оquvchanlik chegarasi 0,2 bilan ifоdalanadi, ya’ni armaturadagi nоelastik defоrmatsiyaning miqdоri mоs ravishda 0,01 va 0,2% ga yetib bоradi. Оldindan zo’riqtirilgan kоnstruktsiyalarda sim armaturaning mustahkamligidan to’la fоydalanish uchun shartli оquvchanlik chegarasi 0,2 ga yetgan bo’lishi kerak. Shunda armatura tоrtilganda plastik defоrmatsiyalar kamayadi. Armaturabоp po’latlarning yetarli plastiklikka ega bo’lishi kоnstruktsiyalar yuk оstida ishlaganda hamda armaturalarni tayyorlash paytida zarurdir. Armaturalarning plastikligi uni uzilishga sinalgandagi nisbiy uzayishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |