18-bilet.
Arxeologiyada zamonaviy qurilmalar rivojlanishining tarixi.
Uch o’lchamli modellashtirish deganda nima tushuniladi?
GATda qo’llaniladigan grafikli ma’lumot formatlari.
1) Zamonaviy texnologiya - bu ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ajralmas qismi bo’lib, jamiyatining hayoti va faoliyatida muhim o’ringa egadir. Axborot texnologiyalarning qo’llanilishi zamonaviy sivilizastiya taraqqiyoti darajasini belgilab beradi. Axborot vositalari va usullarining faol qo’llanilishi XXI asr gumanitar bilimlar sohasidagi asosiy yondashuvlardan biri hisoblanib, XXI asr, shubhasiz axborot asri deb e’tirof etiladi. Axborot kundan - kun jamiyatni taraqqiy ettiruvchi muhim resurslardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuter texnikasining taraqqiy etishi foydalanilayotgan ma’lumotlarni nafaqat qayta ishlash, balki yangi ma’lumotlarni jalb etish, shuningdek fanning yangi sohalarini kompyuterlashtirish va boshqarishni taqozo etmoqda. Axborot texnologiyalarining amaliyotda qo’llanilishini taqozo etuvchi dasturlar va texnik vositalar axborot resurslaridan foydalanish uchun mo’ljallangan. Hozirgi kundagi axborotlarning kattagina qismi hududiy bog’liqlikga egadir. Fan va texnika turli sohalarining qanchalik darajada rivojlanishiga qaramasdan axborot jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi eng muhim resurslardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlarning keng miqyosda qo’llanilishi ularning axborotlarni insonga nisbatan tez va aniq hisoblashida emas, balki biz katta xajmda o’sib borayotgan axborotlar ustida ishlashimizda vujudga keladigan ma’lum bir qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan belgilanadi. Kompyuterlarning qo’llanilishi oddiy ilmiy hisoblardan keng miqyosdagi boshqaruvga, sodda fayllar ustida ishlashdan katta xajmdagi hududiy axborotlar ustida ishlash ҳamda ularni saqlashga qadar bo’lgan bosqichni bosib o’tgan. Ҳozirda biz bu sohadagi yangi bir yo’nalish-hududiy axborotlarni qayta ishlashning keng miqyosda joriy etilishini kuzatmoqdamiz. Arxeolog ma’lum bir yodgorliklarda tadqiqot ishlari olib borish jarayonida ko’plab arxeologik topilmalarga duch keladi. Arxeologik manbalar xajmining ko’pligi va ularni o’rganish ishlari ko’lamining kengayishi esa arxeologiyada zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanilishini taqozo etmoqda. Tarix fanlari ichida aynan arxeologiya birinchilardan bo’lib matematik usullar va axborot texnologiyalariga murojaat etgan fan soҳalardan biri hisoblanadi. Kompyuter va matematika usullarining arxeologiyada qo’llanilishi tarixiga nazar tashlasak, XX asrning 20-yillaridan boshlab rus arxeologlari tomonidan tadqiqotlar jarayonida taxminiy statistika va geometriya usullari qo’llanila boshlandi. 1936 yilda esa Jey Barnes va Alfred Vinsent Kidder tomonidan paleolit industriyasini o’rganishda statistik usullar qo’llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab Amerikalik arxeolog olimlar ham o’z tadqiqotlarida matematika usullarini qo’llay boshlashdi. XX asrning 50-yillarida Breynerd va Robinson tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar esa arxeologik muammolarni matematik tuzish va yechish yo’llarini ko’rsatib berdi. Xozirgi kunga kelib esa arxeologiyada matematik usullar va kompyuterning qo’llanilishi borasida yetarli darajada tajriba to’plangan va ko’plab ilmiy adabiyotlar nashr etilgan. Bunga biz 1987 yilda G.A.Fedorov-Davidov muallifligida nashr etilgan “Statisticheskie metodi v arxeologii”, 1989 yilda A.P.Derevyanko, Yu.P. Xolyushkin muallifligida “Metodi informatiki v arxeologii kamennogo veka”, 1995 yilda esa nashr etilgan “Matematicheskie metodi v arxeologicheskix rekonstrukstiyax” va xokazolarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Keyinchalik zamonaviy kompyuter texnologiyalarining yaratilishi va taraqqiy etishi esa arxeologik tadqiqotlarni yangi darajaga olib chiqdi. XX asrning 90-yillarida kompyuter vositasida tarixiy kartografiya yaratish g’oyasi vujudga keladi. 1994 yildan boshlab bu g’oya Italiyaning Florenstiya shahrida «History and Computing» xalqaro assosiastiya tomonidan tashkil etilgan seminardan so’ng amalga oshirila boshlandi. Aynan shu davrdan boshlab kompyuter kartografiyasining tarix fani sohasida qo’llanilishining nazariy va amaliy jixatlari o’rganila boshlandi. Arxeologik topilmalarni ma’lum bir hududga bog’lash axborot texnologiyalari sohasidagi yangi yo’nalish, ya’ni geografik axborot tizimining arxeologiya sohasida keng qo’llanilishini taqozo etmoqda. GAT yordamida qadimgi tarixiy xaritalarni o’rganish, arxeologik yodgorliklar planini tuzish yoki ma’lum bir geografik hududlarning arxeologiyaga oid ma’lumotlar tizimini yaratish imkoniyati vujudga kelmoqda.
Kompyuter texnologiyalari deyarli hamma fanlarning, jumladan arxeologiyaning ham rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
2) Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalashishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarishva qog‘ozga chiqarish imkonini beradi. Ushbu qo‘llanmada kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiyaqilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office dasturininghar qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
Ushbu qo‘llanmada AutoCAD ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o‘zbek tiliga o‘girilganvarianti berilgan. AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCADdasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo‘ladi:
• Pentium 133 protsessori
• 32 Mbaytli operativ xotira
• Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira
• 640 ga 480 VGA – displeyi
Ish stoliga quyidagilar kiritilgan:
• TUSHUVCHI MENYU QATORI –menyuning eng yuqori qatori;
• ASBOBLAR PANELI –yuqorida, ish stolining o‘ng va chap tomonida.
Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli:
1) «Standart asboblar» paneli;
2) «Obyekt xossasi» paneli;
3) «Chizish» paneli;
4) «O‘zgartirish» paneli;
5) «O‘lchamlar» paneli;
6) «Obyektni bog‘lash» paneli.
ASBOBLAR PANELINI SOZLASH ALGORITMI.
1) sichqon klavishi o‘ng tomonini asboblar panelining ixtiyoriy birortasini ko‘rsatib, bosamiz.
2) ochilgan ro‘yxatdan kerakli asboblar panelini belgilaymiz.
• GRAFIK MAYDON (Model maydoni) –ish stolining o‘rta maydonini egallagan bo‘lib, modellar chizmasini yaratish uc hun mo‘ljallangan. Model maydoni parametrlarini qo‘llovchi o‘ziga mos qulay ravishda o‘zgartirishi mumkin.
MODEL MAYDONINI SOZLASH ALGORITMI.
1) Sichqon klavishining o‘ng tomonini grafik maydonning ixtiyoriy joyiga bosamiz, Опцииpunktini belgilaymiz.
2) Ochilgan «Parametrlar» dialog oynasida quyidagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin.
A) Oyna elementlari ish stoli ko‘rinishini sozlash, ya'ni;
1) Rang tugmachasi yordamida model maydoni rangini tanlash mumkin;
2) Dialog oynasiga chaqiriladigan shrift turini Shrift tugmachasi orqali sozlash mumkin.
B) Format elementlari maydoniga Varaq maydoni M2 umumiy ko‘rinishini sozlash mumkin.
V) “Aks ettirishni kengaytirish qobiliyati” maydonida obyektlarning tasviri sifatini sozlash mumkin, ya'ni yoylar va aylanalar egri chiziqlarda segmentlar soni va h.k.
G) Aks ettirish maydoniga uch o‘lchovli rang berilgan (3D) obyektlarni aks ettirish sifatini sozlash mumkin.
• DIALOGLI OYNA yordamida dastur bilan muloqot amalga oshiriladi. Bu oyna bir necha qatordan iborat bo‘lib, ularda foydalanuvchi chiqaradigan ta'sir algoritmi aks etgan bo‘ladi. Ko‘pincha, dastlabki asboblar to‘g‘risida kerakli axborotni o‘z ichiga oladi.
Muloqot oynasida kamida uchta qator qoldirilishi tavsiya etiladi. Sozlashni qo‘lda, ya'ni sichqonning kursorini muloqot oynasining yuqori qismiga olib borib, uni siqib (cho‘zib) yoki past (baland) ga surib amalga oshiriladi.
• QATOR HOLATI (boshqarish tugmasi) –chizmachilik rejimlari, ya'ni qo‘shish/o‘chirishni o‘z ichiga oladi va ish stolining eng pastki qismida joylashgan.
O‘z ichiga quyidagi elementlar (tugmalar)ni olgan:
A) QADAM (Шаг) (Snap) –sichqonning ma'lum qadam bilan harakatini ta'minlaydi.
Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.
Qadam rejimini qo‘shish (o‘chirish) F9 funktsional klavishi orqali yoki ShAG (Qadam) knopkasini sichqon bilan bosish orqali amalga oshiriladi.
B) TO‘R (Grid) - rasmni aniq chiqarish, va ishni yengillashtirgan holda, ortogonal setkasining bog‘larini ekranda olish imkoniyatini beradi.
Sozlash bajariladi: Asboblar Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va to‘r”.
Setka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F7 funksional klavishi yoki sichqon bilan SETKA tugmasini bosib amalga oshiriladi.
V) ORTO (Ortho) – chiziq chizish ortogonal rejimini qo‘shadi (o‘chiradi).
G) POLYАR (Polar) –chizishning polyar rejimini qo‘shadi (o‘chiradi), ya'ni dastur avtomatik ravishda trassirovkali turlar holida obyektlar chizmasi yo‘nalishni va burchagini ko‘rsatib beradi.
Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.
Polyarnaya trassirovka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F10 funksional klavishi yoki sichqonni POLYAR tugmasiga bosish orqali bajariladi.
D) VO‘RV (Osnap) – obyektli bog‘lash (obyektlarni tekislash), ayrim nuqtalarni ko‘rsatish imkonini (ya'ni masalan, kesma va yoy o‘rtasi, aylana markazi va aylana va yoy kesishish nuqtasi) beradi.
Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.
Привязка объекта (Obyektni bog‘lash) rejimini qo‘shish (o‘chirish) F3 funksional klavishi orqali yoki sichqonning VO‘RV tugmasini bosish orqali bajariladi.
E) СЛЕД (Object Snap Tracking) –Osnap dagi nuqtani boshqarish imkonini beradi, kursor harakatlanganda vektor trassirovkasi hosil bo‘ladi.
Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”.
След rejimini qo‘shish (o‘chirish) F11 funksional klavishsi yoki СЛЕД tugmani sichqon bilan bosish orqali bajariladi. .
J) VESLIN –obyektlar chiziqlari qalinligini aks ettirishni qo‘shadi (o‘chiradi).
Z) MODEL –model maydonidan varaq maydoniga o‘tish imkonini beradi.
IZOH. Aniq asboblarning vazifasi keng holda quyida keltiriladi.
3) Tasvirning skanerlanishi natijasida hosil bo’lgan kodlar bitlarini qattiq diskda saqlash uchun fayllardan foydalaniladi. Fayllarning ma’lum qoida asosida tuzish va xoxlagan dastur orqali ulardan ma’lumotlarni olish, tasvir kodlarini hosil qilish imkoni yaratilishi kerak. Demak, faylning shakli biror-bir shablon bo’lib, qaysi qatorlarni, belgilarni, sonlarni va b. qanday tartibda joylashganligini bildiradi. Ko’plab GIS lar rastrli tasvirlarni saqlash uchun o’zlarida mavjud formatlar ishlatiladi. Agar barcha ishlar bitta GIS da olib borilayotgan bo’lsa, formatlar ushbu GIS da kenglamasida tuzilishi kerak. Lekin ish jarayonida boshqa ma’lumotlar kerak bo’lsa, bu formatlardan foydalanib bo’lmaydi. Bunday vaqtda rastrli va vektorli formatlarni saqlay oladigan keng tarqalgan formatlardan foydalanish zarur. Bugungi kunda keng tarqalgan shunday formatlarning to’rtta turi mavjud.
Grafikli tasvirlarni Windows da saqlaydigan asosiy format VMR (ingl. - Bilmap), u oq-qora, rangli tasvirlarni saqlaydi. Bu formatning asosiy afzalligi – uning soddaligidir, shu sababli bu formatni barcha dasturlar o’qiydi. Uning asosiy kamchiligi – fayllari hajmining nihoyatda kattaligidir.
Malakali mutaxassislar Tiff (ingl. - tagged imaged fail fop mat) ishlaydilar. Bu format ҳoxlagan rangli tasvirni saqlashi mumkin, ma’lumotlarni siib tasvirlashi imkoniyatiga ҳam ega. Fayllarda tasvirlardan tashqari o’shimcha ma’lumotlarni saqlasa ham bo’ladi. Fayllarda ushbu afzallik – uning asosiy kamchiligidir, chunki ba’zi dasturlar qo’shimcha ma’lumotlarni o’qiy olmasligi va natijada tasvir hosil qilmasligi bir necha maratoba aniqlandi.
Fayllarning hajmini kamaytirish uchun ko’plab formatlar ma’lumotlarni siqish yo’llarini ishlab chiqmoqda. Ma’lumotlarni siqib tasvirlashda ish ularning sifati saqlab qolgan holda yoki sifati ko’rsatkichlarini kamaytirish bo’yicha borish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan formatlardan tashqari, manbalarni siqib tasvirlaydigan, ularni Internen da tasvirlaydigan, kompyuter tarmoqlari orqali yuborish mumkin bo’lgan Gif (ingl. - grafits inderchange Format) formati mavjud. Bu formatning asosiy afzalliklari – ularning rasmni shaffof tasvirlash, animastiya tasvirlarini saqlash va h. k. Bu formatning asosiy kamchiligi – ranglar turlari kam farqlashligidir. Aerosuratlarni bu formatda saqlash mumkin emas.
Agar tasvirni uzoq vaqt saqlash kerak bo’lsa JPEG (ingl. - Joint Picture Explort Group) ishlatiladi. Unda tasivrning sifati ancha past ifodalanadi. Shunga qaramasdan JPEG kompyuterda tasvirni qayta ishlashda keng qo’llanilmoqda.
Yuqorida nomlari keltirilgan formatlarni turli vaqtlarda ishlatish mumkin. shuni ta’kidlash kerakki, agar kuchli maxsus dasturlardan foydalanilayotgan bo’lsa, unda bajarilgan ishlar faqat dasturning ichki formatlarida saqlanganligi ma’qul. Vektorli formatlarga misol tariqasida DXE, DMG, DX90, PIC, DGN larni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |