Arifmetik operatorlar



Download 16,48 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi16,48 Kb.
#192092

Arifmetik operatorlar. Mikroprotsessorning arifmetik buyruqlari ikkilik va o’nlik (ikkilik ko’rinishida kodlangan) sinf buyruqlarga bo’linadi. Ikkinchi ko’rinishidagi sinf buyruqlari kamdan-kam ishlatiladi chunki ular hotira hajmini ko’p egallaydi.

Barcha arifmetik buyruqlar ishorali va ishorasiz bo’lishi mumkin. Ishorali buyruqlar manfiy va musbat sonllar ustida bajarilishi mumkin bo’lsa, ishorasiz buyruqlar esa faqat musbat sonlar ustida.

Assembler tilining arifmetik buyruqlarni to’rtda guruhga bo’lishni lozim topdik:


  1. Qo’shish operatorlari

  2. Ayirish operatorlari

  3. Ko’paytirish operatorlari

  4. Bo’lish operatorlari

Shu guruh operatorlarini ko’rib chiqamiz.

Qo’shish operatorlari:

ADD (qushish) ikkita operand (so’z yoki bayt) yig’indisini hisoblaydi. Amal natijasi birinchi operand o’rniga yoziladi.

Misollar:

ADD AX, BX ; AX-registrga BX-registrni qo’shish

ADD AX, Mem ; AX-registrga Mem-o’zgaruvchini qo’shish

ADD Mem, AX ; Mem-o’zgaruvchiga AX-registrni qo’shish

ADD AL, 40 ; AL-registrga 40-o’nlik konstantani qo’shish

ADD AL, 4Ah ; AL-registrga 4A-o’n oltilik konstantani qo’shish

ADD AL, 101010b ; AL-registrga 101010-ikkilik konstantani qo’shish

ADD AL, 44o ; AL-registrga 44-sakkizlik konstantani qo’shish

Ushbu buyruqda ikkita o’zgaruvchi qiymatlarini va birinchi bo’lib konstanta ko’rsatish ta’qiqlanadi, ya’ni xatoga olib keladi.

ADD A, B


ADD 10, AL

INC (inkrement) operand qiymatini birga oshiradi.

INC АХ ; AХ+1



Ayirish operatorlari:

1. SUB (ayirish) birinchi operanddan ikkinchi operand qiymatini ayiradi (operandlar bayt yoki so’z bo’lishi mumkin). Amal natijasi birinchi operand o’rniga yoziladi.

Misollar:

SUB AX, CX ; AX−CX → natijasi AX

SUB AX, Mem ; AX−Mem → natijasi AX

SUB Mem, AX ; Mem−AX → natijasi Mem

SUB AL, 10 ; AL−10 → natijasi AL

Ushbu buyruqda ham ikkita o’zgaruvchi qiymatlarini va birinchi bo’lib konstanta ko’rsatish ta’qiqlanadi.



DЕC (dekrement) operand qiymatini birga kamaytiradi.

Masalan:


DEC CХ ; CХ−1

NEG (ishora belgisini almashtirish) nol’ qiymatidan operand qiymatini ayiradi. Natijasi operand o’rniga yoziladi.

Masalan:


NEG АХ ; −(АХ) → АХ

СМР (ikkita operandlarni solishtirish) birinchi operanddan ikkinchi operand qiymatini ayiradi, SUB amalidan farqi shundaki u operand qiymatlarini o’zgartirmaydi natijasini bayroq-registrlarga o’rnatadi

Misollar:

СМР АH, ВL ; (АХ)−(ВХ)

CMP Mem, AX ; (Mem)−(AH)

CMP AL, 10 ; (AL)−10
Ko’paytirish operatorlari:

1. MUL (ko’paytirish) ikkita ishorasiz sonlarni (so’z yoki bayt) ko’paytirish amalini bajaradi. Bu buyruqda faqat bitta sonli operand ko’rsatiladi qaysiga ko’paytirish lozim. Bu operand registr yoki operativ hotiradagi o’zgaruvchi bo’lishi mumkin. Ikkinchi ko’paytiriluvchi operand AL registr qiymati (agar bayt amallari bo’lsa) yoki AX registr (so’zlarda). 16-bitli(bayt) ko’paytirish natijasi AH(katta bayt) va AL(kichik bayt) registrlarda saqlanadi. 32-bitli(so’z) ko’paytirish natijasi esa DX (katta so’z) va AX (kichik so’z) registrlarda saqlanadi.

Misollar:

MUL BX ; ishorasiz BXni AXga ko’paytirish

MUL Mem ; ishorasiz Mem o’zgaruvchini AXga ko’paytirish

MUL DL ; ishorasiz DLni ALga ko’paytirish



Bo’lish operatorlari:

1. DIV (bo’lish) ishorasiz ikkita sonni bo’lish amalini bajaradi. Bu buyruqda faqat bitta operand (registr yoki operativ hotiradagi o’zgaruvchi) ko’rsatiladi qaysi bo’linuvchini aniqlaydi. Bo’luvchi esa ikkilik o’lchamda berilishini inobatga olish lozim, ya’ni AH va AL registrlarda agar bytli bo’lish amali bajarilsa, 32-bitli bo’lish amalida DX va AX registrlarida.

Natijasi esa quyidagicha qayd qilinadi:


  • agar 16-bitli bo’lish bo’lsa butun qismi AL registrda, qoldigi esa AH registrda;

  • agar 32-bitli bo’lish bo’lsa butun qismi AX registrda, qoldigi esa DX registrda.

Misollar:

DIV BX ; ishorasiz DX:AX registrni BXga bo’lish



DIV Mem_byte ; ishorasiz AH:AL Operativ hotira katakchasiga bo’lish.
Download 16,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish