Matolar haqida ma’lumot - Matolar haqida ma’lumot
- Boshlang’ich sinflarda mehnat darsini oqitish dasturi o’qituvchi oldiga qo’yidagi aniq masalalarni qo’yadi:
- A) Bolalar bilimini oshirishda doimiy va individual ravishda ishlab chiqarish faoliyati, texnika shu bilan birga matolar va ularga xos bo’lgan tomonlarni yanada kengroq tushuntirib borish kerak bo’ladi.
- B) Matolar ishlovida, turli matolarga ishlov berishda oddiy qo’l mehnati davomida foydalaniladigan asboblardan foydalanish o’rgatiladi.
- V) Umumiy mehnat bo’limlarini shakllantirish, mehnat madaniyati, mehnatga faol munosabatda bo’lish, mehnat jarayoni yoki davomida mustaqil bo’lish, ish jarayonida o’z mehnatini nazorat qila bilish kabi fazilatlarga oqitish.
G) Mehnat jarayoni davomida bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirish: estetik, jismoniy va aqliy. - G) Mehnat jarayoni davomida bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirish: estetik, jismoniy va aqliy.
- Ushbu mehnat darslarining umumiy masalalaridan kelib chiqqan xolda «mato bilan ishlash» o’z mazmuniga, o’z maqsadiga va aniq masalalarga ega.
- Amaliy mashg’ulotlar davomida o’quvchilar asboblar bilan ishlash va ularga ko’nikmalar xosil qiladilar: qaychilar, igna, shablon, o’lchov asboblari.
- Tekstil matolarga ishlov berishdagi amaliy mashg’ulotlar esa ko’zda chamalashni o’rgatadi. Bu esa umumiy mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim axamiyatga egadir.
Tekstil matolar bilan ishlashning korrektsion ahamiyati. - Tekstil matolar bilan ishlashning korrektsion ahamiyati.
- Tekstil matolari ishtirokida o’tkazilib boriladigan mashg’ulotlar aqli zaif bolalarda korrektsion - ongni rivojlanish faoliyatida, bichish-tikish ishlarini o’rganishda qator bilimlarga ega bo’lishda ko’p yordam beradi. Bunday mehnat turi o’zining qator ijobiy tomonlariga ega. Darslarda o’quvchilar matolar, iplar bilan tanishadilar. Amaliy mashg’ulot davrida esa o’quvchilarda yangi bilimlar, qolaversa matolar bilan olib boriladigan turli ishlar bilan tanishadilar. Ularning ishlov berish jarayonlari bilan ham tanishadilar.
- Masalan, ba’zi jarayonlar - o’lchash, matolar bilan ishlaganda, qaychi bilan kesish, bu qog’oz bilan ishlaganda xam uchraydi. Bichish – tikish barcha tana a’zolarini faol, xar taraflama ishlashga undaydi. o’quvchilarga matolar bilan ishlash jarayonini oqitish, uz ishida ketma-ketlik, reja bilan ishlashga o’rgatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |