Artikulyatsion apparatni tekshirish.
Artikulyasion apparatni tekshirish metodikasiga asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning sababi bo`lgan artikulyasion a’zolar to`zilishida yaqqol ifodalangan to`zilishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
Lab:(qalin, yupka, yuqori labning kalta bo`lishi, labdagi yoriqliklar);
Til:(makroglossiya, tilning ingichka bo`lishi, til tagidagi yuganchaning kalta bo`lishi);
Jag’: (progeniya, prognatiya);
Tishlar: (yo`q bo`lishi, orasi ochiq bo`lishi, yon ochiq tishlar);
Qattiq tanglay: (baland, yassi, tor va yoriqlar bo`lishi);
Yumshoq tanglay: (kalta, ikkiga bo`lingan, yo`q bo`lishi);
Artikulyasion apparat to`zilishini baxolash me’yori:
Artikulyasion apparatning me’yorda bo`lishi;
Artikulyasion apparat to`zilishida kamchiliklar, buzilishlarning bo`lishi.
So`ngra Artikulyasion apparat harakatchanligi tekshiriladi.
Bunda lab, pastki jag’, til, yumshoq tanglay mashqlaridan foydalaniladi.
Lab mashqlari: ko`lgi holatiga keltirish - tinch holat; oldingi chuchchaytirish - tinch holat; ko`lgi holatiga keltirish, oldinga chuchchaytirish - tinch holat.
Pastki jag’ uchun mashqlar: og’izni katta ochish, og’izni ochiq holda bir, ikki (6 sekundgacha) ushlab turish - og’izni yopish; og’izni katta ochish, pastki jag’ni ung va chap tomonga harakatlantirish - tinch holat.
Til mashqlari. Tilni keng holatda ko`rsatish - og’izni kirgizish, tilni keng holatda pastki lab ustiga qo`yish, yuqori lab tomon ko`tarish - tilni og’izga kirgizish, og’izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko`rsatish; tilni tor holda tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni og’izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og’izni ochish, tilni surib qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta kaytariladi.
Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash, yo`talish ko`rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho`zib, keyin bo`lib-bo`lib talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish.
Mashqlar taqlid asosida va so`z qoidasi bo`yicha bajariladi.
Artikulyasion apparaе a’zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida harakatning bor yoki yo`qligi, harakatning bajarilish darajasi (to`liq, noto`liq) va bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo`zg’aluvchanlik); harakatni aniq bajarish ko`nikmasi; Artikulyasion a’zolarni ko`rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o`tish; harakatlar tezligi; sur’ati me’yorda (sekinlashgan, tezlashgan) aniqlanadi.
Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me’yori:
harakatni aniq, to`liq, me’yorda bajaradi.
bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi.
harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi.
bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o`tadi.
harakatni logoped yordami bilan bajaradi, mustaqil o`zi bajara olmaydi.
bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi.
harakatni bajara olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |