Arxeologiya mutaxassisligi


Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo kulolchiligi xususiyatlari



Download 90,5 Kb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi90,5 Kb.
#845032
1   2   3   4
Bog'liq
kulolchilik kurs ishi

3. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo kulolchiligi xususiyatlari
O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asr davri Buyuk xalqlar ko‘chishi voqeasidan boshlanadi. Bu xodisa butun Evrosiyoning markaziy qismi o‘z qaromog‘iga olib keladi.
Eramizning III asrida Evrosiyoning o‘rta kenglik mintaqalarida ekologik krizis yuz beradi. Asriy qahatchilik davom etadi. Bu hodisa birinchi o‘rinda dashti biyobon saxro mintaqalarida salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
YOzda yomg‘ir qishda qor yog‘masligi natijasida em hashak bo‘lmay, mollar qirila boshlaydi. Bu davrda Markaziy Osiyoning dashtlarida hukmron bo‘lib yurgan xunlar, o‘z yurtlaridan qochib sharq, g‘arb va janubda joylashgan o‘troq madaniyatli hududlarga bostirib kira boshlaydilar. IV asr manbalari Xitoy, Hind, Eron, Evropa tillarida xunlarning hujumi haqida axborot beradilar. Xitoy, Hind, Sug‘d manbalari ularni xun deb ataydi. Eron manbalari xionna, rim manbalari xionid va xun deb ataydi.
IV – V asrdan boshlab, ushbu hududlarda xunlardan qolgan go‘ristonlar, go‘rlar va boshqa ashyoviy dalillarni kuzatishimiz mumkin. Bevosita O‘rta Osiyo tarixiy saxnasida ushbu harakatlar arxeologik jihatdan kuzatiladi. III-IV asrlardan boshlab Sirdaryo bo‘ylab asrlar mobaynida rivojlanib kelayotgan o‘troq madaniyatni janubga siljishini kuzatamiz. Jumladan Qovunchi madaniyati o‘z hududlarini Samarqand va Kesh vohalariga kengaytirishini kutamiz.
Buxoro vohasida Zarafshonning o‘rta oqimida o‘troq Qoratov madaniyati ta’sirini kuzatamiz. Xorazm va Naxshabda Jetisar madaniyati ta’sirini kuzatishimiz mumkin. Bu madaniyat ta’siri Sirdaryo oqimi bo‘ylab yuqoriga ham tarqaladi – Kider yoki kerdir madaniyati natijada butun O‘rta Osiyoga, jumladan Marg‘iyona bilan Baqtriyaga qadar, Sirdaryo o‘rta va quyi oqimi madaniyatlarini tarqalganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.
O‘troq vohalarning antik davri kulolsozlik an’analari yo‘qolib boradi. Oyoqlik qadah va boshqa bir qator idishlarning bir tipi yo‘qoladi. Bu davrning asosiy idishlari ko‘za, kosa, tovoq, qozon, tava xum va xumchalar. Sopol idishlarning sifati keskin buziladi. Loyi kulrang yoki sarg‘ish, angob ko‘pincha loyini rangida.
Davr o‘tishi bilan ko‘chib kelgan emigrantlar, vohalarda mahalliylashib, tub aholisi bilan qorishgan sari kulolchilik san’ati yanada takomillashib boradi. Idishlarning turi ko‘payadi. Naqshi boyiydi. Samarqand vohasida sifatli ishlangan krujka va ko‘zachalarni sluda jina bilan bezatganligini ko‘zatamiz. Enoxaya makonidagi ko‘zalar paydo bo‘la boshladi.
VIII asrda O‘rta osiyo hududlari arab halifaligiga qo‘shilgandan so‘ng halifa davlatining cheksiz hududlarida keng ko‘lamda savdo-sotiq va texnologiyalar avjiga chiqadi. Natijada idishlarni sirlash ya’ni glazur bilan qoplash texnologiyasi O‘rta Osiyoga ham tarqaladi. Sirlash texnologiyasining mohiyati sopol idishlarning tashqi va ichki qismini ishqor yoki boshqa xom-ashyolar asosida shishasimon moddalar bilan qoplash.
O‘rta Osiyoda qadimdan shisha kabi selikat mahsulotlarini tayyorlash ma’lum bo‘lgan.

  1. Egipet yoki Rim texnologiyasi.

  2. Hind texnologiyasi

Bu texnologiya asosida sho‘ra va boshqa dashtu biyobonlarda o‘sadigan mineral tuzlarga boy o‘simliklarning ko‘pidan ishqor ishlab, ishqor eritmasini sopol mahsulotlariga surkab qayta pishirishi natijasida idishlarning tashqi qismi sirlanadi. Dastlab u O‘rta Osiyo sirlangan buyumlarida nur o‘tkazmaydigan havorang havorang idishlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu texnologiya asosan Somoniylar davrida tarqab, qoraxoniylar davrida avjiga chiqadi. To mo‘g‘ullar talofatiga qadar rivojlanib boradi. Tayyorlangan tovoq, kosa, xurmacha va boshqa shakldagi idishlar sathi yuqa oq ganch vositasida gruntovka qilinadi. Undan keyin qora, jigarrang, qizil bo‘yoqlar vositasida idishlarga rang solinadi va undan so‘ng idishlar sathiga sir qoplanadi va oxirgi marotaba xumda pishiriladi. Natijada nozik did bilan ishlangan epigrafik o‘simlik va geometrik ornamentlar bilan bezatilgan mahsulot vujudga keladi. Mo‘g‘ul istilosidan so‘ng sopolni bezash texnologiyasi o‘zgaradi. CHunki butun dunyoga mo‘g‘ullarning talon-taroji tufayli qo‘lga kiritilgan chinni mahsuloti tarqay boshladi va Butun O‘rta Osiyo, Eron va YAqin sharqda chinni idishlarni yasashni badiiy uslubi kuchayib boradi. YA’ni toza oq fon ustidan ko‘k yoki havorang naqsh berish uslubi hukmron bo‘lib qoladi.

XULOSA
Yuqorida biz tarix fani manbalar orqali yoritilishi, manbalar esa moddiy va yozma manbalarni o’z ichiga olishi, moddiy manbalarning o’ziga xos xususiyatlari ularning alohida mutaxassislar, ya’ni arxeologlar tomonidan o’rganilishini zarur ekanligini ko’rib chiqdik. Haqiqatdan ham arxeologik materiallar tarixni yoritishda muhim ahamiyat kasb etar ekan, bu o’z navbatida qazish ishlarida arxeologdan bilim va tadqiqot davomida ko’pgina va juda xilma-xil usullar ishlatishni talab qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, arxeologik qidiruvlarda topilgan moddiy madaniyat belgilari hisoblanmish qadimgi buyumlarni yuzaki o’rganish bilan biror bir maqsadga erisholmaydi. Arxeologlar qazib olingan buyumlarni yuzaki ta’riflash, ularning yoshini, nimaga ishlatilganligini, qanday usulda yasalganligini, qaysi qabilaga mansubligi va shu kabilarga oydinlik kiritishga harakat qiladilar. Bu tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichidir, xolos. Faqat shu bilan chegaralanilgan taqdirda arxeologiyaning zaruriyati ham bo’lmas ekanligini ko’rdik. Buyumlarni bir-biriga bog’liq holda, ularni shu buyumlar topilgan inshootlarga bog’lab tekshirish lozim, shu bilan birga o’sha tarixiy manbalar vositasi bilan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlashni asosiy maqsad qilib olmoq zarur. Faktlarni qayd qilish bilangina chegaralanib qolish yaramaydi, ularni tarixiy jihatdan izohlab berishga urinmoq lozim. Bunda albatta arxeologik materiallarni davrlashtirgan, guruhlashtirgan, tasniflagan va tiplashtirgan holda har bir elementiga e’tibor bergan holda o’rganish va o’rganilma natijasida olingan ma’lumotlarni insoniyat tarixidagi o’rnini ochib berishga diqqatni qaratmoq lozim bo’ladi. Bu jarayonda esa arxeologik ob’ektlarning ahamiyati, ularni o’rganilish mexanizmlari, xususan arxeologik ob’ektlarni o’rganish jarayonida ularga tavsif berish, ularni tasniflantirish va tiplashtirishning ahamiyatlarini yuqori ekan. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hech bir arxeologik ob’ektni tavsifi, tasnifi va tipini o’rgangan holatda yoritmasdan turib ular to’g’risida aniq bir to’xtamga kelish imkoni mavjud emas ekan. Jumladan, arxeologik ob’ekt tavsifi bo’lmas ekan biz mazkur ob’ekt to’g’risida tushunchaga ega bo’lolmas ekanmiz. Xuddi shunday, biz arxeologik ob’ektni tasniflashtirmas yoki tiplashtirmas ekanmiz yoki ularni guruhlarga ajratmas ekanmiz, ularni o’rganish jarayoni oson bo’lmas va xulosalash imkoni mavjud bo’lmas ekan.
Bulardan ko’rinadiki, biz tadqiqotchi arxeolog sifatida kelajak tadqiqotlarini amalga oshirib, yurtimiz tarixini manbalar asosida sof va haqqoniy yoritishni istasak, albatta bu jarayonda har bir arxeologik tadqiqot usullarini, jumladan, arxeologik ob’ektlar tavsifi, ularni tasniflash va tiplashtirish usullarini mukammal o’rganmog’imiz lozim bo’lar ekan. Shunday ekan, ushbu usullarni puxta o’rganib, kelgusida arxeologiya sohasida samarali faoliyat yuritishimiz har bir biz kabi arxeolog tadqiqiotchining asosiy vazifalaridan bo’lmog’i lozim.


Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish