Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustakil iktisodiy kategoriya ekanligi shartidir, kaytib berishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, kaytib berishlilik o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berishi emas, fakat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir. Kreditni qaytarish aylanishdan chikkan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larining qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib berishlilik ikki yoklama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun xam, qarz oluvchi uchun xam bir xil darajada muximdir.
Qiymatni qaytaruvchi xarakatida xukukiy tomoni xam muximdir. Muayyan bir muddatga beriladigan kiymatga egalik xukuki kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi.
Qarzga beriladigan kiymat fakat muayyan bir muddatgina o’z egasi qo’lidan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi.
Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar xisoblanadi. Qaytarib berishlilik muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi. Qaytarib berishlilik ob’ektiv belgi xisoblanadi. Kreditni qaytarib berishlilik tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq qilish imkonini beradi. Kreditdan samarali foydalanish asosidagi qaytarib berishlilik – butun bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi. Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. Sobiq ittifok davrida markazlashgan rejali iktisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmagan ssuda» deb ataladigan norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo’jaligining ko’p tarmoklarida ayniksa qishloq xo’jaligi soxasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyalarini qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iktisodiyoti tamoyillariga yot bo’lib bunday kreditning amaliyotda bo’lishi iktisodiyot uchun juda xavfli hisoblanadi.