3-mavzu: O`rta Osiyoda antropogonez jarayonlar.
Reja:
1. Fergantrop odamining topilishi va uning O`rta Osiyo arxeologiyasi taraqqiyotida tutgan O’rni.
2. O`rta Osiyoning neandertal tipdagi odamining topilishi.
3. Kromanon odami va uning tarixiy bosqichlari.
E'tibor bering:
Mavzuni yoritishda odamning paydo bO’lishi haqida qadimgi va O’rta asr davri olimlari: Aristotel’, Lukretsiy Kar, Karl Linney, Jems Monboddo, Jan Batist Lamark. CH. Darvinning evolyutsion nazariyasi va F.Engel’s («Maymunni odamga aylanish protsessida mexnatning roli») asari orqali SHO’rolar davri fan olamiga singdirilishi.
Odamning paydo bO’lishi xaqida yangicha qarashlar.
Odamning paydo bO’lishi xaqida arxeologik va paleoantropologik materiallar. Odamsimon maymunlar – driopiteklar. «Darvin driopiteki» Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop, Neandertallarning topilishi va O’rganilishi. Antropogenlarning bosh chanog’ini rivojlanishi bilan bog’lik omillar: mexnat, olov, gO’shtni pishirib eyishning axamiyati.
Odamning paydo bO’lishi xaqida politsentrik va monotsentrik nazariyalar. Zinjantrop zvenosini paydo bO’lishi.. Odamning paydo bO’lishi sajarasida Neandertal’ zvenosi atrofidagi munozaralar va bu masala echimiga aniqliklar kiritishda O’zbekistondan topilgan «Obi-Raxmat 2004 topilmasi»ning axamiyati va uning jaxon ilmiy jamoatchiligi tomonidan «2004 yil ixtirosi» deb e`tirof etilishi.
O’rta Osiyoning tO’rtlamchi davr tabiiy-geografik sharoiti va iqlimi. Xayvonat va O’simliklar dunyosi. Odamzodning ilk ajdodlari tomonidan sarxadlarimizning O’zlashtirilishi. O’zbekistonda paleolit (qadimgi tosh ) davri yodgorliklari, ularni pleystotsen davrining kuyi, O’rta va yuqori bosqichlariga tegishli ekanligi. Sel’ungur, Ko’lbuloq, Teshik-tosh, QO’turbuloq, Omon-qO’ton, Zirabuloq, Obi-Raxmat, XO’jakent, Pal’tau va boshqa paleolit davri yodgorliklari. Teshik-tosh va KO’lbuloqda olib borilgan arxeologik qazishmalar, ularning sanasi va Teshik-toshda «Neandertal’ odami» mozorining ochilishi va kO’mish marosimi. Teshik-tosh odamining fashistik ariylar nazariyasini fosh etishdagi axamiyati. Sel’ungurda olib borilgan arxeologik qazishmalar. Sel’ungur mexnat qurollari va ularning arxaik qiyofasi. Sel’ungurda xosil bO’lgan madaniy qatlamlarning sanasi. Sel’ungurda topilgan ilk ajdodlar suyak qoldiqlari. Sel’ungur topilmalariga (odam suyak qoldiqlariga) «Fergantrop» nomini berilishi. «Fergantrop» odamning paydo bO’lishi sajarasida olaxida zveno ekanligi. Uning sanasi masalasidagi fikrlarning xar xilligi. «Fergantrop» va «Neandertal’» topilmalarining odamni paydo bO’lishi masalasida jaxonshumul axamiyat kasb etishi va mana shu noyob topilmalar tufayli O’rta Osiyo mintaqasini odamning ilk bor paydo bO’lgan xududlar sirasiga kiritilishi.
Adabiyotlar:
Avdusin D.A. Osnovo` arxeologii. M. 1989.
Aminjanov M.E. Qadimgi yodgorliklar qissasi. T. 1968.
Artsixovskiy A.V. Arxeologiya asoslari. T. 1974.
Arxeologlar xikoya qiladi. T. 1974.
Kabirov A. Sa`dullaev S. «O`rta Osiyo Arxeologiya». T. 1990.
Do'stlaringiz bilan baham: |