Tayanch iboralar: Ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasi, rejali ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasini boshqarish, operativ (tezkor) hisobot, mashina-server, axborotlar bazasi integratsiyasi, interaktiv rejim, fayl server
Ma‘lumotlar bazasi
Ma‘lumotlar bazasi kaytarilmaydigan ma‘lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari xal etiladi. Ma‘lumotlar bazasida ko’p kirrali kirish va aynan bir xil ma‘lumotlardan turli mijozlar foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan Ma‘lumotlar bazasi tuzilmasi predmet sohasi ma‘lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma‘lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro bogliklik ma‘lumotlar modeli namunasiga muvofik tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |