Nazorat savollari
1.
Govzabondoshlar oilasi hayotiy shakliga ko‘ra qanday
o‘simliklar hisoblanadi?
2.
Yer sharida nechta turkum va turi uchraydi?
3.
Oilaning o‘ziga xos xarakterli belgilari nimalardan
iborat?
4.
Oilaning qaysi bir vakili zaharli o‘simlik hisoblanadi?
MAVZU: Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasi
O‘rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni
Yalpiznamolar qabilasi – Lamiales
Yalpizdoshlar oilasi – Lamiaceae
Vakillari:
1.
Osiyo yalpizi – Mentha asiatica
2.
Maydagul tog‘rayxon – Origanum tyttanthum
3.
Gulbandli kiyiko‘t – Ziziphora pedicellata
4.
Turkiston arslonqulog‘i – Leonurus turkestanicus
5.
Oq lamium – Lamium album
94
6.
Korolkov marmaragi – Salvia korolkovii (26-rasm)
Mavzuning maqsadi:
Oilaga mansub o‘simliklarning
anatomo-morfologik tuzilishini, ko‘payishini, turlar
sonini, tarqalishi va ekologiyasini, tizimda tutgan
o‘rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini
va ahamiyatini o‘rganish.
Kerakli jihozlar
:
Gerbariylar, o‘simliklar aniqlagi-
chi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar,
mevalar, lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha:
Bu oila o‘z ichiga 200 dan ortiq
turkum va 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular asosan
Yer sharining issiq va mo‘`tadil iqlimli hududlarida
tarqalgan bo‘lib, bir va ko‘p yillik o‘t, chalabuta, tropik
mintaqalarda esa ba`zi vakillari buta va daraxtsimon
o‘simliklardir.
Ularning poyasi 4 qirrali, barglari oddiy, poyaga
qarama-qarshi
joylashgan,
yonbargchalari
yo‘q.
To‘pgullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan. Ikkita
qarama-qarshi barg qo‘ltig‘idan chiqqan dixaziy to‘p-
gullar o‘zaro birlashib halqa to‘pgul hosil qiladi. Har
bir doira to‘pgullar o‘z navbatida boshoq, ro‘vak,
shingil ba`zan kallak to‘pgullarda joylashgan. Gullari
asosan noto‘g‘ri, ba`zan to‘g‘ri, 5 a`zoli qo‘sh gulqo‘r-
g‘onli. Gulkosa barglari 5 ta, birikib o‘sgan 5 tishli
bo‘ladi. Gultojibarglari 5 ta, birikib o‘sib 2 ta labni hosil
qiladi.
Ustki labi ikkita, pastki labi uchta gultojibargning
birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 4 ta,
ulardan 2 tasi qisqa chang iplariga ega. Ba`zan chang-
chilari
ikkita
bo‘lib,
qolgani
qisqargan
yoki
shiradonlarga aylangan. Changchi iplari gultoji
naylariga birikib o‘sgan. Urug‘chisi bitta, ikkita meva-
bargli, tugunchasi ustki. Har qaysi urug‘kurtak orasida
juda barvaqt to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada tuguncha 4
bo‘lakka ajraladi. Mevasi bir urug‘li 4 ta yong‘oq-
chasimon mevachalarga ajraladigan uvoq meva.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |