Kerakli kasbiy mahorat va bilim
• qurilish me’yoriy qoidalarini bilish (SNiP), GOSTlar;
• asosiy konstruktiv echimlarni, zarur ishchi hujjatlarni, arxitektura chizmalarini mustaqil ishlab chiqish malakasi;
• kompyuter yordamida loyihalash tizimlarini bilish (AutoCad, Autodesk, Graphisoft ArchiCAD);
• dizayn va hisoblash usullarini bilish;
• kartografiya, geodeziya, ekologiya asoslarini bilish;
• rivojlangan estetik va badiiy didning mavjudligi;
• chizmachilik, grafika, kompozitsiya sohasida badiiy mahoratning mavjudligi;
• matematik va analitik ko'nikmalar, dizayn ko'nikmalarining mavjudligi.
Shaharsozlik (shahar qurish) — meʼmorlikning yirik sohasi; shahar bunyod etish nazariyasi va amaliyoti — aholi yashaydigan hududlar (turar jsoylar)ni loyiha asosida rejalashtirish. Shaharsozlik ijtimoiy iqtisodiy, sanitariya gigiyena, qurilish texnika, badiiy meʼmoriy masalalar majmuini qamrab oladi. Shaharsozlik majmui meʼmorlik va qurilish bunyodkorligi, jamiyatning ijtimoiy tizimi va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyot darajasi, madaniyati, tabiiy iqlim sharoitlari va milliy oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Shaharsozlik oʻz navbatida qishloq aholi turar joylarini rejalash, landshaft meʼmorligi, bogʻ barpo etish, tumanlarni rejalash, sanoat korxonalari, dam olish mintaqalarini ratsional ravishda joylashtirish, ekologiya masalalari kabi bir necha tarmoqlarga boʻlingan.
Shahar va yo'llar odamlar uchun qurilgan, ya'ni ular nafaqat qulay va zamonaviy dizaynga ega bo'lishi, balki shaharsozlikning yaxlit rejasiga asoslanishi, tashqi ta'sirlarga chidamli bo'lishi, "yashil" infratuzilma bilan birlashishi va aholi salomatligi uchun o'z hissasini qo'shishi kerak. Bu yo'l shaharlarning "yashil" rivojlanishi orqali amalga oshadi.
Avvalo, integratsiyalashgan shaharsozlik tizimiga zamonaviy yondashuvlar zarur bo'lib, ularda hozirgi va kelajakdagi xatarlarni hisobga olish zarur. Bularga iqlim o'zgarishi jarayoni, shaharlar ekologiyasining holati va uning shahar aholisi sonining o'sishi prognozi, transport vositalari, qurilish ishlari sur'ati va boshqa omillar kiradi. Agar shaharlar yashil yo'l bo'ylab rivojlanmagan bo'lsa, ular, xususan, to'liq ishlay olmaydilar va salbiy tashqi ta'sirlar paytida mahalliy aholi uchun "tuzoqqa" aylanishi mumkin, masalan, jazirama yozlar ta'siri issiqlik oroli (beton yuzalarining ko'pligi va asfaltlanganligi sababli), ko'p yillik qurg'oqchilik yoki COVID-19 kabi pandemiyalar.
Zamonaviy shaharsozlik bo‘yicha Rossiyaning taniqli arxitektura kompaniyasi — «Kosmos» hammuassisi Artyom Kitayev kelajakdagi shaharlar haqida ma’lumot berdi.
Demak, kelajak shaharlari qanday bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |