3-BOB. KASBIY FOALIYATDA AMALIY DASTURLAR VA
ULARDAN FOYDALANISH ASOSLARI.
(10 soat)
Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imoniyatlari. Nashriyot tizimlari. PageMaker dasturi va unda ishlash asoslari. Iqtisodiy, moliya va bank sohalaridada qo‘llaniladigan dasturlar. 1C buxgalteriya dasturi va unda ishlash asoslari. Statistika dasturi va uning imkoniyatlari. Tarjimon dasturlari. Socrat, Promt, Uz-Lat, Google tarjimon dasturlarida ishlash.
4-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI
(16 soat)
Kirish. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Grafik obektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari va uning turlari. Kompyuter grafikasi, videokarta tushunchasi, piksel tushunchasi, grafik turlari, rastrli grafika, vektorli grafika, fraktallar grafikasi. Photoshop – rastrli grafik muharririda ishlash asoslari. Photoshop interfeysi. Tasvirlarni tahrirlash asoslari, rastrli tasvirlar va obektlar, Photoshop dasturining ish stoli, uskunalar panelini boshqarish vositalari, uskunalarni sozlash. Palitralar, masshtablash va uskunalar paneli. Tasvir o‘lchamlari, masshtablar uskunasi, kerakli uskunalarni tiklash, uskunalar bilan ishlash. Photoshop interfeysini sozlash, tasvirni ochish, nusxalash va saqlash. Interfeysni sozlash, uskunalar parametrlarini sozlash, yangi tasvirni hosil qilish, mavjud tasvirni ochish, fayllar brauzerini qo‘llash, tasvirni nusxalash, tasvirni diskda saqlash. Photoshop da tasvirlarni kadrlash. Photoshop da tasvir qismini ajratib olish. O‘lcham va uning ko‘lami, bosma uchun ko‘lamni o‘zgartirish, maketlashtirish bosqichida ko‘lam imkoniyatlarini o‘zgartirish, mukammal ko‘lamni tanlsh, tasvirni to‘liq ajratib olish, ajratilgan sohalar ustida amallar. Lasso va sehrli tayoqcha uskunalaridan foydalanish. To‘g‘ri chiziqli Lasso uskunasi, magnitli arqon, sehrli tayoqchani ishlash tamoyili, tezkor ajratish uskunasi.
Photoshop da shakl o‘zgartirish amallari. SHakl almashtirish amallari, amallar bajarish. Ranglarning RGB, CMYK va LAB tizimlari. YOrug‘lik nurlari, qo‘shiluvchi ranglar tizimi, ayriluvchi ranglar tizimi, IndexedColor, yarim tusli tasvirlar, oq- qora (rastrli) tasvirlar. Mo‘yqalam va qalam bilan ishlash. Mo‘yqalam shaklini tanlash, mo‘yqalam shaklini tahrirlash, qalam bilan ishlashda SHift tugmasining vazifasi. Tasvirga matn joylash. Matn ustida shakl almashtirish. Photoshop 7 da shriftning o‘rni, matn ustida 5 ta amal, belgilarni formatlash, matnni o‘zgartirish va qidirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |