Arxeologiya qanday fan va uni o’lka tarixini o’rganishdagi ahamiyati?



Download 18,17 Kb.
bet2/2
Sana29.12.2021
Hajmi18,17 Kb.
#77292
1   2
Bog'liq
1-Tar.olkashun.va turizm

arxeologiya havaskorlari to`garagi a`zolari tomonidan Farg`ona tog` tizmalaridagi Soymaylitosh degan joyda toshga o`yib solingan juda ko`p suratlarning togshlishi, mashhur Biyanayman ossuariylari va hokazolarning ochilishi fan solnomalariga juda ham muhim ilmiy kashfiyotlar bo`lib kirdi. Akrom Asqarov 1884 yilda arxeologiyaga oid qazish ishlari o`tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor N. I. Veselovskiyga yoqib qoladi, yordamchi sifatida u bilan birga Buxoroda, Farg`ona vodiysida va boshqa joylarda o`tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda qatnashadi, tez fursatda arxeologiya bilimini o`zlashtirib oladi. 1954 yilda Farg`ona vodiysining qayroqqum cho`lida ham bir necha erdan must’e davri qurollari topilgan edi. 1988 yili O`zbekiston Respublikasi FA muxbir a`zosi o`tkir Islomov rahbarligida Farg`ona vodiysining So`x va SHohimardon soylari sohillarida arxeologik tadqiqotlar olib borilib, katta natijalarga erishildi. O`lar Selungur g`oridan o`sha zamon tosh qurollari bilan ko`milgan odam suyagini topdilar. Bu suyak must’e davri odamlarining suyaklari bo`lib, na neandertal’ va na pitikantropga o`xshamaydi. Buni aniqlash maqsadida YUNESKO dan mutaxassislar chaqirildi. O`lar bu suyakni sinchiklab o`rganishib, uni «fergantrop» odami deb topdilar. Bu esa fan olamida katta yangilik hisoblanadi. Katta Farg`ona kanali qurilishida o`tkazilgan arxeologiyaga oid kuzatishlar va keyingi yillarda o`tkazilgan maxsus ilmiy safarlar natijasida esa Farg`ona vodiysida ashel’ va must’e davrlarida odam yashaganligi, keyingi taraqqiyot natijasida jez davrida CHust va Dalvarzin kabi ibtidoiy qishloqlar bo`lgani aniqlandi.


  • O‘zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklarni o‘rganish orqali Samarqand shahrining 2750, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 va Toshkent shahrining 2200 yoshdaligini aniqladilar. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda o‘zbek olimi Muso Saidjonov, keyinchalik mashhur olim Yahyo G‘ulomov rahbarligidagi arxeologlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yahyo G‘ulomov nomidagi arxeologiya instituti ham katta ishlarni amalga oshirmoqda. Veselovskiyning «tez fursatda arxeologiyaga oid ishlarni o`zlashtirib oldi» degan yuksak bahosiga sazovor bo`lib arxeologiya sohasida mahdlliy xalq orasidan etishib chiqqan birdan-bir fan arbobi amaliyotchi bilimdon sifatida tanildi. Akrom Asqarov N. I. Veselovskiydan Turkistondagi arxeologiyaga oid yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi biri ustida ish olib borish zarurligini so`raganda, u unga ma`lum ko`rsatmalar berib turdi. N. I. Veselovskiy Turkistondan ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil ravishda arxeologiyaga oid tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va markaziy matbuotda hech narsa yozilmagan bo`lsa-da, ammo uning to`plagan boy va qimmatli arxeologiyaga oid ashyolar to`plami o`sha yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko`lamda ish olib borilganidan dalolat beradi. Akrom Asqarov 1891 yilda vafot etgach, uning boy arxeologiyaga oid ashyolar to`plami juda ehdiyotlik bilan Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.

  • Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillikka oid manzilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘l gan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yerdan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan. Surxon vohasida (hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joy) Jarqo‘ton manzilgohi vujudga kelgan. Jarqo‘ton qurilishi tarixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi. U ikki qismdan iborat bo‘lgan: qal’a va uning atrofi da jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan. Jarqo‘tonda ibodatxona qoldiqlari topilgan.

  • Professor S. P. Tolstov boshliq Xorazm arxeologiya ilmiy safari 1937 yilda qidirish ishlari olib borib, Janubiy Qoraqalpog`istondagi qizilqum ichida qolib ketgan qadimgi obod erlarda g`oyatda ko`p va ahamiyatli yodgorliklarni topib tekshirdi. Bu yodgorliklar orasida eng qadimgisi kaltaminorliklar chaylasi bo`lib, unda so`nggi davrlarning yodgorliklari ham yaxshi saqlangan. Qizilqum sahrosidagi qum tepaliklar orasida Yonbosh (Jonbos) qal`a nomli qir ustida eramizdan 300 — 400 yillar ilgari solingan qal`a bor. O`sha qirning janub tomon etagida shamolda buzilib nurayotgan taqirlar tagida kul, sopol siniqlari, mayda tosh qurollar va boshqa narsalar ko`rinib qolgan. 1940 yili o`sha joy qazilganda, u erda qum tepasini tekislab, xodachalar va qamishdan juda katta chayla qurilganligi aniqlandi. Professor S. P. Tolstovning taxminiga ko`ra, deb yozadi marhum akademik YA. G`. G`ulomov, bu chaylada 100—120 odam ona urug`i oilasi tartibida yashagan. CHaylada qumni o`yib ishlangan 20 dan ortiq o`choq bo`lgan. Har bir o`choq atrofida baliq suyaklari, kiyik, yovvoyi cho`chqa, qirg`ovul, suv qushlarining suyaklari, o`rdak, g`oz tuxumlarining po`choqlari, yovvoyi jiyda danaklari, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon asboblar, toshni silliqlab ishlangan bolg`asimon asbob, sopol idish siniqlari va shunga o`xshash narsalar ko`p bo`lgan. Bu joyda hali metall, uy hayvonlari, qo`lda ekiladigan ekin qoldiqlari yo`q. CHaylada topilgan narsalarning hammasi bu joyda qadim zamonda suv bo`lganligidan dalolat beradi. Bu atrof bir zamonlar ko`l va botqoq bo`lgan, unda yovvoyi jiyda danaklari bo`lgan, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon qurollar topilgan joy atrofida paxta daraxtlari o`sgan chakalakzorlar va qamish o`sadigan to`qaylar bo`lgan. CHaylani shu materiallardan yasaganlar. Baliq suyagining ko`pligi bundagi odamlarning asosiy kasbi ko`lda baliq ovlash va to`qayda ovchilik qilishdan iborat bo`lganligidan guvohlik beradi.

  • 1938 yili Surxondaryodagi Boysun tog`ida joylashgan Teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must’e davrida yashagan odamlarning makoni bo`lib chiqdi. G`orning qatlamlarida toshdan qilingan. O`choqning o`rni, kul qatlamlari, ko`mir, turli hayvon va qushlarning suyaklari, must’e davriga xos qurollar ko`p topildi. Bulardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rgani ma`lum bo`ldi. G`orning bir erida 8 — 9 yoshli bir bolaning toshga aylanib qolgan kalla suyagi ham topildi. Bu hozirgi zamonamizdan taxminan 100—120 ming yillar ilgari yashagan neandertal’ odamining kalla suyagidir. Teshiktoshda o`sha davr odamining topilishi arxeolog`iya fanining nihoyatda katta yutug`i bo`lib, uni tekshirgan professor A. P. Okladnikovga Davlat mukofoti laureati degan unvon berildi. Teshiktosh g`orida 1,5 m qalinlikda 5 ta madaniy qatlam topildi. qatlamlar tekshirib ko`rilganda, ularning har biridan diametri 40 sm, sathi 2 metrdan ortiqroq keladigan gulxan qoldiqlari, 3 mingdan ko`proq tosh qurollar va tosh siniqlari hamda qush va hayvonlar: kaklik, kaptar, o`rdak, qirg`ovul, sug`ur, tog` echkisi, kiyik, qulon, qoplon, ayiq, sirtlon suyaklari topildi. Teshiktosh makonida uchratilgan topilmalar ichida eng muhimi mayda bo`laklarga bo`linib ketgan 8 — 9 yashar bolaning bosh va tana suyaklari topildi.

    Neolit (yangi tosh) davriga o`tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullarini rasm qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlar yasash bo`ldi. Ko`pchilik xalq bu davrda daryo, ko`l va dengizlar bo`yida, aksariyati qum ustida chayla qurib yashagan. Bular asosan o`troq bo`lib, faqat ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. Shuning uchun sopol idishlarning tagi tekis emas, yumaloq yoki tuxum uchiga o`xshash bo`lgan. O`zbekistonda Boysun tog`laridagi Machay, Amir Temur g`orlarida, Uzboy atrofida va Qoraqalpog`istondagi Yonbosh qal`a atroflarida neolit davri madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu makonlar ichida eng diqqatga sazovori qoraqalpog`istondagi kaltaminorliklar chaylasidir.

    Download 18,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish