18
Disketalarda ma‘lumotlar fayllar ko’rinishida saqlanadi.
Fayl
-bu disketaning ma‘lum nom
bilan ataluvchi sohasidir. Faylda dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo’lgan dasturlar va
xokazolar saqlanadi. Fayllar 2 xil bo’ladi: matnli va ikkili tizimdagi. Matnli fayllar
foydalanuvchi
ukishi uchun mo’ljallangan.
Har bir fayl ikki qismdan iborat bo’lgan nomga ega. Fayl nomining birinchi qismi asosiy
qismi hisoblanadi va 1 tadan 8 tagacha belgidan iborat bo’ladi. Fayl nomining ikkinchi qismi
kengaytgich deyiladi va 1 tadan 3 tagacha belgidan iborat bo’ladi.
Fayl nomining asosiy qismi
kengaytgichdan nuqta bilan ajratiladi.
Masalan:
сommand.com
autoexec.bat
ma’ruza.txt
hisobot1.doc
Faylga nom berishda fakat lotin harflaridan foydalanish Maqsadga muvofikdir. Fayl nomida
kengaytgich bo’lishi shart emas. Lekin kengaytgich koidaga ko’ra, faylning qaysi turda ekanligini
aks ettiradi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Masalan:
.com
va
.exe
ishlatishga tayyor buyrukli
va bajariladigan faylar;
.bat
- foydalanuvchi yaratgan buyruk fayllar;
.bak
- faylning uzgarishdan avvalgi nusxasi;
.txt
- matnli fayl;
.doc –
matnli, hujjatli fayl;
.
bas
- Beysik
tilida tuzilgan dastur fayli;
.jpeg
va
bmp, gif
va xakozo- grafik va tasvirli fayllar;
.pas
- Paskal tilidagi dasturli fayl.
Kataloglar
Fayl nomlari magnit disketalarda katalog (yoki direktoriy, papka)larda kayd kilinadi.
Katalog
-bu fayl nomlari,
ularning xajmi, yozilishi vaqti haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi disketadagi
maxsus joy.
Agar katalogda faylning nomi bo’lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo’ladi. Har bir
magnitli disketada kataloglar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Har bir katalog uzining nomiga ega.
Misol uchun, quyidagi takkoslashni keltirish mumkin. Kitob -bu disketa, kitobdagi boblar-bu
kataloglar, har bir bobdagi, paragraflar-bu fayllardir.
Kataloglarga fayllar kabi nom beriladi. Odatda, katalog nomida kengaytgich bulmaydi. Bir
katalog boshqa bir katalogda kayd kilinishi mumkin. Agar X katalog Y katalogida kayd kilingan
bo’lsa, u holda X - ichki katalog (podkatalog) deyiladi, Y esa - tashki katalog hisoblanadi . Har bir
magnitli disketada bosh yoki tub katalog bo’ladi, unda fayllar va 1- bosqichdagi
ichki kataloglar
kayd etiladi. 1-bosqichdagi ichki kataloglarda fayllar va 2-bosqich kataloglari kayd etiladi va
xokazo. Natijada magnitli disketada kataloglar va fayllarning daraxtsimon tuzilishi hosil bo’ladi.
Foydalanuvchi shu dakikada ishlab turgan disk joriy disk deyiladi. Masalan, foydalanuvchi
vinchester bilan ishlab turgan bo’lsa, kattik magnitli disk C: joriy hisoblanadi.
Foydalanuvchi kichik
egiluvchan magnitli disketa bilan ishlab turgan bo’lsa, shu kichik magnitli disketa A: yoki B: joriy
disketa hisoblanadi. MS DOS operatsion tizimi foydalanuvchi surayotgan fayllarni joriy disketadan
kidiradi. Joriy diskni o’zgartirish uchun MS DOS ning maxsus komandalaridan foydalaniladi.
Foydalanuvchi ishlayotgan laxzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS DOS
komandasida faylning nomi ko’rsatilsa , u holda bu fayl joriy katalogdan kidiriladi yoki joriy
katalogda tashkil etiladi.
Agarda foydalanuvchiga zarur bo’lgan fayl joriy katalogda bulmasa, u holda kerakli faylning
qaysi katalogda joylashganini ko’rsatish lozim. Buning uchun faylgacha bo’lgan yul ko’rsatiladi.
Faylgacha bo’lgan yul “\” belgi bilan ajratilgan kataloglar yoki “..” belgilar ketma-ketligidir. Bu yul
tub yoki joriy katalogdan kerakli fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan marshrutni ko’rsatadi.
19
Shaxsiy kompyuterlar turli magnitli disketalar ishlaydigan maxsus kurilmalarga ega.
Egiluvchan disketalar bilan ishlashni ta‘minlaydigan
kurilmalar
А:, В:
va xokazo bilan nomlanadi.
Masalan, shaxsiy kompyuterda ikkita egiluvchan magnitli disketa ishlatilishi mumkin. Bu
disketalar mos ravishda A: va V: orqali belgilanadi. Egiluvchan magnitli disketalardan tashkari
kattik magnitli disketa (vinchester) ishlatilishi mumkin. Vinchester S: orqali belgilanadi.
Qulaylik uchun odatda S: disketa qismlarga bulinadi. Ular D:,E:,F: va xokazolar bilan
nomlanadi.
Faylning to’liq nomi quydagi ko’rinishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: