Yevropa. Boy Finikiya shahri Sidon podshosi Agenorning 3 o’g’li va go’zal, abadiy xudo kabi qizi bor edi. Shu yosh va go’zal qizning ismi Yevropa edi. Bir payt Agenorning qizi tush ko’rdi. U tushida Osiyo va undan dengizlararo uzoq bo’lgan materik, ikki ayol qiyofasida unga tashlanganligini ko’rdi. Har bir ayol Evropani egallashga harakat qiladi. Osiyo mag’lubiyatga uchradi. Endi u o’zi tarbiyalagan va emizib katta qilgan Yevropani boshqa materikka topshirishga majbur edi. Qurquvdan uyg’onib ketgan Yevropa, ushbu tushning ta'birini bila olmay hayron edi. Agenorning yosh qizi taqdirga tan berib ibodat qilib, agar tush unga xavf tug’dirsa ushbu baxtsizlikni undan yiroqlashtirilishini xudolardan so’radi. Oltin suvi yuritilgan hashamatli liboslarga burkangan holda dugonalari bilan yam-yashil gullar bilan burkangan, o’tloqlarga tutashgan dengiz qirg’og’iga bordi. Ular o’ynab-kulib Sidon qizlari oltin savatlariga gullar terishdi. Ular oppoq xushbo’y nafis, krokuslar, fialka va liliyalar terib oldilar. Agenorning qizi esa o’zining chiroyini ko’z-ko’z qilib, Afrodita kabi xarirlar bilan o’ralgan holda o’zining oltin savatchasiga faqatgina qirmizi atirgullarni terdi. Gullar terib charchagan qizlar o’yin-kulgi bilan sho’x-sho’x qo’shiq kuylay boshladilar. Ularning yosh jarangdor ovozlari uzoq-uzoqlarga eshitilardi. Go’zal Yevropaning tashvishsiz hayoti uncha ko’pga cho’zilmadi. Uni Kronning o’g’li qudratli bulutlarni haydovchi Zevs ko’rib qoldi va uni o’g’irlashga qaror qildi. O’zining ko’rinishi bilan yosh Yevropani qo’rqitib yubormaslik uchun u ajoyib ho’kiz qiyofasiga kirdi. Zevs xo’kizning yungi oltin kabi toblanar edi. Uning peshonasi oy nurlari kabi yarqirar edi. Oltin shoxlari egilgan edi. Ajoyib ho’kiz o’tloqda paydo bo’lib asta-asta qadam tashlab, o’tlarga yengil tegishgan holda qizlar davrasiga yaqinlashdi. Sidon qizlari undan qo’rqmadilar va uni o’rab olib mayin silay boshladilar. Hokiz Yevropaga yaqinlashdi va uning qo’llarini yalay boshladi hamda unga erkalandi. Yevropa ho’kizning oltin yunglarini silab, uning boshini quchoqlab uni o’pdi. Ho’kiz go’zal qiz oyoqlariga yotib huddi uni minishga undaganday bo’ldi. Kulib, xushchaqchaq Yevropa ho’kizga minib oldi. Boshqa qizlarning ham minmoqchi ekanligini sezgan ho’kiz zudlik bilan oyoqqa turib, dengiz tomon yugirib ketdi. Dengizga o’zini tashladi, xuddi delfin kabi dengizga suzib ketdi. Zevs Yevropani o’girlagan edi. Dengiz xudosi Poseydonning o'zi ularni kuzatib borardi. Yevropa Zevsning turmush o’rtog’iga aylandi. Shundan beri ular Kritda yashab kelardi. U Zevsdan uch o’g’il ko’rdi. Ular Minos, Radaman, Sarpedon edi. Ularning shuhrati butun olam bo’ylab yoyildi.60
Do'stlaringiz bilan baham: |