Qo‘shilmaslik harakati – ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan xalqaro tashkilot. O‘zbekiston bu tashkilotga 1992 yil 1-sentyabrda a’zo bo‘lib kirgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga dastlab asoschilar sifatida 6 ta davlat(Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) kirdi. 1996 yilda yilda Shanxayda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida Shanxay hamkorlik tashkiloti vujudga keladi. Lekin u “Shanxay beshligi” nomi bilan shakllanadi. 2000 yil 5-iyundagi Dushanbedagi sammitda “Shanxay beshligi” “Shanxay forumi”ga aylantirildi. 2001 yil 14-15-iyun Xitoyda navbatdagi Shanxay sammitida O‘zbekiston “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘ladi. Ushbu sammitda“Shanxay forumi”ning nomi “Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT”, deb o‘zgartiriladi.
GUUAM – mintaqaviy tuzilma. Unga 1996 yilda Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlat rahbarlari tomonidan asos solingan.1999 yil aprel oyida O‘zbekiston ham bu tashkilotga qo‘shilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi 1993 yilda Bryusselda asos solingan Osiyo – Kavkaz – Yevropa transport yo‘lagini barpo etishni ko‘zda tutuvchi TRASEKA dasturini amalga oshirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.
MDH – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. MDH mintaqaviy tashkiloti – davlat yoki federatsiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u o‘zining mohiyatiga ko‘ra ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlatlar hamkorligining yangicha shakli va ko‘rinishidir. 1991 yil 8 dekabrda Minskda (Belovejskoe Pushche) uch slavyan respublikalari – Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari uchrashuvida MDH tuzish to‘g‘risida SHartnoma imzolandi. Unda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to‘xtatiladi e’lon qilindi. 1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi bo‘ldilar.
ODKB – Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti. 1992 yil 15-mayda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston Toshkentda “Kollektiv havfsizlik to‘g‘risidagi” shartnomani imzoladilar. 1993 yilda shartnomaga Ozarbayjon, Gruziya va Belorussiya imzo qo‘yadi. SHartnoma 5 yilga mo‘ljallangan edi. 1999 yil shartnoma keyingi besh yilga uzaytiriladi. Lekin O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya shartnomani davom etdirishdan voz kechdi. 2002 yil 14-mayda “Kollektiv havfsizlik to‘g‘risidagi shartnomasi”ning Moskvada bo‘lib o‘tgan sessiyasida uni yaxlit xalqaro tashkilotga – “Kollektiv havfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma to‘g‘risidagi tashkiloti (ODKB)”ga aylantirishga qaror qilindi. 2006 yil 16-avgustda O‘zbekiston ODKB ga a’zolikka qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |