Namlikka talabi. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli. Shuning uchun bahorikorlikda kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan ko‘pincha Yuqori hosil beradi. Namga eng talabchan davri naychalashdan boshoqlashgacha. Sug‘orishga talabchan, o‘suv davrida tuproqda cheklangan dala nam sig‘imi (CHDNS) 70 % kam bo‘lmaganda Yuqori hosil beradi.
Yorug‘likka talabi. Kuzgi arpa uzun kun o‘simligi. Qisqa yorug‘lik kunida uning boshoq tortishi kechikib, kech etiladi. Yarovizatsiya davri 0-2 0S, 40-45 kun. Tezpishar, kuzgi bug‘doyga nisbatan O‘zbekiston sharoitida 10-15 kun erta etiladi. O‘zbekiston sharoitida kuzgi arpa may oyining birinchi yarmidan boshlab iyun oyining birinchi un kunligiga qadar pishib etiladi. Bu hususiyati sug‘oriladigan yerlarda ikki hosil yetishtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |