Ahamiyati:
Oilaning xo‘jalikdagi ahamiyati jihati-
dan eng muhim vakili g‘o‘za o‘simligi hisoblanadi. To‘-
qimachilik sanoati uchun kerakli jami tola mahsu-
lotining 70-75% paxtadan olinadi. G‘o‘za chigiti tar-
kibida 18-21 % yog‘ bo‘ladi. Bu yog‘, oziq–ovqat va tex-
nik maqsadlar uchun ishlatiladi. Yog‘i olingan chigit-
dan chorva mollari uchun yem sifatida kunjara oli-
nadi. Sovun tayyorlanadi. Kanop va dag‘al kanop kabi
o‘simliklar ham tola beruvchi o‘simliklar hisoblanib,
ulardan turli buyumlar tayyorlanadi. Shuning bilan bir
qatorda dorivor va manzarali turlari ham uchraydi.
80
Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar:
1. Gerbariylardan foydalanib oila vakillarini bir-biridan
ajratuvchi morfologik belgilarini o‘rganing.
2. Gulxayri yoki g‘o‘za o‘simligi misolida gulxayri-
doshlar oilasiga xos muhim belgilar: ostki va ustki
kosachabarglar, changchilar va ularning chang
iplariga qo‘shilib, urug‘chi ustunchasini o‘rab olib
naycha hosil qilishi bilan tanishing. Gul, urug‘, meva
tuzilishining rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing.
Oilaning gul formulasi:
*
Ca
3(3)(6-10)+5
Co
5
A
(oo)
G
(oo)
Nazorat savollari
1.
Gulxayridoshlar oilasining nechta turkum va turlari
mavjud va ular qayerlarda tarqalgan?
2.
Oilaning qaysi bir o‘simliklari ostki va ustki
kosachabarglar hosil qiladi?
3.
Changchilarni tuzilishidagi o‘ziga xoslik nimalar-dan
iborat?
4.
Gulxayridoshlar oilasining ilmiy nomi nima deb
ataladi?
MAVZU: Ra`noguldoshlar oilasi
O‘rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni
Ra`nokabilar ajdodchasi– Rosidae
Ra`nonamolar qabilasi – Rosales
Ra`noguldoshlar oilasi–Rosaceae
Tubulg‘idoshchalar oilachasi – Spiraeoideae
Vakil: Tukdor tubulg‘i – Spiraea pilosa
Itburundoshchalar oilachasi – Rosoideae
Vakillari:
1. Itburun na`matagi– Rosa canina (23-rasm)
2.
Zangori maymunjon – Rubus caesius
3.
O‘rmalovchi g‘ozpanja –Potentilla reptans
4.
Qulupnay – Fragaria grandifolia (gibrid)
81
Olmadoshchalar oilachasi– Pomoideae
Vakillari:
1. Yovvoyi olma– Malus sylvestris
2.
Madaniy olma–Malus domestica
3.
Madaniy nok –Pyrus domestica
4.
Bexi – Cydonia oblonga
5.
Sariq do‘lana – Crataegus pontica
Olxo‘ridoshchalar oilachasi – Prunoideae
Vakillari:
1.Yoyilgan olxo‘ri – Prunus divaricata
2.
Maxaleb olichasi, kamxastak – Cerasus mahaleb
3.
Qizilmeva olicha, chiya –C.erythrocarpa
4.
Yovvoyi bodom – Amygdalus petunnikovii
5.
Oddiy o‘rik – Armeniaca vulgaris
6.
Oddiy shaftoli – Persica vulgaris
7.
Do'stlaringiz bilan baham: |