Qo’sh nayli avlos musiqa asbobi
Yakka xudolikni targ‘ib qiluvchi din sifatida zardushtiylikning vujudga kelishi va asrlar davomida ushbu hududlarda hukmron din mavqeyida unga e‘tiqod qilinishi musiqa san‘atining tadrijiy rivojlanishi va jarayoniga nihoyatda ulkan ta‘sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlari ma‘naviyatining shakllanishiga katta ta‘sir kog‘rsatgan ilmiy-tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta‘limiy asoslar, avvalo, Zardusht tomonidan yaratilib, shakllangan zardushtiylik ta‘limoti bilan aloqador.
Zardushtiylik ta‘limoti minglab yillar davomida yashab faoliyat kog‘rsatib kelgan insonlarning jamiyat va tabiatga bo‘lgan munosabatlarining in‘ikosi sifatida shakllangan.
Zardushtiylik ta‘limotining muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto” bitiklarida ilgari surilgan g‘oyalar esa ajdodlarimiz hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari , diniy e‘tiqodi va aqidalarini og‘zida mujassamlashtirgani shubhasizdir.
Zardushtiylar ta‘lim jarayoni yakunida egallashi shart bog‘lgan bilimlar qatorida musiqa bilimi, musiqiy madaniyat yo‘nalishi asosiy o‘rinlardan birini egallagan.
O‘rta Osiyoda musiqa madaniyatining rivojlanishi va nomoyon bog‘lishining muhim qirrasi harbiy qog‘shin, muntazzam armiya faoliyati bilan bogg‘liq holda nomoyon bog‘ladi.
Burg’usimon puflama sozlardan iborat harbiy ansambl
T arixdan ma‘lumki, eramizdan oldingi VII asrdayoq ajdodlarimiz g‘zlarining aniq qoida-qonunlariga bo‘ysungan, tuzulma sifatidagi muntazam armiyaga ega bog‘lgan. Turli xil turdagi qog‘shinlardan tuzilgan armiya tarkibida harbiy musiqachilar ham alohida og‘rin egallagan. Plutarxparfiyaliklar armiyasida qozonsimon urma zarbli asboblardan keng foydalanilgani to‘g‘risida hikoya iladi. Chunonchi, 53 yil 9- may kunida Krass boshchiligida rimliklar armiyasi parfiyaliklardan qaqshatqich magg‘lubiyat alamini tortadi. Jang oldidan og‘zlarini ruhlantirish va dushmanni vahimaga solish maqsadida parfiyaliklar atrofida mis qo’ng’iroqlari ilib qo’yilgan, teri tortilgan ulkan chertma asboblarini chalib shovqin-suron ko‘targanlar. Bu harbiy usuldagi keyinchalik, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur kabi jahongirlar ham yurishlarida keng foydalanishgan.
Harbiy harakatlar va marosimlar og‘tkazilishi davrida ba‘zi musiqa asbblari harbiylarning qurol-aslaha, tugg‘, bayroq, tamgg‘alari qatorida muhim ramziy belgi vazifasini bajargan. Masalan truba puflama sozi harbiy qog‘mondonning alohida ajratish belgisi hisoblansa, idiofon-jom, aerofon-nay kabi musiqa asboblari shohlarning ramziy belgisi sifatida qabul qilingan.
Membrafon-ulkan zarbli soz esa lashkarboshilarga topshirilgan. Tabira, charos kabi musiqa asboblari ham qo‘shin tarkibidagi harbiylarning lavozimlarini ajratish va belgilashda xizmat qilgan. Panjikentdan topilgan, burgg‘usimon puflama sozlardan iborat harbiy ansambl va uch boshli, uch kog‘zli , olti qog‘lli xudoning bog‘ynidagi burgg‘u asbobi, ushbu asbobning harbiy musiqa amaliyotida keng qog‘llanilganidan dalolat beradi. Og‘z navbatida burgg‘u musiqa asbobi muqaddas hisoblangan. ‖Avesto‖da yozilishicha, qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketishi xafi tugg‘ilganda tangri Axura Mazda shoh Jamshidga oltin burgg‘u hadya qiladi. Shoh burgg‘uga puflanganda yer yorilib, inson va hayvonlar oltin burgg‘u sadolari ostida Jamshid qurgan yer ostidagi shahar-varlarga kiradilar. Hozirgi Buxoro Navoiy viloyatlari hududlaridas Varaxsha Varzonze, Varozun nomi bilan ataluvchi manzilgohlar borligi ham ushbu hududlar insoniyat beshigi, yuksak madaniyat va ma‘naviyat og‘chogg‘i bog‘lganligni yana bir karra isbotlaydi.
Saroy marosimlarini yuqori sifatda, kog‘tarinkilik kayfiyatida tashkil etish jarayonida ham musiqa san‘atining alohida xususiyatlari kog‘zga tashlangan. Saroy musiqa san‘atining alohida xususiyatlari ko„zga tashlangan. Saroy musiqa amaliyoti shoh xizmatlaridagi falakiyotshunoslar tomonidan qat‘iy belgilangan qoidalarga amal qilingan holda og‘tkazilgan. Shundan kelib chiqib, haftaning har bir kuni ma‘lum bir mashgg‘ulotlarni bajarishga ajtatilgan. Masalan: shanba kuni hukmdorlar kog‘pchilik hollarda majlislar chaqirib, mas‘ul ishlarni Burg’a puflayotgan malika tasviri. Varaxsha. tegishli kishilarga bajarishni tayinlasa, yakshanba kuni mamlakat ichki muammolarini hal qilish haqida bosh qotirib, qonunchilik masalalari bilan shugg‘ullangan. Dushanba kuni ovga chiqib, seshanbada chavondozlik, kurash va har xil harbiy og‘yinlar bilan mashgg‘ul bog‘lganlar. Chorshanba kuni mamlakatning tashqi ishlariga ajratilib, qog‘shni va uzoq davlatlar elchilari qabul qilingan. Nomalar, maktublarga javob xatlari bitilgan.
R ubob — torlu cholgʻu asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi.
Qashqar rubobi
Qashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi.
Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.
Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi.
Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin.
Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan.
Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi.
Oʻzbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan Ibrohim Hamroyev, Mustafo Bafoyev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.
A fgʻon rubobi
Afgʻon rubobining dastasi kaltaroq boʻladi. Dastasining uzunligi 8-10 sm boʻladi. Ovoz kosasi yoki rezonatori keng va chuqur boʻladi. Rezonatorning uzunligi 80 sm gacha, kengligi 20 sm gacha, chuqurligi 30 sm gacha boʻladi. Qorin bilan dasta bir butun yogʻoch boʻlagidan oʻyib yasaladi.
Afgʻon rubobida ham qashqar rubobidagi kabi gajaklar bor. Rezonatoring pastgi qismi teri, yuqori qismi yupqa taxtacha bilan qoplanadi. Dastaning asosiy qismida 4-5 ta asosiy parda, taxtachaning ustida 6-7 ta qoʻshimcha xaspardalar boʻladi.
Afgʻon rubobida 5 ta asosiy torga qoʻshimcha ravishda 10-11 ta yordamchi (aks-sado beruvchi) torlar ham bor. Afgʻon rubobining qayta ishlangan turlari ixchamlashtirilgan boʻladim ularda yordamchi torlar boʻlmaydi. Afgʻon rubobi 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushqatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qoʻllaniladi.
Pomir rubobi
Pomir rubobi qashqar rubobiga oʻxshaydi, ammo kosasi bir oz kattaroq, dastasi bir oz kaltaroq boʻladi. Bu tur rubob ham odatda bir butun yogʻoch boʻlagidan yoʻniladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadigan 5 ta asossiy toridan tashqari yon quloqqa bogʻlanadigan tori boʻladi. Bu tor zingag deb ataladi.
Dutor (fors. دوتار) — Oʻrta Osiyo, Eron va Janubiy Osiyoda tarqalgan anʼanaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan „ikki tor“ (< دو du — „ikki“, تار tār — „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirot dutori oʻn tor’tta torli boʻladi. Dutor XV asr atroflarida paydo boʻlgan.
Yasalishi
Dutor tut, oʻrik, yongʻoq yogʻochlaridan yasaladi. Dutorning qorni oʻnga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor boʻlgan qorin dastaga ulanadi.
Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini koʻtarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun boʻladi. Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar boʻlsa, dutorda dastasiga oʻralgan 15 ga yaqin ipak parda boʻladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari baʼzan yogʻoch yoki suyakdan yasaladi.
Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdan tayyorlanar edi. Zamonaviy dutor torlari neylondan qilinadi.
Registri
Dutorda bir yarim oktava atrofidagi diatonik-xromatik gamma bor.
Chalish uslublari
Dutorni turli zarb bilan chalish mumkin. Yakka zarb, qoʻsh zarb, piripirak, rez kabi zarblar bilan chalinadi.
Oʻzbek xalq ijodida
Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga „Toʻrgʻay“, „Fargʻonacha“, „Tanovar“, „Munojot“, „Rohat“, „Jigarpora“, „Dilxiroj“, „Chertmak“, „Shafoat“, „Suvora“, „Qoʻshtor“ kuylarini kiritish mumkin.
OʻzMEdan (Milliy Ensiklopediya)
Dutor (fors— ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek Dutor muloyim, nafis va shi-rali ovozi bilan boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy „Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari“ nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-asrlarda „Dutoriy“ ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida „Nolish“, „Choʻpon“, „Andijon Kurdi“, „Andijon Sayqali“, „Tuya boʻzloq“, „Qoʻshtor“; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida „Sharob 1, 2“, „Shafoat 1, 2, 3“, Toshkent Sayqali", „Toshkent Kurdi“, „Rajabiy 1, 2“, „Kurash“, „Dutor Bayoti“, „Dutor Navosi“; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida „Guluzorim“, „Bebokcha“, „Bozurgoniy“, „Gullar vodiysi“; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida „Koradali“, „Aliqambar“, „Saqili Navo“ singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970- yillardan yakka D.da Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov „Gilos“, F. Sodiqov „Dutorim“, S. Yoʻldoshev „Dil kuylasin“, 3. Obidov „Togʻ goʻzali“, O. Qosimov „Yangra sozim“ kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar; 2) dutor-alt — anʼanaviy Dutorni 1930- yillarda qayta ishlash natijasida paydo boʻlgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yogʻoch yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan oʻzbek kompo-zitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano joʻrligida ijro etilayotgan asarlar oʻrin olgan. Mazkur Dutor asosida (Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (Dutor— bas, Dutor— kontrabas) ishlandi.
G ʻijjak — torli kamonli musiqa asbobi. Oʻzbek, tojik, turkman, uygʻurlarda va kamon, kemancha nomi bilan Kavkazorti mamlakatlarida keng tarqalgan. Oʻzbek cholgʻu asboblari orkestrida gʻijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi.
Tarixi
Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra gʻijjakni (gʻipchak nomi bilan) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga sozlagan, Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3-torni qoʻshgan. Ungacha 2 simli gʻijjakda ipakdan eshilgan yoki simli aks-sado beruvchi torlar soni 8-11 tagacha boʻlgan.
Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida aytilishicha, gʻijjakni chala bilish barcha saroy sozandalari uchun shart boʻlgan. Oʻrta asrda Alijon Gʻijjakiy, Xoʻja Oʻzbek Gʻijjakiy kabi sanʼatkorlar mashhur boʻlgan.
Gʻijjakning kosaxonasi ustidagi teri sovuq, nam sharoitida choʻkib ketishi, ingichka simlarining ovozi noqisligi tufayli Oʻzbekiston (ayniqsa Andijon)da 19-asr oxiridan gʻijjak oʻrniga anʼanaviy ansambllar tarkibida skripka ishlatila boshladi. Ammo keyinchalik asbob mukammalashtirildi va undan yana keng qo'llanila boshlandi. 1940-yillarda gʻijjakning oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida ishlatiladigan alt, bas va kontrabas turlari yaratilgan. Mazkur orkestrlar tarkibida Gʻijjakchilar guruhi xuddi simfonik orkestrdagi kamonli sozlar guruhi (skripka, alt, violonchel, kontrabas) kabi yetakchilik qiladi. Hozir xalq cholgʻu orkestrida Gʻijjak-bas oʻrniga qoʻbiz-bas (yoki violonchel), Gʻijjak-kontrabas oʻrnigab kontrabasning oʻzi ishlatiladi.
Gʻijjakning inson ovoziga yaqin, nozik va dardli tovushi, qochirimlarga boy, xonaqoiy ijro uslubi tufayli milliy mumtoz musiqa ansambllarida asosiy oʻrin tutadi.
Tuzilishi
Gʻijjakning yumaloq choʻmichsimon kosasi oldin qovoq, kokos yongʻogʻidan, hozirda yogʻoch (tut, yongʻoq) gʻoʻlachasidan oʻyib yasaladi va kosasi ogʻziga teri yoki pufak tortiladi. Pardasiz dastasining bir uchiga quloqlar oʻrnatiladi, bir uchi esa kosaxona ustiga joylashadi. Dasta bilan kosaxonaning umumiy uzunligi 550-900 mm atrofida.
Hozirda gʻijjakning torlar soni 3-4 boʻlib, kvarta-kvintaga sozlanadi. Ular dastaning yuqori qismida joylashgan shayton xarak va kosaxona ustidagi xarakka yotqiziladi. Umumiy diapazoni 4 oktavadan ortiq.
Chalish uslublari
Oʻzbekistonda gʻijjak ijrochiligining oʻziga xos uslublari, asosan, Andijon, Buxoro va Xorazm anʼanaviy maktablari orqali namoyon boʻlgan. Fargʻona vodiysi hofizlik sanʼati hamda surnay ijrochilik anʼanalari taʼsirida shakllangan Andijon maktabi (T. Jalilov, Gʻ. Hojikulov, E. Roʻziboyev, Yu. Yusupov va boshqalar) mayda urgʻu (aksent)lar, kuy tuzilmalarini uzmasdan chalish yoʻllari, surnayga xos qochirimlar singdirilganligi bilan ajralib turadi. Komiljon Jabborov, Gʻanijon Toshmatov, M. Niyozov, M. Muhammedov ijrosida „Surnay Irogʻi“, „Oʻyin Munojoti“, „Dugohi Husayniy“ hamda „Kezarman“ (Gʻ. Toshmatov), „Gul mavsumi“ rov) kabi gʻijjak kuylari mashhur.
Mahalliy musiqa anʼanalari (ayniqsa, Shashmaqom yoʻllari) negizida qaror topgan Buxoro maktabiga gʻijjak ning xuddi titrayotgan kamonni yurgʻizib sadolanishi, har bir pardani oʻzida toʻlqinlatib (tebranish) tezlashishi xos. Buxoro gʻijjakchilik maktabi namoyandalaridan Haydarqul Qorovulbegi (Buxoro amirlari saroylarida xizmat qilgan), 20-asrda Aminjon Ismatov, Samo Vohidov, Hikmat Neʼmatov, Oʻlmas Rasulovlar ijrosida „Surnay Irogʻi“, „Bahri tavil“, „Kamon ufari“, „Zulayho“, „Noz“ (Oʻ. Rasulov) kabi namunalari ommalashgan.
Xorazm maktabi ijro uslubi shiddat, kamonni urg'u bilan tortish, ayni paytda yumshoq toʻlqinlatish bilan ajralib turadi. Mazkur maktab vakillaridan Patak-gʻijjakchi (mashhur Suyav-baxshi dastasida faoliyat koʻrsatgan, 19-asr), Abdulla Mijana, Matyoqub Xarratov, Ollanazar Hasanov, Hasanboy Atayevlar talqinida Xorazm maqomlashning cholgʻu yoʻllari, surnay yoʻllari, shuningdek, „Aliqambar“, „Qalabandi“, „Xarrotiy“ (M. Xarratov), „Gech polvon“ singari kuylar mashhur.
Ishlatilishi
Gʻijjak yakkanavoz cholgʻu, ayni paytda joʻrnavoz soz sifatida ham keng qoʻllanilmoqda. Turkman, qoraqalpoq, xorazm baxshilari (masalan, R. Murodov), Andijonda T. Jalilov, Gʻ. Hojiqulov, S. Toʻxtasinovlar oʻziga xos joʻrnavozlik yoʻllarini yaratishgan, 1970-yillardan boshlab gʻijjakni yakkanavoz va milliy cholgʻu ansambli tarkibida alohida koʻrsatish, unda oʻziga xos kuy tuzilmalarini badiha tarzida chalish usullari Abduhoshim Ismoilov, A. Dadayev va boshqa ijrosida ommalashgan. Zamonaviy texnika vositalari (masalan, qisqa choʻzimli tovushlarni ishlatish yoʻllari) keng kirib kelib, polifoniya va polimonodiya xususiyatlaridan foydalanilmoqda.
T anbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi.
Tuzilishi
Tanburning noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi. Tanburning umumiy uzunligi 110-130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Dastasiga ichakdan qilingan pardalar bogʻlanadi. Tanburning pay ip bilan bogʻlangan 16-19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqin.
Chalinishi
Tanbur qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan tanburda kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi.
Taniqli oʻzbek tanburchilar
Tanburning oʻziga xos nozik va taʼsirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmaqomi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) joʻrnavoz soz hisoblanadi. Tanbuning keng badiiy imkoniyatlari Turgʻun Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon boʻlmoqda. Oʻzbek bastakorlaridan Hoji Abdulaziz, Joʻraxon Sultonov, Fattohxon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, kompozitorlardan Sayfi JalilSayfi jalil („Qalbimda“), M. Mahmudov („Navo“ simfoniyasi), Mustafo Bafoyev („Lison uttayr“) va boshqalar tanbur imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.
T or — noxun (mediator) bilan chertib chalinadigan musiqa asbobi. Eron, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Torning kosasi 8 raqami shaklidadir. Rezonatori tut yogʻochidan oʻyib yasaladi va usti teri bilan qoplanadi. Torning zamonaviy turi 20-asrning 30-yillaridan boshlab Oʻzbekiston (Bola baxshi Abdullayev, keyinchalik Komiljon Otaniyozov va boshqalar), soʻng Tojikiston musiqa madaniyatiga xam singib ketdi.
Tuzilishi
Torning kosaxonasi 8 raqami shaklida boʻlib, asosan, tut yogochidan (baʼzida yongʻoq) oʻyib ishlanadi. Chanoqning ustki ochiq kismi teri bilan qoplanadi. Torning dastasi uzun boʻlib, 78-96 sm gacha yetadi. Asbobning hozirgi turlarida 11 ta sim tortilgan boʻlib, eng pastki (oʻrtada joylashgan) simdan tashqarilari juftlangan tarzda boʻladi va kvarta intervali oraligida sozlanadi. Torning 22 pardasi boʻladi. Ozarbayjon torida nim pardalar ham boʻladi. Asbob ikki oktava oraligʻidagi tovushqator hosil qila oladi.
Ishlatilishi
Tor keng texnika imkoniyatlari, yorqin va jozibali tembr, kuchli dinamikasi bilan ajralib turadi. Eron, ozarbayjon, arman (dastgoh, muyum, kuy, ashula va boshqa) mumtoz musiqa namunalari ijrosida yakka tarkibida yetakchi cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi. Tor ijrochilaridan Sodiq Asad oʻgʻli, M. Mansurov, B. Mansurov, A. Bokixonov, K. Primov va boshqalar mashhur.
Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi.
Tarixi
Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.
20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
Tuzilishi
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.
Chalish usuli
Doirani chalishda qoʻllaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni choʻzib doiraning oʻrtaroq qismiga uriladi.
N ogʻora — urib chalinadigan musiqa asbobi. Nogʻoraning koʻp xili mavjud. Kosasi tuvaksimon boʻladi. Yogʻoch va sopoldan yasaladi. Usti hayvon terisi bilan qoplanadi. Qoʻsh nogʻora karnay va surnaylar bilan qoʻshilib oʻzbek milliy ansamblini tashkil etadi. Hozirgi kunda ham bu asboblar toʻy-u tomoshalarda keng qoʻllaniladi.
Turlari
Oʻzbekistonda nogʻoraning doʻl nogʻora, rez nogʻora va koʻs nogʻora kabi turlari bor. Doʻl nogʻora yoʻgʻon tovush chiqaradi va diamtetri 60 sm cha boʻladi. Rez nogʻoraning tovushi ingichka boʻladi va diamtetri 20-30 sm boʻladi. Koʻs nogʻoraning diamtetri 30-40 sm boʻladi va shuning uchun rez nogʻoranikidan yoʻgʻonroq, doʻl nogʻoranikidan ingichkaroq tovush chiqaradi.
Koʻs va rez nogʻora bir-biriga qoʻshilib yasalagan qoʻsh nogʻoralar ham mavjud. Ikkalasining tovushi orasidagi farq bir kvarta intervalidir. Bu doira chalishda ishlatiladigan „bum“ va „bak“ kabi tovushlarini chiqarish imkonini yaratadi. Nogʻoradan chiqqan tovushlar faqat „tum“ va „tak“ deb yuritiladi.
Nogʻoraning misdan yoki choʻyandan yasalagan yirik turlari ham mavjud. Bu tur nogʻoralar ammo keng tarqalmagan.
Chalish uslublari
Rez va koʻs nogʻora ikkita choʻp bilan chalinadi. Doʻl nogʻora yoʻgʻonroq bitta choʻp bilan chalinadi.
D ovul, doʻl — gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholgʻu. Tovushi uchi yumaloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. Dovul oʻtmishda asosan harbiy cholgʻu hisoblangan. Hozirgi kunda amaliyotda deyarli qoʻllanilmaydi. Tashqi koʻrinishi, tovush hosil etish yoʻllari bilan Dovulga yaqin boʻlgan cholgʻular qozoqlarda — dabil, gruzinlarda — doli, armanlarda — dool, hindlar, eronliklar, af-gʻonlarla — duhul nomlari bilan yuritiladi.
K arnay - puflama cholgʻu asbobi. Karnay jezdan yasaladi.
Oʻzbekiston va Tojikistonda karnay surnay, nogʻora, va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Toʻgʻri va tirsakli turlari mavjud.
Tuzilishi
Karnayning ogʻzi konus shaklida boʻlib, asbobning uzunligi 2-3 metr atrofidadir. Olib yurishga qulay boʻlishi uchun karnay ulanadigan uch boʻlakdan iborat boʻladi. Karnayning parda va klapanlari yoʻq. Asbobning ovozi juda baland va yoʻgʻon. Diapazoni bir oktavani tashkil etadi.
Karnay surnay, nogʻora, doiralarga hamohang boʻladi. K.ning toʻgʻri va tirsakli (toʻgʻri burchak ostida ikki marta bukilgan) turlari qadimdan Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Urta Osiyoda tarqalgan. Oʻtmishda harbiy musiqa cholgʻusi sifatida harbiy yurish xabarchisi, jang maydonida gʻalaba jarchisi boʻlgan. Hozirda bayram, toʻy va boshqa tantanalarda chalinadi. Oxirgi paytda K. zamonaviy milliy estrada ansambl (mas, "Abbos" guruhi)lar tarkibiga ham kiritilmoqda.
S urnay (fors. sur — toʻy, bayram va nay; toʻyda chalinadigan nay) — puflab chalinadigan cholgʻu asbobi. Oʻzbek, tojik, turk, Kavkaz, Eron xalqlari orasida keng tarqalgan. Shakli naynikiga oʻxshaydi. Surnayning yuqori tomoni ingichka, pastki tomoni esa konussimondir. Oʻzbekistonda tarqalgan surnaylarning uzunligi 45-55 sm dir. Oʻzbekiston va Tojikistonda surnay karnay, nogʻora, va doira bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Surnayning Xitoyda ishlatiladigan turi sona, Kavkazorti xalqlarida ishlatilgan turi zurna deb ataladi.
Tuzilishi va yasalishi
Nayning asosiy tanasi 400—550 mm uzunlikdagi mevali daraxt (oʻrik, tut, yongʻoq) yogʻochidan, ichki tomoni silindr, baʼzida konus shaklida, karnaychasi kengaytirilgan holda yasaladi. Barmoq bilan bosiladigan 8 ta teshigi bor: 7 tasi yuza (ustki), 1 tasi orqa (pastki) tomonida joylashgan. Surnayning tilchasi (naypachoq, dudik) oddiy qamishdan pachoqlanib ip bilan qattiq boʻgʻilib, bir-biriga qapishtirib yasaladi va mil(nil)iga kiygiziladi.
Mil cholgʻu tanasiga oʻrnatilgan bachka (fors. bacha — bola soʻzidan) surnayning tanasiga nisbatan boshqacha yogʻochdan ishlangan silindrga kiygiziladi. Milga esa ijrochi labiga tiralib, uning nafasini tashqariga chiqishidan muhofazalab turadigan ellips shaklidagi (hayvon shoxi, suyak, sadaf yoki metalldan ishlangan) halqa — sadaf oʻrnatiladi.
Diapazoni
Nayning diapazoni birinchi oktava „re“ dan ikkinchi oktava „si“ gacha va undan ham yuqori boʻladi.
Tovushi
Surnayning tovushi jarangdor, kuchli va juda oʻtkir. Fargʻona, Andijon, Toshkentda surnayning menzurasi (ichki teshigi diametri) kengroq boʻlganligi sababli tovushi mayinroq va nolali, Xorazm surnayi tovushi keskin va chiyildoq. Surnayda tovush hosil qilish murakkab boʻlib, sozandaning uzluksiz nafas olish jarayoniga asoslanadi. Mazkur ijro turi Oʻzbekistonda „qaytarma nafas“ (Xorazmda „dam aylantirish“) deyiladi. Bunda ijrochi lunjini shishirgan holda zaxira havoni ogʻzida saqlaydi va burundan nafas olayotgan paytida zaxiradagi xavoni chakka mushaklari yordamida surnay naychasiga yoʻllaydi. Natijada surnayga havo yuborilishida tovush uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taniqli oʻzbek surnaychilar
Oʻzbekistonda surnay ijrochiligida, asosan, ikki (Fargʻona-Toshkent va Xorazm) yoʻnalishi mashhur boʻlib, bir necha mahalliy markazlar mavjud boʻlgan; Andijon (Buloqboshi)dan Hojimat mehtar, Rustam mehtar Yusufalizoda, Ashurali mehtar, Odilbek Rustamov va boshqalar, Fargʻonadan Otajon surnaychi, Qoʻqondan Hamroqul surnaychi, Ahmadjon Qoʻshnay va boshqalar, Toshkentdan Ubaydullayevlar, Mirzayevlar, Sobirovlar sulolalari va boshqalar, Xivadan Sariq mehtar, Bobojon surnaychi, Xudoybergan Qurbon, keyingi paytda Y. Tojiyev, M. Matyoqubov va boshqalar tanilgan.
Ishlatilishi
Surnay karnay, nogʻora yoki doyra joʻrligida ommaviylashgan maxsus ansamblni tashkil qilib, milliy anʼanaviy tomoshalarda, („Surnay yor-yori“), dorboz, qoʻgʻirchoqboz oʻyinlarida („Duchava“, „Dor oʻyin“, „Ufarlar“, Xorazmda „Qum pishigʻi“, „Toʻrgʻay“, „Zuvoniy“, „Rotollo“ va boshqalar), turli marosim, yigʻin va sayillarda, raqslarda („Shodiyona“, „Katta oʻyin“, „Dilxiroj“, „Tanavor“, „Munojot“, Xorazmda „Orazibon“, „Norimnorim“, „Yelpasalandi“ va, ayniqsa, „Surnay lazgisi“) keng qoʻllaniladi. Surnay yakkanavoz cholgʻu sifatida ham mashhur. Ijro imkoniyatlarining boyligi va oʻziga xos xususiyatlarga egaligi tufayli unda chalinadigan kuylar alohida ajralib turadi. Shashmaqomdagi Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari shoʻbalari asosida yaratilgan surnay yoʻllari „Surnay Buzrugi“, „Surnay Navosi“, „Surnay Orazi“, „Surnay Dugohi“ (savt va ufari bilan) gʻoyat sevimlidir. „Mushkiloti Segoh va Ufari“, „Surnay Irogʻi“ kabi kuylarning koʻpchiligi yirik turkumli asarlardir. Ayniqsa, Navo maqomining surnay yoʻllari keng tarqalgan boʻlib, asosan, nikoh toʻylarida ijro etiladi. Xorazmda surnay uchun maxsus surnay maqomlari mavjud boʻlib, ular Tanbur chizigʻida oʻz aksini topgan („Muhammasi Rost“, Navo maqomidan „Peshrav zanjiri“, „Ufari Navo“ va boshqalar), lily yerda, shuningdek, maqom yoʻllari negizida yaratilgan mumtoz kuylari ham mashhur („Nadramaddin“, „Birollayim“ va boshqalar).
Surnay hozirda anʼanaviy va baʼzi milliy estrada ansambllari, xalq cholgʻu asboblari orkestrlarida ishlatilmoqda. Oʻzbekiston kompozitorlaridan Aleksey Kozlovskiy („Lola“ suitasi), Sayfi Jalil (1 simfoniyasi), M. Tojiyev (4 va boshqa simfoniyalari) va boshqalar surnayning oʻziga xos tembrini simfonik orkestri vositalari yordamida yetuk badiiy mavqeda ifoda etganlar. Surnayga yaqin sozlar Kavkaz (ozarbayjon, arman va boshqa) xalqlari va turklarda zurna, Xitoyda sona, Hindistonda shexnay deb ataladi.
Chang— ko'p torli tirnama cholg'u asbobi. O'zbekistonda ishlatiladigan zamonaviy chang turi trapetsiya shaklidadir. Chang tayoqchalar bilan urib chalinadi. Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor.
Changdan qadimda va O'rta asr Sharq ( Ossuriya, Misr, Shimomliy Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo) madaniyatida qo'llanilgan. Hozirgi O'zbekiston va Tojikistonhududida qadimgi changdan taxminan 17-asrgacha qo'llanilgan. O'rta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda bo'lib, unga 13 va undan ortiq torlar o'rnatilgan.
Hozirda changdan o'zbek, tojik, uyg'ur xalqlari keng ...yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Changning diapazoni kattadir: katta oktava „lya-bemol“ dan ikkinchi oktava "mi-bemol" gacha yetadi.
Chang bambukdan ishlangan ikki cho'p yordamida urib chalinadi. 1930-yillarda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi (prima, tenor, bas). Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholg'ulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholg'u sifatida keng tarqalgan.
O'zbekistonda chang ijrochilaridan Matyusufva Fozil Xarratovlar, Ro'zimatxon Isaboyev, Faxriddin Sodiqov, Baxtiyor Aliyev, Tilash Xo'jamberdiyev, Temur Mahmudov, Ahmad Odilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar T. Otaboyev, F. Shukurova, T. Sobirov va boshqalar tanilgan.
Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Fors mamlakatlarida tarqalgan turisantur deb nomlanadi. Changning chang-tenor,chang-bas turlari ham yatarilgan. Turli mamlakatlarda uchraydigan changsimon asobolar quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |