3. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asosiy e’tibor barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratildi. Bu borada dastlabki palladanoq mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirishi natijasida, MDHning boshqa ko‘plab mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishdi.
1991-1995 yillarda YAIMning pasayishi Qozog‘istonda 75,4, Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa (1991-1995 yillar davomida o‘rtacha pasayish 18,8%ni tashkil etgan), ilk marta 1996 yilda 1,7% o‘sishga erishildi. O‘tgan 2014 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda qabul qilingan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘ziga xos yo‘li – bularning barchasi, ayniqsa 2008 yilda boshlangan va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‘zining nechog‘liq to‘g‘ri va hayotiy ekanini isbotladi. O‘zbekistonda 2008-2015 yillar davomida 8 foizdan kam bo’lmagan o‘sish sur’atlariga erishib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‘lami yildan-yilga oshib bordi.
Jamg‘arma o‘z faoliyati mobaynida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishi, Xonjiza polimetall konini o‘zlashtirish loyihasi, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» magistral gaz tarmog‘ining qurilishi, «Farg‘ona azot» va «Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida yirik ammiak agregatlarining rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500 kVli «G‘uzor» kichik stansiyasi va «Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi qurilishi, Pomuq va Dengizko‘l konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo etilishi, Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta «Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarini xarid qilish loyihalari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metanni qayta ishlash bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish, Yangi «Angren» ko‘mir konini modernizatsiya qilish orqali Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‘yi ko‘mir asosida ishlash tizimiga o‘tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida bug‘-gaz moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‘l yo‘nalishida foydalanish uchun «Talgo - 250» yuqori tezyurar elektropoezdlarini xarid qilish, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi ayrim loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirda bu loyihalarning ayrimlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
“Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari hisobidan chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi.
So‘nggi yillarda qariyb 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari, xususan, O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan 1,5 ming kilometr uzunlikdagi yo‘l tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Temir yo‘l sohasida 342 kilometr uzunlikdagi yangi “Navoiy-Uchquduq-Nukus-Sultonuvaystog‘” va 223 kilometrlik “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” tarmoqlari barpo etildi. 550 kilometrdan ziyod temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi.
Bugungi kunda 27 rusumdagi yuk va engil avtomobillar, avtobuslar, minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarilmoqda.
Mustaqillik yillarida aholining engil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 marta oshgan. O‘zbekistonda har 2-oila yurtimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobilga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |