1.Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo’lgan istiqbollarga ishonchni yo’qotishga olib keladi;
2.Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o’tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo’lgan davrda aholi o’rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya’ni kishilar qo’llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do’konida tovarlar tez sotiladi;
3. Narx-navoning keskin va notekis o’zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko’tarilishiga olib keladi;
4. Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o’rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo’lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
- mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
- tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o’zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi.
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo’nalishlarda qayta taqsimlanadi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o’rtasida narx-navoning notekis o’sishi natijasid;
Mamlakat aholisi va davlat o’rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo’shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o’rtasida.
Maxsulotlar va xizmatlarga bo’lgan narx-navoning notekis o’sib ketishi natijasida aholi o’rtasida ijtimoiy toifalarga bo’linishini (boylar, kambag’allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg’armalar va joriy iste’molning keskin o’zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta’siri eng avvalo qat’iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo’rlar, nogironlar, ko’p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o’qituvchilar, vrachlar, bog’cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og’ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o’rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo’shimcha zarar ko’radi.