37. Arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumot bering
Arxeologik yodgorliklar ibtidoiy makonlar, qishloq va shaharharobalar, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozorqo‘rg‘onlar, qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlari hisoblanadi.Arxeologlar mazkur topilmalar yordamida o‘sha davr manzarasini,
insonlarning yashash sharoitini, jamoada mavjud udumlar va qaysitaraqqiyot bosqichida turganliklarini aniqlaydilar.
Arxeologik yodgorliklar davr va uning harakteriga qarab quyidagilarga ajratiladi:
1. Manzilgohlar; makonlar, qishloqlar, shahar xarobalari.
2. Qadimgi mozor-qo‘rg‘onlar, qabristonlar.
3. Ishlab chiqarish bilan bogMiq boMgan joylar; konlar, ustaxonalar.
4. G ‘or va ungirlar.
Arxeologik yodgorliklar er ostida yoki er ustida joylashganbo'ladi. Er ostidagi yodgorliklarni o‘/ganish jarayonida arxeologlarmadaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar.
38. Madaniy qatlam haqida ma’lumot bering
Madaniy qatlam deganda — insoniyatning turmushi, xo‘jalik
faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Madaniy
qatlamlar bir va bir necha o‘ntacha gorizontlarga boMinadi. Ularning
qalinligi bir necha santimetrdan 30— 35 metrgacha bo‘lishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligibilan bogMiq. Madaniy qatlam u yoki bu qatlamlarga shurftashlash, keyin keng koMamda qazish ishlari natijasida aniqlanadi.
S h u rf aslida nemischa so‘z boMib, o‘zbek tilida - qaziyman,degan m a’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagimadaniy qatlam qalin-sayozligini o ‘rganishga qaratilgan qazish ishlaritushunilib, madaniy qatlam bor-yo‘qligini aniqlash va yodgorliklarhaqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko‘pincha kvadrat vato 'g ‘ri to‘rtburchak shakllarida boMib, uning chuqurligi va kengligimadaniy qatlamga qarab, liar xil chuqurlikda boMishi mumkin. Shurf
stratigrafik xarakterga ega bo‘lib, uni qazish natijasida madaniyqatlam, ya’ni inson faoliyati izlari boMmagan ergacha kovlabtushiladi, arxeologiyada u materik— bezovta qilinmagan er, deb
ataladi.
39. Tarixiy davrlashtirish haqida ma’lumot bering
O'tmish voqealarini oMganishda har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarixiy va arxeologikdavriarining sanalarini bilish va ularni ajrata olish ham zarurdir.
Umuman, davrlar va sanalar tarix va arxeologiya fanining o‘zagihisoblanadi. Ular chuqur o‘zlashtirilsagina tarixiy jarayon va voqealarniesda saqlab qolish osonlashadi, shuningdek, tarixiy voqealarni mantiqiyfikrlash jarayonida xatoliklarga yo‘l qo'yilmaydi. Tarixiy davrlashtirishning o‘ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi.Unda ma’lum bir davrga xos bo'lgan urnumiy rivojlanish xususiyatlari asos qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |