Xotira va qadrlash kuni – Respublikada ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish va urush yillarida fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlarini xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999 yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “9-mayni Xotira va qadrlash kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida yurtimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. SHu yili Toshkentda “Xotira va qadrlash maydoni” majmuyi barpo etildi. 1996 yilda O‘zbekiston respublikasining “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik “Xotira” kitobi nashr qilindi.
ISESSO (AYSESKO) – Islom konferensiyasining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti. 2007 yilda ISESSO (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyatining 2007- yildagi poytaxti deb e’lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |