Arxeologiy a


Janubiy O’zbekiston Nomozgox – Sopolli



Download 2,06 Mb.
bet56/66
Sana31.05.2022
Hajmi2,06 Mb.
#621700
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
7d40f436fd722434959f5183df8299e9

Janubiy O’zbekiston Nomozgox – Sopolli madaniyati.
1970 yilning boshlaridan boshlab, O’zbekistonimizning janubiy qismida N. Askarov, shimoliy Afgonistonda esa, V. I. Sarianidilar tomonidan bir vaqtning o’zida juda katta ko’lamda arxeologik ishlarni olib borilishi natijasida Markazi Osiyo arxeologiyasi uchun juda katta tarixiy axamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi. Janubiy O’zbekiston va shimoliy Afғoniston xududida Қadimgi Sharq tsivilizatsiyasini yangi o’choғi ochildi va bu bilan bronza davridagi Қadimgi Sharq tsivilizatsiyasini Baqtriya markazini jahon ilmiy jamoatchiligiga etkazildi. V. I. Sarianidi yil davomida shimoliy Afғoniston ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, 30 dan ortiq bronza davri yodgorliklarini o’rganib chiqdi. Ana shular orasida Dashtli voxasi yodgorliklaridan qilingan ishlarning yakuni aloxida diqqatga sazovordir. Aynan bir vaqtning o’zida janubiy O’zbekistonda, qadimgi Baqtiriya bronza davri tsivilizatsiyasini o’rganish ishini N. Asqarov Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston kabi yodgorliklarda keng ko’lamda boshlab yuborgan edi. Natijada O’zbekistonning janubiy rayonlari eradan avvalgi ming yillikda Қadimgi Sharq tsivilizatsiyasi zonasiga kirganligi N. Asqarov tomonidan isbotlab berildi. Қadimgi Baqtriya shimoliy va janubiy qismlaridan o’tkazilgan arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari, bu o’lkaning bronza davri tsivilizatsiyasining shakllanishida janubiy Turkmaniston dehqon jamoalarining roli katta bo’lganligi aniqlandi. N. Asqarovni O’zbekistonimizni Janubida olib borgan arxeologik izlanishlarining natijalari Nomozgox madaniyati nomi bilan mashxur bo’lgan. Janubiy Turkmanistonning•toғ oldi qadimgi dehqon jamoalari avval Murғob voxasini o’zlashtirgach so’ng qo’shni Қadimgi Baqtriya erlariga xam borib etadilar. Bu voqealar Sopolli tepa misolida eradan avvalgi II ming yillikning 2 choragida sodir bo’ladi. Murғoblik dehqonlar janubiy O’zbekistonda avval Sherobod cho’lini o’zlashtiradilar. O’larning birinsi qarorgohi Ulanbuloqsoy suvi bazasida tashkil topgan Sopollitepa bo’lgan. Sopolli tepaliklar asta sekin Ko’xitosh va Boysun toғ etaklari bo’ylab, shimoliy sharqqa siljigan. Natijada Sherobod daryosining quyi xavzasi tarmoqlari bo’ylab qadimgi dehqonlarning yangidan yangi kishloqlari qad ko’tara boshlagan. Ana shunday qishloqlarning katta bir guruxi Sherobod daryosining qadimgi irmoғi Bo’stonsoy soxillarida, uning Jarqo’ton punktida shakllanganligini ko’ramiz. Keyinroq esa qadimgi dehqonlar yangi erlar axtarib o’z xududlarini kengaytiradilar. Shunday qilib, eradan avvalgi ikkinchi ming yillik davomida Nomozgox madaniyati merosxo’rlarining Shimoliy Baqtriya erlarida qator qishloqlari qad ko’taradi, dehqonchilikni ishchi vohalari tashkil topadi. Shimoliy Baqtriyaga ko’chib kelgan murғoblik dehqon jamoalari yangi joyda Nomozgox madaniyati an`alarini davom ettirish bilan birga, asta sekin milliy sharoitga mos.ashgan xolda, yangi madaniy rivojlanish yo’liga tushib oladilar. Ularning moddiy madaniy faoliyatlaridan qator o’zga{. ishlar sodir bo’lib boradi. Natijada Қadimgi Baqtriya bron;a davri madaniy xo’jalik dunyosida murғob voxasining Nomsitox arxeologik kompleksiga yaqin yangi arxeologik kompleksSogolli madaniyati tashkil topadi.
Shuni a;;oxida ta`kidlash joizki, shu kunlarda o’zbek xalqining faxri, iftixoriga aylanib qolgan Sopollitepa yodgorligi Surxonlaryo viloyatining Sherobod cho’li xududida 1968 yili N. I. Al’baum va V. A. Kozlovskiylar tomonidan topilib, 1969 yilG`.an boshlab, N. Asqarov tomonidan xamma tomonlama mukamm;l o’rganildi. Sopollitepada o’tkazilgan qazish ishlari natijasida ajdodlarimizni bizga koldirgan ajoyib yodgorliklari topildiki, bular bizni bronza asrida juda yukori madaniyatga ega bo’lganligimizdan dalolat beradi. 1971 yilga kelib, Sopollitepada qazish ishlarini olib borish jarayonida, N. Asqarov tomonidan Sopollitepa yaqinidan Kichiktepa va Kultepa yodgorliklari kabi qadimgi qishloq qoldiqlarini, 3. Xakimov va T. Belyaevskiylar tomonidan esa Surxondaryoning Sho’rchi tumani xududidan Tulali nomli yodgorlikni tchpdi. 1973 yili esa Sh. Pidaev va R. Piminkolar Sherobod chulini qadimgi o’zani Bo’stonsoy soxilidan Jarqo’ton qishleq xarobasini, 1974 yili N. Asqarov tomonidan shu nomdagi qabriston topilgan. Shunday kilib, Қadimgi Baqtriyaning shimoliy ғarbiy o’lkasi hisoblangan Surxondaryo viloyatini xududida 20 dan ortiq bronza davri Sopolli madaniyatiga oid yodgorliklar o’zbek arxeologlari tomonidan topildi va o’rganildi.
1969-1974 yillar davomida Sopollitepada olib borilgan keng miqyosdagi arxeologik qazish ishlari natijaSida yodgorlik to’liq ochilib, uni turar joy komplekslari, mudofa devorlari va qishloq ichidagi xilxonalari keng o’rganil-di. Sopollitepani umumiy maydoni 4 ga ga yaqin. Ammo, uni ancha qismi Қizil Imperiya davrida buzilib, paxta maydoniga aylantirilgan. Yodgorliklarni markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib, u o’zini balandiligi va aniq pla-nirovkasi bilan ajralib turadi. Sopollitepaning atrofi uch qator mudofa devorlari bilan o’ralgan. Mudofa devorla-rining qalinligi 2 metr. Devor xom ғishtlar bilan tikla-nib somon suvoq qilingan. Ғishtlarining xajmi 20x12x42, 22x12x44 sm. Sopollitepada Murғob vodiysidagidek burj-lar yo’q. Bu erda burjlar o’rniga, devorlar koridorsimon bloklarga bo’linib, bu bloklarning eni 3.2 metrni, uzunli-gi 26 metrni tashkil qilib, bular tuzoq rolini o’ynagan. Bu tuzoq rolini o’ynagan koridorlar ichki va tashqi bo’limlarga bo’lingan. Kalha qo’rғon ichida joylashgan. Uy - joy kom-plekslari aniq qilib, 8 ta kvartalga bo’lingan. Sopolli-tepada madaniy qatlamni qalinligi 2 metr, ba`zi joyla-rida 3 metrga boradi. Sopollitepa topilmalarini o’rganish natijalari va radiokarbon analizi materiallariga asos-langan xolda undagi hayot eradan avvalgi II ming yillikning XUP-XU asrlariga oid deb topildi.
Sopollitepa axolisi eradan avvalgi II ming yillik-ning o’rtalarida xech qanday tashqi taziyqsiz o’z manzilgox-larini tashlab ketganlar.
Bunga sabab, manzilgoxlarni suv bilan ta`minlab tu-ruvchi Ulanbuloqsoyni o’z o’zanini boshqa tomonga o’zgarti-rib ketgani bo’lgan. Sopollitepa dehqon jamoalari Bo’ston-soy soxillariga borib joylashganlar. Ilmiy izlanishlar natijasi, Sopolli tepani ikkita quyi qatlam «Sopolli» bosqichi, uning yuqori qatlami va Jarqo’tonni quyi qatlami «Jarqo’ton» bosqichi ekanligin ko’rsatdi. Sopollitepadan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqla-ri va 138 ta mozor komplekslari ochildi. Sopollitepa yod-gorliklarini o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ochilgan mo-zorlar (lanzilgox xududida ma`lum bir maydonni egallama-gan. Ularning bir qismi bu erda ochilgan ko’p xonali uy -joy xo’jaliklarining poli, xona devorlari va eshik osto-nalari ostiga ko’milgan. Sopollitepa mozorlarining deyarli xammasi yaxshi saqlangan. Қabrlarga qo’yilgan idishlar 2-3 tadan to 50 tagacha etadi. Қabrlarda erkaklar o’ng biqini, ayollar esa, chap biqini bilan oyoq qo’llari ғujanak xoliga keltirib yotqizilgan. Mozorlarda bronzadan yasalgan turli xil taqinchoqlar, tumor muxrlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoqlar, oltin munchoqlar, kumush bilakuzuklar, bronza oy boshpeshlari va xakozolar ko’plab topiladi. eng luxim tomoni shundaki, mozorlardan topilgan buyumlarga qarab, bu «Duradgor usta» mozori, bu «To’qimachi» mozori», bu «Kulol» , bu «Ovchi» mozori yoki «jangchi» mozori deb atash mumkin. Chunki bu mozorlarda xar bir ko’milgan odam-ni kasbiga, ya`ni tiriklik davrida qilib yurgan ishiga qa-rab buyumlar qo’yilgan. Jarqo’ton IV qabristonini ochish vaqtida kenrtaf qabrlari xam ochilgan. Bunday qabrlarda odam jasadini qoldiqlari o’rniga loydan yasalgan xaykalcha-lar qo’yilib ular qizil rangda bo’yalgan bo’ladi. Ko’pincha be-darak yo’qolgan jamoa a`zolarini ko’mish marosimini o’tka-zib ular o’rniga xaykalchalar qo’yilgan. Ikkinchi kenotaf mozorlarida bedarak ketgan jamoa a`zosi o’rniga hayvonni qo’yish odati bo’lgan. Қo’yiltan hayvonlarni xam oyoqlari buklangan bo’lib, ular atrofiga har xil idishlar qo’yilgan.
Sopollitepa qishloq - qo’rғonini o’rganish asosida xar bir kvartal bir patriarxal uruғ jamoasiga doir bo’lib, ularning xar biri bir nechtadan juft oila xo’jalik kom-plekslaridan iborat bo’lgan deyish mumkin. Қishloq qo’rғo-nining 8 ta kvartalga bo’linishi Sopollitepaliklarning ishlab chiqarysh jamoalari uyushmasi 8 ta uruғdan iborat ekanligini ko’rsatadi. Xar bir uruғning o’z o’toғasi - uruғ boshliғi bo’lgan. Қabrlardan topilgan moddiy ashyolarga qa-raganda Sopollitepada ayollar iqtisodiy-ijtimoiy hayotda o’z o’rnini erkaklarga allaqachon bo’shatib bergan bo’lsalar-da, ularni traditsion obro’yi, jamoadagi mavqei xali kuchli edi. Sopollitepa uy-joy komplekslari odatda ko’p xonali bo’lib, xonalarning birida albatta o’choq va sandal o’rni uch-raydi. Sopollitepada barcha turdagi qurilish inshoatlari xam ғishtlardan qurilib, bironta joyida paxsa alomati ko’rinmaydi. Uy-joy komlpekslari doirasida non pishiradi-gan tandirlar ochilgan. Sopollitepada arxeologik moddiy ashyolari asosini xilma xil shakldagi kulolchilik, charxida ishlangan sopol idishlar tashkil kiladi. Ular sifat jiha-tidan shunchalar jozibador, bejirim, jarangdor va yupqa Қilib ishlanganki, bularni xozirgi kunimizda qariyb 4 ming yil avval ishlanganligiga ishonging kelmaydi. Demak, Sopollitepa sohiblari juda yukori darajadagi madaniyatga erishgan ajdodlarimizni vakillari bo’lgan. Sopollitepani nafaqat sopolli idishlari, balki u erdan topilgan barcha moddiy ashyolarni mukammal darajada o’rganilganligi nati jasida O’zbekistonimizni janubidagi bronza asri madaniya-ti haqida qator xulosalarga kelish imkonini beradi. Bu-lardan eng muximi O’zbekistonimiz xudida sunhiy sugorish-ga asoslangan o’troq dehqon xujaligining kelib chiqish ta-rixi yaqin ming yilga qadimiylashdi. O’zbekiston va Toji-kiton xududlarining janubiy viloyatlarini Қadimgi Sharq madaniyati yoyilgan zonaga kiritish imkoniyati tuғildi. Bu demak vatanimizning janubiy xududida qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas tarkibiy qismi, ya`ni tsiviliza-tsiyani o’choғi bo’lganligini anglatadi.
Sopollitepada ipakchilik, boғdorchilik va qorako’lchi-likka doir yangi materiallar qo’lga kiritildi. Ilk shaxar-lar tarixi xaqidagi taasurotlarimiz xam rosa ming yilga qadimiylashdi. Sopollitepa qishloq - qo’rғoni planirovkasi (aniq rejasi) natijasida O’rta Osiy va eron xalqalari o’tmish xalqining nodir yozma manbai xisoblangan «Avestoda» ta`riflangan qadimgi shahar VAG ning arxeolo-gik isboti qo’lga kiritildi. eng muximi, agar avvallari Movarounnaxr xududida ilk shaharlarning paydo bo’lish ne-gizlari eron xududidan qidirilgan bo’lsa, endilikda O’zbe-kiston ilk shaxarlarning kelib chiqish negizi moddiy va ma-daniy asosi Respublikamizning janubiy rayonlarida ekanligi dalili ashyolarga tayanilgan xolda xar tomonlama isbotlab berildi.
YUkoridagi aytilganlarga xulosa qilib shuni aytish joizki Sopollitepa yodgorligi O’zbekiston va Tojikiston xalqlari tarixiga o’zini juda boy va sermazmun moddiy ashyolari bilan 1970 yillardagi yirik ilmiy kashfiyot sifa-tida oltin xazina bo’lib kirdi.
Sopollitepada arxeologik qazish ishlari yakuniga etgach, bronza davri dehqon jamoalarini tarixi o’rganish Jarqo’-tonda, Bo’stonsoy yodgorliklarida davom etdi.
Xozirgi kunlarga kadar O’zbekistonimizning janubiy xududlarida 20 dan ortik bronza davri yodgorliklari topi-lib, o’rganilish natijasida, bronza asri yodgorliklarini xronologik davriy sistemasi ishlab chikildi. Bu yodgorlik-lardan Jarqo’ton va Bo’ston, Kultepa va Mulali tepalar bo’lib, ular asosan Surxondaryo viloyatining Sherobod, Sho’rchi zonalarida joylashgan. Shimoliy Baqtriya Nomozgox -Sopolli madaniyati yodgorliklarining xronologiyasini ishlab chiqishda Jarqo’ton qabristonini qazish ishlari xal kiluvchi asosiy materiallarni berdi. Jarqo’ton qabristonida arxeo-log olim B. Abdullaev 1974 - 1977 yillari arxeologik qazish ishlarini olib borib unumli natijalarga erishdi. Na-tijada 3 ta arxeologik kompleksga ega bo’lgan 719ta mozor ochildi. Ularni sinchiklab o’rganish tufayli N. Asqarov So-pollitepa madaniyatini uchta xronologik 1 Sopolli, 2 Ja-rqo’ton, 3 Mulali bosqichlarga bo’lib chiqdi. Sopollitepani 2 ta quyi qatlami Sopolli bosqichini, uning yukori qatlami va Jarqo’tonning quyi qatlami Jarqo’ton bosqichini, Jarqo’tonning yukori qatlami esa Mulali bosqichi komplek-sini tashkil etdi. B. Abdullaev Jarqo’ton qabristoni mod-diy ashyolarini xar tomonlama sin- chiklab o’rganib Mula-li bosqichini ikki boskichga ajratib, birinchisini Kuzali, ikkinchisini esa Mulali deb atashni taklif etdi. Shunday kilib Sopolli madaniyati to’rtta xronologik kompleksga bo’linib uning Sopolli boskichi eradan avvalgi XUP-XU asrlar , Jarqo’ton boskichi XU-X1U asrni o’rtalari, Kuzali bosqichi esa XIV asr o’rtalaridan XIII asrni to’laligicha bo’lgan davrni, Mulali bosqichi esa XP-X asrlar bilan bel-gilandi. Bu bosqichlarni xammasida bir-biriga o’xshashlik bo’lsada, ularni bir - birlaridan ajratuvchi aniq belgilar xam mavjud. Ko’zali bosqichidan boshlab, Xunarmandchilikni barcha soxalarida tub sifat o’zgarishlari yuz beradi. Ammo shunisi qiziqki, Sinfiy jamiyatga yaqinlashgan sayin qabr-lardagi buyumlar ko’payishi o’rniga kamayib bordi. Jarqo’-tonda ochilgan 719 ta qabrdan birontasida boy qabr, ya`ni buyumlarga boy qabr uchramadi. Ular biri biridan farq qi-lar edilar. Balki Jarqo’ton «aristokratiyasi» uchun aloxi-da xilxonalar ajratilgadir. Ammo, bunday aloxida xilxo-nalar xozircha topilgani yo’q. Shuning uchun bu masala xali o’z echimini topganicha yo’q. Jarqo’tondagi qazish ishlari ja-rayonida ko’pgina uy ro’zgor buyumlari - sopol idishlar, bronza buyumlari va boshkalar orasida granit toshidan yasal-gan birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan.
Sopolli madaniyatining oxirgi bosqichiga tegishli yod-gorliklarning mozorlarida zarastrizm elementlari paydo bo’la boshlaydi. Masalan: Kenetaf qabrlarda maxsus mitti ostodonlar (o’liklarni suyaklarini yiғishtirib kremikadan asalgan maxsus yashikka solib ko’mish marosimi zarastrizmga ishonuvchilarda bo’lgan. Bu yashiklar- ostodon deyilgan) Murdani qizil rangga bo’yab ko’mish yoki murda ustiga qizil rang sochish kabi urf-odatlar paydo bo’ladi. O’sha davr madaniy qatlamiga tegishli bir xona o’rtasidan doira shaklida ishlangan altar’- o’choq topildi. Bularning barchasi zaroastrizmni muqaddas belgisi - olovga topinishning yorqin namunasidir. Xulosa qilib aytganda Sopolli madaniyati qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas bir qismi, uning eradan avvalgi II ming yillikda o’rta Amu xavzasida, Қadimgi Baqtriya erlarida tashkil etilgan yangi markazi edi.
Xulosa.
Shunday qilib ushbu qo’llanmada o’z kasblarining xaqiq-iy fidoiylari bo’lgan arxeolog olimlarimizni tinimsiz mexnatlari tufayli yuzaga kelgan o’nlab monografiyalari va yuzlab ilmiy risolalariga tayanilgan xolda Markaziy Osiyo xududida yashab o’tgan ajdodlarimizni bir million yillik tarixi xaqida imkonimiz qadar so’z yuritdik.
XX-asrni birinchi yarmida aniqrogi uni ikkinchi chora-gida Markaziy Osiyo xududida yashagan ajdodlarimizni ilk tarixini boshlanishini xorijiy olimlar 80-100 ming yil bilan belgilab, arxeologik jixatdan must’e davriga te-gishli deb topib, must’egacha bo’lgan arxeologik yodgorlik-larni Markaziy Osiyo xududidan xali topilmagani uchun, teshik tosh ғori sohiblarini chetdan kelgan kelgindilar deb notugri nuqtai nazarlarini keltirgan edilar. Ammo shu asrni ikkinchi yarmiga kelib, akademik Ya. Ғ. Ғulomovni sayi xarakatlari tufayli yuzaga kelgan. Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan arxeologiya institutining O’zbekiston Respublikasi-ni Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil topishi natijasi-da juda katta ilmiy kashfiyotlar qilindi. eng muximi bu arxeologiya institutini asosini milliy kadrlar tashkil et-di. Shuning uchun xam nafaqat yuqoridagi kabi ғayri ilmiy nuqtai nazarlariga zarba berildi, balki tinimsiz izla-nishlar tufayli Markaziy Osiyo xududida yashagan ajdodla-rimizni tarixi daliliy ashyolarga tayangan xolda 100 ming yildan 1 mil. yilga uzaytirildi. Қadimiy ajdodlarimizni chetdan kelgan kelgindilar emasligi, balki ularni ilk il-dizlari aynan shu Markaziy Osiyoni o’zidan ekanligi Selun-gur va Ko’lbuloqlarning madaniy qatlamlaridan topilgan bir necha minglab mexnat qurollariga tayanilgan xolda is-botlab berildi.
Milliy arxeolog olimlarimizni XX asrni 2- yarimida olib borgan ilmiy izlanishlarni yakunlari Mrka-ziy Osiyo xududida ajdodlarimizni 1mln yil avval boshlan-gan xayotlari uzluksiz ravishda davom etib, bir madaniyat ikkinchi madaniyat ichidan o’sib chiqqanliginini isbotlab berdi. Ana shu bosib o’tilgan tarixiy yo’lni 99,75 % sin-fiy jamiyat paydo bo’lgunga qadar bo’lgan. sinfsiz jamiyat-ni aks ettirib, arxeologik jixatdan quyi paleolit, o’rta paleolit, yuqori paleolit, mezolit, neolit, eneolit, xatto bronza asrini so’nggi bosqichigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan, Sinfiy jamiyat esa xozirgi kunimizdan o’rta xisobda 2500 avval paydo bo’lib ajdodlarimizni bosib o’tgan yo’li-ni faqat 0,25% igina aks ettiradi xolos. Arxeolog olim G. N. Matyushininig iborasi bilan aytganda, insoniyat ta-rixini 400 bo’lakka bo’lib o’rganilsa, shundan 399 bo’lagini yoritish arxeologlar zimmasiga tushadi. Faqat bir bo’lagigi-na yozma manbalar bilan shuғullanuvchi zimmasiga tushadi xolos. Ushbu qo’llanmani bayon qilishimiz jarayonida biz mu-alliflar uchun 2 ta narsa juda qo’l keldi: Birinchisi biz-ning Markaziy Osiyo xududimizda ajdodlarimizni bosib o’tgan 1mln. yillik hayotlarini xar bir bosqichini aks etti-ruvchi arxeologik yodgorliklarni mavjud ekanligi bo’lsa, ikkinchisi anashu yodgorliklarni arxeolog olimlarimiz to-monidan zamon talabi darajasida o’rganib, o’z adabiyotlari orqali bizga bergan qimmatli ma`lumotlari bo’ldi. Bunga misol qilib Seleungurdan topilgan Fergantropdan tortib , bronza asrini oxirgi bosqichlarigacha bo’lgan yodgorliklarda odam suyak qoldiqlarni va ularni mexnat qurollarni uzluk-siz ravishda rivojlanib kelishini aks ettiruvchi topilma-larni mavjudligini ko’rsatishimiz mumkin. Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, Markaziy Osiyodagi eng qadimgi ajdodlarimizni ilk tarixi Farғona vodiysining Seleungur ғoridan boshlanib, so’ng Ko’lbuloq, Teshiktosh ғorlarida da-vom etgan. Teshiktoshdan esa Samarqand va Obiraxmat kabi yuqori paleolit odamlari, ulardan esa Markaziy Osiyo xu-dudida yuzlab, xatto minglab uchraydigan mezolit, neolit, bronza davri odamlari tarqalganlar, Markaziy Osiyo yodgor-liklardagi madaniy qatlamlaridan topilgan moddiy ashyola-rini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, bu regionda eng qadimgi vakillari bo’lmish arxantroplar shell’ va ashell’ davrida yashab, ulardan so’ng paleontroplar must’e davrida yashaganlar. Bulardan so’ng esa yuqori paleolitdan tortib keyingi bosqichlarda neantroplar yashaganlar. Bizning Mar-kaziy Osiyo xududida hayot uzluksiz ravishda davom etgan. demak, Teshiktosh ғoridan uchburchaksimon o’tkir uchli nayza (Ostrokonechnik) lar topilgan ekan. Bu ov qurolini Sele-ungur ғoridagi bodomsimon ashell’ qurollarini takomil-lashgan shakli deb tushunmoq kerak. Yoki Markaziy Osiyo xu-dudida neolit davriga kelib ming- minglab pichoqsimon ajoyib plastinkalar paydo bo’lgan ekan. Bularning xosil qilish texnikasini Obiraxmat va Samarqand makoni kabi yuqori paleolit yodgorliklariga borib taqalishini angla-moғimiz kerak.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, Seleungurdan odam suyaklarini arxeolog olimlarimiz tomonidan topilishi va ularni antropologlarimizni o’rganish natijalari bir to-mondan ajdodlarimiz tarixini o’n karra qadimiylashtirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan pitekantroplar bilan sinantrop-lar orasidagi bo’shlikni to’ldirdi. Agar pitekantroplar yashagan davrni xozirgi kunimizdan 1, 5- 2 mln. yil avval desak, sinantroplarni yoshi 300 ming yil bilan belgilan-gan. Bizni Fergantroplarni davri esa 1 mln. yil bilan belgilanadi. Demak, Fergantroplar pitekantroplardan so’ng, sinantroplardan avval_ yashaganlar. Ana shu jixatdan fergantroplarni arxeologiya faniga kiritilishi jahon ahamiyatiga molik desak ham bo’ladi.
Tosh asri yodgorliklarini o’rganish tarixi shuni ko’rsat-diki, ajdodlarimizda narigi dunyoga ishonish, e`tiqod qi-lish kabi ilk diniy qarashlar Markaziy Osiyoda must’e dav-ridan boshlangan ekan. Bunga dalil sifatida Teshiktosh ғo-ridagi neandertal’ bolani maxsus qabrga ko’milishini va bu qabrni atrofiga hayvon shoxlarini sanchib qo’yilishini ko’rsatishimiz mumkin. Bunday e`tiqodlarni must’edan so’ng xam davom etib, yuqori paleolit, mezolit, neolit, ayniqsa bronza asriga kelib, juda takomillashib ketganini Marka-ziy Osiyo xududlarini ko’plab arxeologik yodgorliklarida uchratdik. Ona ajdodlarimizning yuqori paleolitdan bosh-lab, xar xil taqinchoqlar taqib o’zlariga oro bera boshla-ganliklarini Samarqand makoni misolida ko’rib o’tdik. eng muximi asosan toshlardan iborat bu taqinchoqlarni ota aj-Dodlarimiz tomonidan yasalganini hisobga olsak, ularni ona ajdodlarimizni xozirgi kunimizdan 40 ming yil avval xurmatlarini bajo keltirganlarini guvoxi bo’lamiz. Mada-niyatni eng yuksak cho’qqisi erkaklarni ayollarga bo’lgan mu-nosabati darajasi bilan belgilanishini hisobga olsak, bizning ota ajdodlarimizning qon tomirlarida ana shu yuk-sak madaniyat tosh asridayoq jo’sh urganini ko’ramiz. YUqori paleolitdan boshlangan ayollarga xurmat, izzat va muxabbat keyingi davrlarda tobora kuchayib bordi. Buni isboti si-fatida bizning Markaziy Osiyo xududida neolit davridayoq maxsus zebu ziynat bezaklarini yasash bilan shuғullanuvchi Ustaxonalarni paydo bo’lganligini ko’rsatishimiz mumkin. Markaziy Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni olimlarimiz tomonidan o’rganish natijalari yana shuni ko’rsatdiki mezo-Lit davriga kelib o’q-yoyni paydo bo’lishi million yil davomida ajdodlarimiz xo’jaligini asosini tashkil qilib kelayotgan o’zlashtiruvchi xo’jalikni, ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan almashtirish imkonini yaratdi. Neolit davriga kelib, G. Chayldning iborasi bilan aytganda, bizning Markaziy Osiyo xududida xam «Neolit inqilobi» yuz berdi. Demak o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi. Ammo bunday xodisa, Markaziy Osiyoning barcha xu-dudlarida birdaniga sodir bo’lmadi. Arxeolog olimlarimiz-ni izlanish natijalari Markaziy Osiyoda bir vaqtni o’zida, aniqroғi neolit davrida uch xil yo’nalishda taraqqiyot ri-vojlanib bordi: 1. Markaziy Osiyoni shimoliy qismida «Kaltaminor madaniyati» ni sohiblari ovchilik, baliq-chilik va termachilik bilan shuғullangan bo’lsalar, uning sharqiy qismila «Xisor madaniyati» ning qabilalari chor-vachilik bilan shuғullanganlar. Janubida esa «Joyitun madaniyati» ning egalari dehqonchilik, chorvachilik va ov-chidlik bilan xam shuғullanganlar. Demak bir vaqtni o’zida, ya`ni neolitda Markaziy Osiyoni shimolida xo’jalikni aso-sini o’zlashtiruvchi usul tashkil etgan bo’lsa, uni sharqida chorvachilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi usul, janubida esa dehqonchilik va chorvachilikkka asoslangan ishlab chiqa-ruvchi usul bosh rolni o’ynagan. Ovchilik «Joyitun madanya-ti» da o’z mavqeini yo’qotib faqat yordamchi vazifasini o’ta-gan xolos.
Izlanishlar yakuni yana shuni ko’rsatdiki ajdodlarimiz tosh asrini oxirlariga kelib, aniqroғi neolitda mehnat qurollarini yasashda sifatli xom-ashyolarni farqini anglab etdilar. endi ular tabiatni o’zi er satxidagi sifatsiz xom-ashyolar o’rniga, «ona. baғri» da yotgan sifatli chaqmoq-toshlardan foydalanishga o’tdilar. Bunday xodisalar bizni Markaziy Osiyo xududida xam yuz berganini Uchtut shaxtalari misolida ko’rib o’tdik. Uchtut shaxtalarini topilishi va uni o’rgaiish natijalari bir tomondan nafaqat neolit balki mezolitdan xam ajdodlarimizni sifatli chaqmoqtoshlardan foydalanganliklarini bildirsa, ikkiinchi tomondan Marka-ziy Osiyo xududida sifatli chaqmoqtosh konlari bo’lmagani tufayli chaqmoqtoshlar Uraldan keltirilgan deb xulosa qi-luvchilarni fikrlari noto’ғri ekanligini aniqroғi tosh as-rida xam bizni ajdodlarimiz xech kimdan va xech qachon qar-zdor bo’lmaganini ko’rsatib berdi. Izlanishlar yakuni yana shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyoning toғlik rayonlarini juda ko’pchilik joylarida qoyatoshlarga solingan. rasmlar ko’plab uchraydi. Bularning qoyatoshlarga tushirilish texni-kasi xar xil bo’lsada, mazmuni yuksak darajada bo’lib, bu rasmlar qadimgi ajdodlarimiz yashagan davrdagi hayvonot olami bilan bizlarni to’liq ravishda tanishtiradi.
Markaziy Osiyo xamdo’stlik mamlakatlari orasida biz-ning O’zbekistonimizda qoyatoshlarga tushirilgan rasmlar nisbatan ancha keng o’rganilgan bo’lib, bular jumlasiga Za-rautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Teraklisoy, Jarsoy, Tutli-soy, Қoronғuungursoy, Chadansoy va boshqalar kiradi.
Bu joylardagi qoyatoshlarda: buqalar va sigirlar, sher-lar va yo’lbarslar, qoplon va gepartlar, tulki va bo’rilar, arxar va toғ echkilari va xokazolarni ko’rish mumkin. eng muximi bu rasmlar orasida odamlarni o’q va yoy bilan niq-ob ostida ov qilayotgan tasvirlarini xam ko’rish mumkin.
Shuni aloxida aytish kerakki, Markaziy Osiyoda ne-olitdan keyingi eneolit va bronza asri yodgorliklarini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, bu davrda ajdodla-rimiz ancha hayotiy tajribaga ega bo’lib, xam aqliy xam jismoniy jixatdan kamolotga etgan edilar. Shuning uchun xam ular metallardan foydalanishni ikkinchi bosqichidayoq, ularni eritish va loydan qilingan qoliplarda quyma mehnat qurollari yasashni bilib olganlar.
Agar neolit davrida o’zlashtiruvchi xo’jaliklardan ish-lab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish notekis ravishda bo’lgan bo’lsa, bronza asriga kelib, Markaziy Osiyoni deyarli ko’p joylarida sodir bo’lgan edi. Biz ushbu qo’llanmada ana shu jarayonlarni, ya`ni ajdodlarimizni taraqqiyot tarixini uz-luksiz rivojlanganligini imkon qadar ko’rsatishga xarakat qildik. Markaziy Osiyoni eneolit va bronza asrini yori-tishda A. Asqarov va M. Jo’raqulovlarni 1984 yili Sama-rqanddachop etilgan «Eneolit va bronza davrida O’rta Osiyo» o’quv qo’llanmalaridan keng ko’lamda foydalandik. Shuning uchun xam yuqoridagi qo’llanmaning mualliflariga o’z tashak-kurimizni izxor etamiz. Shu bilan birga Markaziy Osiyoni eneolit va bronza davrini yuqoridagi qo’llanmada etarli Darajada yoritilganini xisobga olib, biz bu davrlar haqida iloji boricha ixchamroq to’xtashni ma`qul ko’rdik. Shuning uchun xam xurmatli kitobxonlarimizga Markaziy Osiyoki eneolit va bronza asrlarini o’rganishlarida «Eneolit va bronza davrida O’rta Osiyo» o’quv qo’llanmasidan, «Markaziy Osiyo arxeologiyasi» qo’llanmasining davomi sifatida foy-Dalanishingizni tavsiya qilamiz. Chunki, bu bilan nafaqat eneolit va bronza balki temir asri haqida xam etarli ma`lumotga ega bo’lasiz. Markaziy Osiyo arxeologiyasi haqida yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo’lishni istasangiz ushbu qo’llanmani bayon qilishda biz foydalangan adabiyotlar ro’yxatidan foydalanishingiz mumkin. Adabiyotlar ro’yxati qo’llanmani oxirgi betlarida berilgan. Fursatdan foyda-lanib o’z kasblarining haqiqiy fidoiylari bo’lgan arxeolog olimlarimizga ularni ilmiy monografiyalari va risolala-ridan ushbu qo’llanmani yozishda foydalanganimiz uchun o’zi-mizni samimiy tashakkurimizni izhor etamiz. Ushbu qo’l-lanmani yuzaga kelishida xomiylik qilgan Farғona Davlat Universitetining rektori, professor A. Қ. O’rinovga, tash-kiliy ishlarni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan o’quv bo’limi xodimi f. m. f. n. Sh. Zokirovga, Tarix faku-l’tetining dekani t. f. n. Қ. Sulaymonovga, «Vatan tarixi» kafedrasini mudiri t. f. n. R. Arslonzodaga, «Informatika» kafedrasini mudiri f. m. f. n. A. Mirzaqu-lovga va Tarix fakul’tetini II bosqich talabasi N. Xamoev-larga o’z minnatdorchiligimizni izxor etamiz. So’zimizni oxirida yana shuni izxor qilamizki arxeologiya fanida barcha iboralar asosan rus tilida bo’lgani sababli, ularni o’zbek tiliga o’girishda juda katta qiyinchiliklarga duch keldik. Shuning uchun ko’p xollarda jumlalarimiz silliq va ravon chiqmagani uchun siz aziz kitobxonlardan uzr so’raymiz. Xurmatli kitobxonlar ushbu qo’llanmada biz tomonimizdan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarimiz haqidagi sizlarni fikr va muloxazalaringizni kutamiz. Bu borada mutaxassis arxeolog olimlarimizni fikr va takliflari biz uchun juda qimmatlidir. Chunki, bu qo’llanmani kelgusida darslik da-rajasiga olib chiqish niyatimiz xam yo’q emas. Tarixchi o’qi-tuvchilarimizga, talabalarimizga ajdodlarimizni qadimiy ma`naviyat chashmalaridan baxramand bo’lishlarida ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz.
Mustaqil ish mavzulari

O`tmish xaiidagi bilimlarning paydo bo`lishi

"Avesto"ning tarixiy-ma`rifiy axamiyati

Geradotning "Tarix" asari

Yunon tarixnavisligida voqealar bayoni usullari

arab tarixshunosligi

O`rta Osiyo davlartlari tarixi tarixshunosligi

A. Mets va uning "Musulmon uygonish davri" asari

An-Nasafiyning tarixiy-ilmiy merosi

"Temur tuzuklar" tarixiy meros

Klavixo kundaliklari

Kamoliddin Binoiyning "SHayboniynoma" asari

Yunon tarixshunosligida O'rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi.

Turk shoqonligi tarixining tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

O'rta Osiyoda Qoraxoniylar hukmronligi tarixshunosligi.

Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida O'rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilish?.

"Tarixi Bayxaqiy" asarining tarixshunoslikdagi ashamiyati.

Zardushtiylik dini tarixining tarixshunosligi.

Eftaliylar to’g’risida ma`lumot beruvchi tarixshunoslik asarlari.

Abulfazl Bayxaqiyning "Ma`sud tarixi" asari va uning isha davrdagi boshqa tarixshunoslik asarlaridan oziga xos tomonlari.

Abu Rayxon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari va uning tarixshunoslikdagi ashamiyati.

Ismoil Buxoriyning "Jome` as-sashish" asari va uning SHarqda, islom dunyosida tutgan irni.

XI-XII asrlardagi tarixshunoslikning ravnaqi.

Zardushtiylik dini shaqida ilmiy izlanishlar olib borgan xorijlik tarixshunoslar.

Musulmon Uyg’onish davrining O'rta Osiyo xalqlari shayotiga ta`siri.

Qoraxitoylar to’g’risidagi ma`lumotlarning tarixiy adabiyotlarda yoritilishi.

Meri Boysning zardushtiylik dini tarixi biyicha amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari.

Beruniyning "Osor ul-boqiya" asari va uning tarxishunoslikdagi irni.

O'rta Osiyoning qadimiy tarixini irganishda Yunon va Rim tarixchilarining asarlari.

G’aznaviylar to’g’risida ma`lumotlar beruvchi tarixshunoslik asarlari.

O`tmish xaiidagi bilimlarning paydo bo`lishè


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish