Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


XVII BOB. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI



Download 1,45 Mb.
bet146/193
Sana04.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#428493
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   193
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI

XVII BOB. NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI
Reja:
17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish
17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
17.3. Mikrokredit tashkilotlari


17.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish


Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan:

  • yuridik va jismoniy shaxslariga hisob-kitob xizmatlarini
    ko 'rsatish va pul o 'tkazmalarini amalga oshirish;


  • hisob —raqam ochish va yuritish

  • vakillik hisob varaqlarini ochish va pul mablag'larini o'z nomiga joylashtirish va boshqa shu kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.

Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori foiz toiovlarni to'lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit summasi qancha bo'lishidan qat'iy nazar barchasiga bir xil talabni qo'yadi va biunga ko'pchilik hollarda ma'lum kun talab etiladi.
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga:
> kredit uyushmalari;
> mikrokredit tashkilotlari;
> lombardlar;
> lizing kompaniyalari;
> faktoring kompaniyalari kiradi.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to'la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi:

  1. moliyaviy lizing;

  2. operativ lizing.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo'ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta'minlash imkoniyatini beradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:-ustav kapitali;

  • boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam;

  • o'z a 'zolaridanjalb qilingan pul mablag'lari;

  • tijorat banklarining kreditlari;

  • sof foyda;

  • foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar;

  • o 'tgan uillaming taqsimlanmagan foydasi.

O'zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradilar. Lizing shartnomalarining' o'rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bo'lib ularda resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga majburdirlar. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko'lamda jalb qiladilar.
O'zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug'illanadi. Asosiy muammo shun-daki, to lizing obyekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinma-gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog'ozlar bo'yicha o'zaro hisob-kitob-larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob ochadi. Bu hisoblar mazmuniga ko'ra aktiv-passiv hisoblar hisoblanadi, ya'ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega boiishi mumkin.
Ko'pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, German iya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda ular nazorat funksiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining regulyatori tomo­nidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilot­larining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo'yiladi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish