QarMII, «Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi dotsenti X.Q.Eshkabilov va katta о‘qituvchi F.A. Salohiddinovlar tomonidan tuzilgan “Texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari” fanidan fan dasturiga
T A Q R I Z
Ushbu dasturda neft va gaz sanoati uchun, jumladan neft va gazni qayta ishlash, kimyoviy qayta ishlash tizimida ishlatiladigan mashinalar va jihozlarni yagona davlat standartlari asosida ishlab chiqarish, detallarini tayyorlash uchun qо‘llaniladigan materiallarning mexanik xossalari, ularning konstruktiv elementlariga ichki va tashqi bosim ta’siri, texnologik jihozlarni mexanik hisoblarini о‘z ichiga olgan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Fan dasturda qо‘llaniladigan jihozlarning mexanik va texnologik imkoniyatlarini, о‘ziga xos xususiyatlarini va ular yordamida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni, nazariy asoslarini bilgan holda, asosiy kriteriylari (gabarit о‘lchamlari, og‘irligi, energiya va moddiy resurslarni tejash va h.k.) bо‘yicha maqbul sharoitlarda olib borish va texnologik oqimlarni kо‘rsatkichlarni muvofiqlashtirish, tanlangan mashina va jihozlarni texnologik va mexanik kо‘rsatkichlarning hisob-kitoblarni amalga oshirishni о‘z ichiga oladigan mavzular keltirilgan.
“Texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari” fani neft va gazni qayta ishlashda qо‘llaniladigan texnologik qurilmalar tizimini loyihalash, konstruksiyalash hamda ularga texnik xizmat kо‘rsatish sohalari ishchi-xodimlarining bilimlar nazariyasining asosini tashkil etadigan fanlardan biri bо‘lib hisoblanadi. Shu sababli, tizimga neft va gaz sanoatining zamonaviy texnika-texnologiyalarini tadbiq etish, texnologik mashina va jihozlarda tayyorlanadigan tovar mahsulotlar harajatlarini kamaytirish, dunyoning ilg‘or mamlakatlari bilan raqobatlashish imkonini yaratuvchi texnika va texnologiyalarni egallash sanoat xodimlaridan chuqur nazariy bilimlarni talab etadi.
Neft va gaz sohasi uchun kadrlar tayyorlashda davlat tilidagi adabiyotlarning yaratilishi mahalliy mutaxassislar va talabalarning fanni chuqur egallashi uchun zaruriy omillardan biri bо‘lib hisoblanadi.
“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti X.Q.Eshkabilov va katta o‘qituvchi F.A.Salohiddinovlar tomonidan tuzilgan “Texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari” fani dasturi 70720708-Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari magistratura mutaxassisligiga mos holda yozilgan bо‘lib, unda keltirilgan mavzular ketma-ketligi va yoritilishi о‘rganilayotgan fanning mazmunini qamrab olgan va talabalar о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan bilimlar darajasiga mos holda yoritilgan.
“Texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari” fanidan namunaviy dasturida keltirilgan mavzular neft va gazni qayta ishlashda qо‘llaniladigan yupqa devorli idish va apparatlar, qalin devorli idish va apparatlar orqali tovar mahsulotlar olishga mо‘ljallangan texnologik qurilmalar misolida yoritilgan. Fan dasturida ma’ruza, amaliy va mustaqil ish mavzulari keltirilgan va neft va gazni qayta ishlash sanoati texnologik mashina va jihozlari bо‘yicha amaliy masalalar, hisoblashlar yoritilgan.
Fan dasturi 70720708- “Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari” magistratura mutaxassisligi uchun “Texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari” fanidan olingan bilimlarni mustaqil ravishda о‘zlashtirish uchun xizmat qiladi va о‘quv jarayoniga qо‘llanilishini ma’qullayman.
“Shо‘rtan neft va gaz qazib chiqarish”
boshqarmasi gaz va gazkondensat qazib
chiqarish bо‘limi yetakchi muhandisi: F.P. Qurbonov
Do'stlaringiz bilan baham: |