Turlarning tarqalish va kelib chiqish markazlari
Juda ko’p turlarning bir hududda tarqalishi – tur xilma-xilligi o’chog’i yoki turlarning tarqalish markazi deb ataladi. Janubiy Palearktikada tarqalgan bargxo’r qo’ng’izlar Theliterotarsus urug’i o’z areali chegarasida 60 ga yaqin turni birlashtiradi. Ularning ko’pchiligi – 32 turi O’rta Osiyo va Qozog’istonnung tog’oldi va pasttog’li hududlarida tarqalgan. Shrqda esa urug’ areali G’arbiy Mongoliyagacha yetib boradi (7 tur), Turkmanistonda 4 tur, Afg’onistonda 2 tur, Eronda 5 tur, Sharqiy Kavkazda 1 turdan iborat. G’arbdagi chegara Shimoliy-G’arbiy Afrikagacha yetib borgan; Yaqin Sharqda 3 tur, Saudiya Arabistonida 1 tur, Misrda – 2 tur, Tunis, Marokash, Jazoirda 5-6 tur tarqalgan.
Tur tarqalish o’chog’i 2 tipda bo’ladi.
Bir-biriga o’xshash turlar soni ko’p bo’lgan o’choq. Masalan - Cryptosephalus
Ko’p sonli turli-tuman turlarning tarqalish o’chog’i
Tur xilma-xillik o’chogi urug’ning birlamchi arealiga to’gri kelmaydi. Chunki tur o’zining birlamchi hosil bo’lish o’chog’idan chiqib, yangi hududlarni egallashi mumkin. Natijda shu hudud tur xilma-xillik markazi – ikikilamchi markazga aylanadi. Istalgan sistematik birlikning areali o’z tarixi davomida kengayishi va torayishi mumkin.
Agar turning qirilib ketishi yoki arealning torayishi areal periferiyasida emas, balki uning ichida b’olsa, dizyunktiv uzuq-yuluq areallar paydo bo’ladi. Mastodontlar uchlamchi davrda Afrikada paydo bo’lgan. Miotsen davrida ular Eski Dunyo hududi bo’ylab tarqalgan va shimoliy-sharqda Amerikaga o’tib olganlar. Keyingi davrlarda dastlab Evrosiyo, so’ngra Amerikada qirilib ketgan. Bu hodisa almashinish sikliga misoldir. Chunki areal bo’ylab keng tarqalayotgan tur oldida turli to’siqlar paydo bo’ladi. Shu to’siq orqasida mustaqil sikl boshlanishi mumkin. Masalan – populyatsiyaning bir qismi tasodifan suv orqali quruqlikka borib qolishi mumkin.
Otlar oilasi vakillarining tarqalish sikli yaxshi o’rganilgan. Otlarning qadimgi ajdodlari dastlab uchlamchi davr boshlarida Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan va Yevrosiyo bo’ylab tarqala boshlagan. Uchlamchi davr oxirlariga kelib, otlar Afrika va Janubiy Amerikaga ham tarqalgan, lekin uchlamchi davr mobaynida Shimoliy Amerika otlar oilasining evolyutsiyasi va tarqalish markazi bo’lib qolgan. Boshqa qit’alardagi otlarning qadimgi vakillari qirilib borgan, ammo yuqori darajada ixtisoslashgan vakillari saqlanib takomillashib borgan.
Otlarning hozirgi yagona urug’i Shimoliy Amerikadan kelib chiqib, Yevrosiyo va Afrika, Janubiy Amerikagacha tarqalgan. To’rtlamchi davr boshlarida Shimoliy va Janubiy Amerikada otlar qirilib ketgan. Bu hududlardagi hozirgi ot zotlari esa tarixiy davrlarda Yevropadan insonlar olib borgan xonakilashtirilgan otlar hisoblanadi. Shunga o’xshash misol toshbaqalardir. Toshbaqalar dastlab uchlamchi davrda Tropik Osiyoda paydo bo’lgan, keyinchalik ular shimoliy yarimsharning mo’tadil zonasi orqali Janubiy Amerikaga o’tgan. Ko’rib o’tilgan misollar timsohlarga ham taalluqlidir. Chumchuqsimon qushlar Eski Dunyodan kelib chiqqan bo’lib, uchlamchi davrda juda ko’p formalar hosil qilgan. Bu qushlarning alohida guruhlari Shimoliy Amerikada ham xilma-xil formalarini kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Paleontologik materiallarning yetishmasligi yoki topilmasligi ko’pchilik quruqlik hayvonlarining tarqalish yo’li va evolyutsiya tezligini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi. Hayvonlarning tarqalishi – bu turlar o’rtasidagi raqobatdir. Raqobatbardosh turlar esa – dominant turlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |