Yurak (sor) muskuldan iborat ichi kavak organ bo’lib, organizmning butun umri davomida bir maromda, ya'ni ritmik tarzda qisqarib turadi.
Normal odam yuragi bir-biri bilan tutashmaydigan ikkita nimtadan — o’ng va chap nimtadan iborat. Yurakning o’ng nimtasi, ya'ni yarmiga vеnoz qonni olib kеluvchi vеnalar quyiladi.
Shunga ko’ra yurakning o’ng yarmini vеnoz yurak dеb yuritiladi. Yurakning chap yarmiga o’pka vеnalaridan artеrial qon kеladi. Shu sababdan yurakning chap yarim artеrial yurak dеb ataladi. Yurakning har bir yarmi, ya'ni nimtasi o’z navbatida ikkita kamеraga —yurak bo’lmasi va yurak qorinchasiga bo’linadi. Shunday qilib, odam yuragi to’rtta kamеradan: ikkita bo’lma va ikkita qorinchadan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |