifatli bajarish va mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda shu kungacha bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, barcha sohalarni rivojlantirish bo'yicha kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Ushbu dasturga muvofiq, 2018-2019-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida umumiy qiymati 4,5 trillion so'm bo'lgan 1 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi va qariyb 10 ming ish o'rni yaratiladi. Jumladan, sanoat tarmoqlarida qiymati 492 million dollarga teng bo'lgan 232 investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etiladi. 

Shu bilan birga, Qoraqalpog'istonda yoqilg'i-energetika va kon-metallurgiya sohasida umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq 5 ta yirik loyihani joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi davlatimiz rahbari. 

2020 yil 2 oktyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonga tashrif buyurdi. «Bugun qoraqalpoq elini, tuprog‘ini, imkoniyatlarini yaxshi bilgan, xalq tanigan, turli masalalarni hal qila oladigan yetakchini saylab olishimiz kerak. Berdaq bobomizning dono so‘zlari bilan aytganda: xalqning g‘amini o‘ylagan, yurt g‘amxo‘ri kerak menga, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hozirgi murakkab paytda rahbar bo‘lish oson emasligini, Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha boshlangan ishlar 2−3 karra ko‘paytirib davom ettirilishini ta’kidladi.

«Murat Kamalovni ko‘p yillardan beri taniyman, — dedi Prezident. — U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda ishlagan bo‘lmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yashaganiga guvohman. Eng asosiysi shu. Boshqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman».


Savollar.

  1. Qoraqalpoq xalqi tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Qoraqolpog’iston Respublikasi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning huquqiy asoslarini haqida gapiring?

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o’z davlat ramzlariga egami?

  4. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

  1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

  2. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

  3. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

  4. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.

  5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

  6. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish