97
2.
Statsion va nostatsion modellar;
3.
Parametrlari to’plangan va tarqoq modellar;
4.
Masalani EHMda yechish bosqichlari;
5.
Algoritm
tushunchasi va uning vazifasi;
6.
Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va unga qo’yiladigan talablar.
Tayanch iboralar:
matematik model, algoritm, algoritmik tillar, EHM, masalani yechish modellari
M a t e m a t i k m o d e l t u s h u n c h a s i
Qadim zamonlardan beri inson o’z imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilib, turli mehnat
qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko’rolmaslikni
mikroskop, teleskop, radiolokator kabi
buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo’lsa, bir-biriga ma‘lumotlar uzatishdagi cheklangan
imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash
mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson
ongining imkoniyatlarini
to’ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma‘lumotlarni tahlil qilish va o’zining ish faoliyatida
uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham jadal sur‘atda o’stiradi.
Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o’ta murakkab jarayonlarning hisob
ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron
hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir holdir. XXI asr –
kompyuterlashtirish asrida
insoniyat faoliyatining barcha jabhalariga kompyuterlar jadal sur‘atda kirib bormoqda.
Zamonaviy
kompyuterlarning
ko’payib
borishi
esa
tabiiy
ravishda
undan
foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo’ladi. Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar
sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompyuterlardan o’z ishlarini bajarishda
tayyor dastur mahsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo’lgan dastur
ta‘minotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Dasturchilar sinfini esa o’z
navbatida shartli ravishda tizimli va amaliy dasturchilar guruhlariga ajratamiz.
Mazkur «Algritmik tillar va dasturlash» fanidan yozilgan ma‘ruzalar matni amaliy
dasturchilar guruhiga tegishli mutaxassislarni, institutning «Informatika
va axborotlar
texnologiyasi» kafedrasida «Informatika va AT» yo’nalishi bo’yicha ta‘lim olayotgan texnik
bakalavrlar va kasbiy ta‘lim bo’yicha muhandis-muallimlarni Turbo-Paskal algoritmik tiliga
o’rgatish uchun mo’ljallangan.
Elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita ishlashdan oldin qanday ishlarni bajarish
kerakligini ko’rib chiqaylik. Istalgan hayotiy, matematik yoki fizik va
hokazo masala shartlarini
ifoda qilish dastlabki ma‘lumotlar va fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat‘iy ta‘riflangan
matematik yoki fizik va hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So’ngra masalani yechishning
maqsadi, ya‘ni masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi
ko’rsatiladi. Masalani o’rganish uning matematik modelini tuzishdan boshlanadi, ya‘ni uning o’ziga
xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o’rtasidagi matematik munosabat o’rnatiladi. Boshqacha
qilib aytganda, dastlab o’rganilayotgan
fizik hodisaning mohiyati, belgilari, ishlatiladigan
ko’rsatkichlar so’zlar yordamida batafsil ifoda etiladi, so’ngra fizik qonunlar asosida kerakli
matematik tenglamalar keltirilib chiqariladi. Bu tenglamalar o’rganilayotgan
fizik jarayon yoki
hodisalarning matematik modeli deb ataladi. Matematik modelni haqiqiy ob‘ektga moslik darajasi
amaliyotda tajriba orqali tekshiriladi. Odatda, matematik model qaralayotgan ob‘ektning
xususiyatlarini aynan, to’la o’zida mujassam qilmaydi. U har xil faraz va cheklanishlar asosida
tuzilgani uchun taqribiylik harakteriga ega, tabiiyki uning asosida olinayotgan natijalar ham taqribiy
bo’ladi. Shuning uchun, tajriba qilib ko’rish orqali yaratilgan modelni baholash va lozim bo’lgan
holda uni aniqlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Matematik modelning aniqligi, uning korrekt qo’yilganligi,
olinadigan natijalarning
ishonchlilik va turg’unlik darajasini baholash masalasi modellashtirishning asosiy masalalaridan
biridir.
Matematik modellarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: