ИШЧИ ЎҚУВ ДАСТУР
Umumiy o’quv soati: 151 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza: 30 soat.
Seminar mashg’ulotlari: 46 soat.
Mustaqil ta’lim: 75 soat.
Fanning ishchi o’quv dasturi Tеrmiz davlat universitetining tarix va gumanitar fanlar fakul’teti ilmiy kengashining 2008 yil «____»____________-son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi.
«5220200-tarix» ta’lim yo’nalishi o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi va
Ishchi dastu 2002 yil Davlat ta’lim standart iva O’R O’QMTV tomonidan № BD 5140900 raqamii bilan 13 avgust 2006 yilda ro’yxatga olinib tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzildi.
Tuzuvchi:. dots. Z.Xoliqov
Taqrizchilar:, t.f.n.T.R.Pardaеv dots. I.Botirov
Fanning ishchi o’quv dasturi Tarix va gumanitar fanlar fakul’teti ilmiy kengashining 2010 yil «___» ___________dagi «___»-son qarori bilan tasdiqlandi.
Ilmiy kengash raisi,: _______________ t.f.n.E.Qobilov
Bayonnoma №___ «___» ________________ 2010 yil
Kelishildi: Jahon tarixi va manbashunoslik kafedrasi
mudiri, t.f.d. prof: __________ S.N.Tursunov
«___» ________________2010 yil
So`z boshi
Arxeologiya fani - tarix fanining ajralmas qismidir. Mazkur fanni o`rganishdan maqsad O`rta Osiyoning eng qadimgi tarixi, ibtidoiy jamoalarning manzilgohlari, ibtidoiy kishilarning mehnat qurollari haqida chuqur bilimga ega bo`lishdan iboratdir.
O’zbekiston istiqlolga erishgach, mamlakatimizda juda katta tub sotsial-iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida ta’lim tizimida sifat bosqichiga o’tilib, bu sohada amaliy faoliyatlar boshlanib ketdi. Istiqlol yillarida ilm-ma’rifatga intilib yashagan ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosni o’rganishda ham katta yutuqlar ko’lga kiritildi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti va Respublika xukumatining tariximizni, xalq milliy madaniyati va an’analarini chuqur o’rganish, uni keng targ’ib etishga qaratilgan qator farmonlari va qarorlari chiqarildi. Ularda ona-Vatanimizning, halqimiz boy tarixini yaxshi o’rganmay turib, bugungi mustaqillik davri qadriga etmoq hamda yurtimiz istiqbolini ko’ra bilmoq mumkin emasligi alohida qayd etilgan.
Ko’xna va boy tariximizni o’rganishda, uni ilmiy tahlil qilish va umumlashtirishda tadqiqotchilar asosan ikki manbaga suyanadilar. Uning birinchisi moddiy manba bo’lsa, ikkinchisi yozma manbadir. Tariximizning eng qadimgi, qadimgi va o’rta asrlar davri asosan moddiy manba materiallari asosida o’rganiladi. Chunki, tariximizning bir necha yuz ming yillik ilk bosqichlarida hali yozuv bo’lmagan davrlar tarixi faqat arxeologik materiallar asosida o’rganilib, u davrlar haqida faqat umumiy tushunchalar hosil qilinadi. Ta’kidlash joizki, hatto tariximizni yozuvli davrining dastlabki ming yilliklarini ham arxeologik materiallarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun tarixchi-arxeologlar oldida o’ta muhim vazifa turadiki, u ham bo’lsa, uzoq o’tmish tariximizdan guvohlik beruvchi asori-atiqalarni topish, ularni xaritaga tushirish, moddiy madaniyat yodgorliklari majmuasini yaratish, ularning eng muhimlarida keng ko’lamli arxeologik qazishmalar o’tkazish, ularning yoshini aniqlab ilmiy sistemalashtirish va nihoyat ana shu materiallar asosida tariximizning ibtidoiy jamoa, qadimgi va o’rta asrlar davrining dastlabki bosqichlari haqida umumiy va ob’ektiv tasavvurlar berish mazkur kursning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.
Qadimgi tariximizning arxeologik nuqtai nazardan davrlashtirishga, Markaziy Osiyo shaharsozligining o`ziga xos xususiyatlariga alohida e`tibor qaratiladi.
Talabalar ushbu fanni o`rganish jarayonida quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |