O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida o‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot yo‘nalishlari va o‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik taraqqiyot davri tarixini, uning o‘ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda. Binobarin, tarixshunoslar va, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy-gumanitar fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini hisobga olgan holda, mazkur ta'limni yangi nazariy va metodologik darajaga ko‘tarish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish vazifasi turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |