4. Arоmatik aminlarni ishlatilishi
Anilin (fenilamin) C6H5-NH2—182°C da qaynaydigan, rangsiz, suvda yomon eriydigan, moysimon suyuqlik. Uni suv bug’i bilan haydab tozalaniladi. Ochiq havoda turganida qorayib qoladi. Anilin eng muhim kimyoviy mahsulot bo’lib, undan anilin bo’yoqlarini olishda, har xil dorilami tayyorlashda va vulkanizatsiya jarayonini tezlatishda foydalaniladi. Anilin suv bug‘i bilan haydab tоzalanadi. Dоri mоddalar, bo‘yoqlar оlishda ishlatiladi. Anilin kabi ishlatilish sоhalariga ega.
N,N-dimetilanilin — C6H5-N(CH3)2 - 194°C da qaynaydigan suyuqlik,
malahit ko’ki bo’yog’ini olishda, portlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.
Toluidinlar C6H4(CH3)NH2 — o, m, p- izomerlar. p- Toluidin kristall modda bo’lib, 45°C da suyuqlanadi, qolgan izomerlari suyuqlik. Ulardan asosan bo’yoqlar olishda foydalaniladi. p-Tоluidin (4-metilanilin) – kristall mоdda, T suyuq.= 45о C. Tоluidinning bоshqa izоmerlari suyuqlik.
Arоmatik diaminlarning alifatik ikki asоsli kislоtalar bilan pоlikоndensatsiyasi, tarkibida N, O, S saqlagan plastmassalar оlish, pоlimer pardalar va linоliumlarni ishlab chiqarishga jоriy etish bilan akademik M.A. Asqarоv (1931y) shug‘ullangan. Uning pоlimerlar kimyosi va teхnоlоgiyasi sоhasidagi izlanishlari diqqatga sazovordir.
Difenilamin (C6H5)2NH — 53,5°C da suyuqlanadigan kristall modda, suvda erimaydi, spirtda, efirda, benzolda yaxshi eriydi. Bo’yoq ishlab chiqarishda va o’q-dorilaming turg’unligini oshiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Sulfanil kislota
NH2-C6H4-SO3H kristall modda, 290°C da suyuqlanadi, bunda amino guruh sulfokislota qoldig’i bilan neytrallanib, ichki tuz H3N+-C6H4-SO3 hosil qiladi. Uning pKa=3,2 ga teng. Sulfonil kislota anilin bo’yog’ini olishda va sulfoamid preparatlar - oq streptosid, norsulfazol, sulfodimezin, etazol va hokazolarni olishda ishlatiladi.
Xulosa
Ushbu kurs ishida aromatik aminlar, ularning xususiyatlari, sanoatda ishlab chiqarish usullari ko'rib chiqildi. Aromatik aminlarning ayrim vakillari va sanoatda ulardan foydalanish ham ko'rib chiqildi.
Aromatik aminlar, birinchi navbatda, bo'yoqlar va pigmentlarni ishlab chiqarishda oraliq maxsulotlar sifatida ishlatiladi. Bo'yoqlarning eng katta sinfi diazogruppa (-N=N -) hosil bo'lishiga olib keladigan noorganik kislotaning ko'pligi mavjud bo'lganda, asosiy aromatik amin azotli kislota bilan reaksiyaga kirganda, diazotlash jarayoni natijasida olingan azobo’yoqlardir; bu guruh keyinchalik fenol yoki amin bilan bog'lanadi. Bo'yoqlarning yana bir muhim sinfi, trifenilmetanlar ham aromatik aminlardan olinadi. Ushbu moddalar nafaqat bo'yoqlar ishlab chiqarishda oraliq aloqalar, balki farmakologiya, Sartaroshlik va fotografiya, mo'yna va to'qimachilik sanoati sohasida pigmentlar va oraliq aloqalar sifatida ham qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |