Arxeologiy a


Markaziy Osiyoda arxeologiya fanini tashkil



Download 2,06 Mb.
bet45/66
Sana31.05.2022
Hajmi2,06 Mb.
#621700
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
7d40f436fd722434959f5183df8299e9

Markaziy Osiyoda arxeologiya fanini tashkil topishi va uni rivojlanishi.
Қadim zamonlardayok, aniqroғi miloddan avvalgi I asr-lardayoq o’tmishdagi insoniyatni taraqqiyoti xaqida, kishini xayratga soluvchi fikrlarni yozib qoldirgan olimlar bo’lgan. Ulardan birinchisi Rim yozuvchisi Lukretsiy Kar bo’lib, u o’zining «Tabiat buyumlari» nomli poemasida inso-niyat o’zining boshidan tosh, bronza va temir asrlarini ke-chirib, taraqqiy etgan degan fikrni bayon qilgan.
«Arxeologiya» degan so’zni qadimgi yunon faylasufi Platon miloddan avvalgi IV asrdayok ishlatgan. Ammo shunga qaramay arxeologiya fan sifatida o’sha davrdayoq tashkil top-gan va tarixiy yunalnshga ega bo’lgan degan xulosaga kelib bo’lmaydi. Aksincha arxeologiya boshqa fanlarga nisbatan an-cha yosh fanlar qatoriga kiradi. «Arxeologiya» so’ziga turli davrlarda turlicha ma`no berganlar. Platon arxeologiya de-ganda nimaiki o’tmishga oid bo’lsa ularni arxeologiya deb
tushungan.
Arxeololgik ilmiy izlanishlarning boshlanishi xori-jiy mamlakatlarda XVIII asrga to’ғri keladi. Ana shu XVIII asrning boshlarida eramizning 79- yilida Vezuviy vulqoni-ni otilishi natijasida fojeali xodisalar yuz bergan. Pom-pey va GerkuLanum shaharlarida birinchi marotaba arexolo-gik qazish ishlar olib borlidi va ilk bor 1600 yil ilgari xalok bo’lgan odamlarni hayotini aks ettiruvchi manzara paydo qilindi. Shundan so’ng o’sha zamon olimlari kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi buyumlarni o’rganishning aha-miyati naqadar yuqori ekanligini tushundilar.
XIX, asrga kelib dunyo miqyosida yirik arxeologik qazish ishlari boshlanib, bunday qazishlar arxeologiyani fan sifa-tida tashkil topishiga va shakllanishiga asos bo’ldi. O’ziga xos qazish usullari vujudga kelib, nazariy xulosalar pay-do bo’la boshladi. Pompeydagi qazish ishlaridan so’ng Ossu-riyaning poytaxti Nineviyada G. Leyard tomonidan o’tkazilgan qazish ishlari ajoyib natijalarni berdi. Shundan so’ng Misr-da o’tkazilgan sistemali ravishda arxeologik qazish ishlari arxeologiyani o’tmish tariximizni tiklashda imkoni-yatlari juda katta ekanligini ko’rsatdi. Bu kabi yirik arxeologik izlanishlar jahonning boshqa mamlakatlarida ham arxeologiya fanini vujudga kelishiga, uni ahamiyatini tu-shunib etishishga o’z ta`sirini ko’rsatdi.
XIX asrni birinchi yarmida keng arxeologik ashyolar aso-sida qiyosiy analiz usulida Daniyalik arxeologik Xristian Tomsen insoniyat tarixini 3 ta davrga bo’lingan degan fikrni ilmiy ravishda isbotlab berdi. O’zining « Severnme drevnosti» (1831y) va « Katalog muzeya v Kopengagene» (1836 y) nomli ilmiy ishlarida yozuvgacha bo’lgan butun davr tarixi tosh, bronza va temir kabi yirik davrlaga bo’linga-nini ko’rsatib berdi. Shunday qilib ilk bor Xristian Tom-son tomonidan inson tarixini davrlashtirish ishlarga ar-xeologik ashyolarga suyanilgan xolda tamal toshi ko’yilgan edi. Tomsenning arxeologiya fani uchun juda qimmatli bo’lgan bunday ishini boshqa Daniyalik arxeolog P. Vorso taraqqiy ettirib, neolit va bronza davri qabrlarini o’rga-nish asosida ularni nisbiy xronologiyasini aniqlash usuli-ni o’zining «Noeie podrazdeleniya kamennogo i bronzovogo veka» ishida bayon qilib berdi.
Shunday qilib XIX asr arxeologlari bir davrni taraqqiy etishi natijasida, ikkinchi davrga o’tish qonuniyatlarini to’ғri ko’rsatib bera oldilar. Tomsen va Varsolar tomonidan yaratilgan bunday xronologik sxemani Gabriel’ Mortil’e davom ettirib u eng qadimgi toshdan yaasalgan mehnat qurollarini bir xil emasligini, vaqt o’tishi bilan ko’pol va daғal tosh qurollarini ixchamlashib, tobora takomillashib borishini aniqlab, poleoltitni o’zini bir necha davr-
larga bo’lish usulini ishlab chiqdi. Har qaysi davrlarga bo’lingan tosh qurollarni topilgan joylarini nomlari bilan atadi. Tomsen, Varso, Mortil’elarning ilmiy izlanishlarining natijalari jahon aoxeologiyasini rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etib, ularni ham taraqqiy etishiga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Jumladan Rossiyada ham keng jarayonda arxeologik ishlar boshlanib ketdi. XIX asrni o’rtalarida graf A. S. Uvarov tomonidan 4 yil davomida
katta masshtabda arxeologik qazish ishlari olib borilishi natijasida 7729 ta qabrlar ochilib o’rganildi. Shaxsan uning tashabbusi bilan Peterburgda arxeolog-numizmatiklarni jamiyati tashkil kilindi. XIX asrda arxeologik to’garaklar va jamiyatlar Қozon, Toshkent, Tiflislarda tuzildi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa Rossiya xududida K. S. Merejkovskiy tomonidan Қrimda; I. S. Polyanov tomonidan Kostenkoda paleolit yod gorliklari ochildi va o’rganildi. Umuman olganda XIX asr-ning ikkinchi yarmida rus arxeologlari tomonidan arxeolo-gik materiallarga suyangan xolda tarixiy xulosalar chiqa-rishga intilish kuchaygan edi. Shuning uchun ham D. N. Anu-chin, V. V. Radnov, V. I. Sizov, A. A. Spitsmn kabi olimlar tomonidan katta masshtabda ilmiy izlanishlar olib boril-di. XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta er xavzasida Genrix Shliman tomonidan eng qadimgi tsivilizatsiya yodgorliklarini ochilishi va o’rganilishi butun insoniyatni xayratga soldi. Xuddi shu XIX asrni ikkinchi yarmidagi dunyo arxeologiyasi-dagi yirik voqea ingliz arxeologi Artur evans tomonidan Krit orolida o’tkazilgan arxeologik qazish ishlarining na-tijasi bo’ldi. A. evansning xulosasiga ko’ra O’rta er dengi-zining sharqiy qismidagi eng qadimgi tarix ma`lum bo’ldi. Bu erda A. evans uzoq yillar davomida vujudga kelgan shohlarning saroylari, shaharlar, ustaxonalar va qator ibodatxonalarni ochishga muvaffaq bo’ldi.
Shuni alohida aytish joizki, XVIII asrda jahonning ayrim ilғor mamlakatlarida boshlangan arxeologik ilmiy izlanishlar XIX asrga kelib bir muncha rivojlandi. XX asrda esa ayniqsa taraqqiy etdi. Ammo bizning Markaziy Osiyo xududida, garchi insoniyat tarixini barcha davrini aks ettiruvchi yodgorliklarni ko’p bo’lishiga qaramay bu jarayon sust darajada bo’ldi. Bunga sabab chor Rossiyasini ham, Қi-zil imperiya`ni ham Markaziy Osiyo respublikalariga nis-batan mustamlakalar sifatida munosabatda bo’lishi edi. XX asrning ikkinchi yarmiga qadar Yahyo Ғulomovdan tashqari Markaziy Osiyo respublikalarida birorta ham milliy muta-xassislardan arxeolog yo’q edi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo xududida arxeologik izlanishlarni asosan rus olim-lari olib borar edilar.
XX asrni birinchi yarmida rus olimlari tomonidan ko’zga ko’rinarli qilingan ishlardan biri A. P. Okladni-kovni O’zbekiston Respublikasini Surxondaryo viloyatida must’e davriga oid Teshiktosh ғorini ochilishi va undan 8 yashar bolani suyak qoldiqlarini topilishi bo’lsa, ikkinchisi S. P. Tolstovning sinfiy jamiyatga oid O’rta Osiyo yodgor-liklarni o’rganishi, sun’iy suғorish kanallarini topilishi, gullab yashnagan Xorazmdagi shahar-kal`ani ochilishi va ne-olit davriga mansub bo’lgan «Kaltaminor madanyati» ni arxeologiya faniga kiritilishi bo’ldi. Uchinchi yirik voqea V. M. Masson tomonidan XX asrning uchinchi choragida o’ziga xos dehqonchilikka va chorvachilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka oid «Joyitun madaniyati» deb nom olgan madaniyatni aniqlanishi bo’ldi. Ammo bu ishlarning bari Markaziy Osiyo respublikalarining xududlarida qilinishi lozim bo’lgan katta arxeologik izlanishlarni boshlanishi edi xolos. Shuning uchun ham oldinda juda katta miqyosda arxeologik ishlarni amalga oshirish vazifasi turar edi.
Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirish uchun bizning Markaziy Osiyo mintaqamizda kishilik jamiyatining barcha davrini aks ettira oladigan tosh asridan tortib, o’rta asr-larni ham o’z ichiga olgan arxeologik yodgorliklar mavjud edi. Bu yodgorliklarda qazish ishlarini aloxida mexr-muxabbat bilan olib boradigan va o’z millatini kadimiy tarixi bilan ғururlana olish xissiyotiga ega bo’lgan milliy mutaxssislar amalga oshirishi kerak edi. Afsuski o’sha dav-rda aniqroғi to XX asrning uchinchi choragini yarmigacha nafaqat bizning O’zbekistonimizda balki butun Markaziy Osiyodagi respublikalarda bunday mutaxssis arxeolog olim-lar yo’q darajada edi. Markaziy Osiyo xududida olib borgan rus olimlarining arxeologik tadqiqot ishlarini erli xa-lqlar uchun o’ziga yarasha ijobiy tomonlari bo’lishi bilan birga qator salbiy tomonlari ham mavjud edi. Ijobiy to-monlaridan biri erli xalqlarning qadimiy tarixini ma`lum darajada yoritilishi bo’lsa, ikkinchisi erli milliy kadrlardan mutaxassis arxeolog olimlarni tayyorlashdagi xissalaridar. Salbiy tomonlaridan biri ko’p xollarda rus olimlarini O’rta Osiyo yodgorliklarini o’rganish jaryonlari-da, bu erdagi madaniyatlarni vujudga kelishini chetdan kel-gan deb isbotlashga urinishlari bo’lsa, ikkinchisi bu bir necha ming yilllardan buyon bizlar uchun ajdodlarimizdan meros bo’lib, saqlanib kelayotgan o’tmish madaniyatimizni aks ettiruvchi arxeologik topilmalarni Moskva, Peterburg shaharlariga rus olimlari tomonidan uzluksiz ravishda olib ketilishi va hozirgacha qaytarib berilmaganliklari-dir. Markaziy Osiyodagi Rossiyaga qaram bo’lib qolgan har bir respublika o’zining milliy arxeolog olimlariga ega bo’lmay turib, bu kabi salbiy oqibatlarga barham berib bo’lmas edi.
Buni o’z vaqtida anglagan birinchi o’zbek arxeologi va hozirgi kunda o’zbek arxeologiyasini otasi darajasiga ko’ta-rilgan akademik Ya. Ғ. Ғulomovning tinimsiz kilgan sayi harakatlari tufayli O’zbekistonda Fanlar Akademiyasining tarix va arxeologiya institutida o’zbek arxeologlaridan tashkil topgan, o’ziga xos arxeologiya maktabi vujudga keldi.
Ma`lumki XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o’zbek xa-lqining mukammal, to’la-to’kis tarixini yorituvchi arxeolo-gik ma`laumotlar deyarli yo’q darajada edi. Shuning uchun ham o’zbek xalqini tarixi xaqida gapirilganda faqat yozma manbalarga asoslangan va sinfiy jamiyatda yashagan ajdola-rimizni faoliyatlari to’ғrisidagina so’z yuritar edilar xo-los. Vaxolanki bizning ajdodlarimiz tarixi sinfiy jami-yatda emas, balki ibtidoiy tuzum davrida ya`ni arxeologlar-ning xulosalariga ko’ra ajdolarimiz tomonidan mehnat qu-rollarini ilk bor yasagan vaqtlaridan boshlanadi. Shuning uchun ham akademik Ya. Ғ. Ғulomov har qaysi davr uchun alohida mutaxassis arxeolog etishtirishga kirishdi. Bu bo-rada Ya, Gulomov Peterburg olimlari bilan kelishib, 1960-1970 yillar mobaynida A, Askarov, O’. Islomov, M. Kosi-mov, S. Raximov, R. Sulaymonov, T. Mirsoatov kabilarni fan nomzodlari qilib tayyorladilar. Bu milliy kadrlar Ya. Ғ. Ғulomov boshchiligida O’zbekistonimiz xududida keng ko’lamda arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bor-dilar. Ya. Ғ. Ғulomovning tashabbuslari bilan milliy kadr-lardan mutaxssis arxeologlar tayyorlash ishiga yanada e`tibor kuchaytirildi. Natijada O’zbekiston Fanlar Aka-demiyasining sobiq vitse prezidenti, zabardast olim, katta tashkilotchi, o’z xalqining fidoiysi, marx_um I. M. Mo’minov xomiyligida 1970 yilning 1 oktyabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining tarkibida butun Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan arxeologiya ilmiy tekshirish instituti tashkil^top-di. Bunday ilmiy dargoxni vujudga kelishi nafaqat O’zbe-kiston Respublikasi, balki Markaziy Osiyo respublikala-rining xalqlari uchun juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Oqibatda o’sha davrlarda kommunistik tuzumning siquvi kuchli bo’lishiga qramay ko’p qiyinchiliklar evaziga 10 dan ortik fan doktorlari 50 dan ko’proq fan nomzodalri tayyorlanib, ular tomonidan qadimiy tariximizni barcha jabxalarini o’z ichiga oluvchi o’nlab yirik monografiyalar va yuzlab muxim muammolar echimiga oid ilmiy maqolalar yuzaga keldi. Bunday ilmiy izlanishlarning yakuni, ajdola-rimizni ibtidoiy tarixini barcha qirralarini yoritish uchun poydevor bo’lgan bo’lsa, 1991 yilning 1 sentyabrida sevimli vatanimiz O’zbekistonni mustaqillikka erishuvi barcha fan-lar qatori arxeologiya fani va uni mutaxssis olimlari uchun ulkan maqsadlari bo’lgan, o’z xalqini qadimiy tarixini bor bo’yi-basti bilan to’la-to’kis ko’rsatishga imkon ber-di. YUrtboshimiz I. A. Karimov aytganlaridek: »Mustaqillik yillari o’z o’tmishimizni, o’z madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati tarix oldidagi vazi-famizni anglab olish davridir... Bu davr ma`naviy uyғonish va milliy o’zligini anglashning o’sish davridir.» (I. A. Karimov 1995).
I. A. Karimov ajdodlarimiz tarixiga juda yuksak baxo berishlari bilan birga biz tarixchilar oldiga jiddiy ma`suliyatlarni ham yukladilar. yurtboshimiz ta`kidlagan-laridek hozirgi davrimizning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, tarix millatimizning xaqiqiy tarbiyachisiga ay-lanib bormokda. Shunday ekan biz arxeologlar yurtboshimiz-ni bizning oldimizga qo’ygan talablariga javob sifatida Mar-kaziy Osiyo xalqlarining juda go’zal va sermazmun bo’lgan 1million yillik tarixini, respublikamizning ar-xeolog olimlarini XX asrning ikkinchi yarmida qo’lga ki-ritgan ulkan yutuqlari asosida, jumxuriyatimizni keng xa-lq ommasiga, birinchi navbatda maktab va oliygox talabala-riga, tarix o’qituvchilariga tushunarli qilib bayon qilib berish maqsadga muvofiq bo’ladi deb uylaymiz.
Zero yoshlarimizni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash-da ularni mahnaviyatini yuksaltirishda, ayniqsa bizning Markaziy Osiyo qadimiy ajdodlarimizni jahondagi tsivili-zatsiyasiga qo’shgan hissalarini anglab etishuvida arxeologiya fanining roli beqiyosdir.
Xurmatli kitobxonlar! ushbu qo’llanma bilan tanishib chiqqach, bizning yuqoridagi fikrlarimizga qo’shilasiz degan umiddamiz.



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish