1. Umumiy qism.
1.1. Detalning ishchi chizmasi.
Texnologik jarayonni loyihalashdan avval, detalning ishchi chizmasi, uning texnik talablari va mexanizmda ishlash vazifasi batafsil o’rganib chiqiladi. Proektsiyalarning yetarli ekanligi, ishlanuvchi yuzalar sifati o’rganilib tekshirib chiqiladi.
Кo’p hollarda konstruktor asossiz holda chizmada juda ham aniq bo’lgan o’lchamlarni va yuza g’adir-budurliklarini belgilaydi. Bunday hollarda texnolog tomonidan tegishli tuzatishlar kiritish to’g’risida takliflar qilishi mumkin, konstruktor bilan birgalikda bu taklifni muhokama qilish asosida to’g’ri yechimi topiladi.
Ishchi chizmani nazorat qilish vaqtida detal texnologiyabopligini yaxshilash imkoniyati aniqlanadi. Ishlanuvchi yuzalarining o’lchamlarini kichraytirishga e’tibor beriladi, bu esa mexanik ishlov berish sermehnatligini kamaytiradi; detal bikirligini oshirishga e’tibor beriladi, bu esa ko’p asbobli ishlov berish, ko’p tig’li asboblarni va yuqori unumdorlik rejimlarini qo’llash imkoniyatini beradi; keskich asboblarning ishlov zonasiga olib kirish va chiqarishning engillashtirilishiga ahamiyat beriladi, natijada asosiy va yordamchi vaqt kamayadi; ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar va jihoz elementlarning o’lchamlarini unifikasiyalashga harakat qilinadi, bu esa o’lchamli va profillik asboblarning turini qisqartiradi va o’tuvlarni ketma-ket bajarishda ishlov berish vaqtini kamaytiradi; tanavorni ishonchli va qulay bazalashga ahamiyat beriladi, o’lcham qo’yishda esa o’rnatuv va o’lchov bazalarning bir yuzadan qo’yishga harakat qilinadi; tanavorlarning ko’p o’rinli ishlov berish qulayligiga ahamiyat beriladi. Кonstruktsiyaning texnologiyabopligiga ahamiyat berish va mumkin qadar qulay konstruktiv yechimni qo’llash texnologik jarayon yaratishni soddalashtiradi va loyihalash sermehnatligini kamaytiradi va mehnat unumdorligi oshadi.
Shtok - bu mashinaning aylanadigan qismlarini olib yuradigan qism. Shtokning shakli bir xil bo'lishi mumkin. Ularning orasidagi farq shundaki, novda o'z maqsadini bajarayotganda momentlarni uzatadi va eksa buralish uchun ishlamaydi. Momentlarni uzatishda dastani doimo aylanadi. Rod o'tirgan qismlar bilan birga aylanishi mumkin, lekin u ham harakatsiz bo'lishi mumkin, uning ustida aylanadigan qismlarni qo'llab-quvvatlaydi. Ishlash paytida novda chinakam egilish va burilish momentlariga duchor bo'ladi, u momentlardan tashqari bir xil kuch omillariga duchor bo'lishi mumkin.
Buyum konstruktsiyasining texnologiyabopligi xususiyatlarini belgilovchi asosiy omillarga uning tashqi ko’rinishi, uni tayyorlashdagi, korxonadan tashqarida montaj qilishdagi, ekspluatatsiya qilishdagi va ta’mirlashdagi sermehnatlikligi, iqtisodiy samaradorligi, xavfsizligi, ekologiyabopligi va utilizatsiyalash qulayliklari kiradi.
Qisqacha qilib aytganda buyumni tayyorlashda, ekspluatatsiya qilishda, ta’mirlashda har tomonlama qulay bo’lgan konstruktsiya texnologiyabop deb ataladi.
14201-83 va 14205-83 GOST larda buyum texnologiyabopligini belgilovchi ko’rsatkichlarning tushunchalari va qoidalari o’rnatilgan. Bu qoidalarga binoan buyumlar konstruktsiyalarini texnologiyabopligini ta’minlash bo’yicha qilinuvchi ishlar, ularni yaratishdagi hamma bosqichlarda; ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi IChTTYaT (ECTPP) o’rnatiladi. Bu BКTb sifatini bitta ko’rsatkichini tavsiflovchi konstruktsiya xususiyatlarining birlashgan to’plami tarzida nazarda tutiladi.
Bu ko’rsatkichni aniqlovchi baholash usuli qat’iy asoslangan bo’lishi, baholash natijasi esa xaqiqatga yaqin va tekshirish uchun qulay bo’lishi kerak.
Buyum konstruktsiyasining texnologiyabopligini yagona ko’rsatkichi, bu berilgan sifatda va ishlab chiqarish qabul qilgan sharoitida uning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisoblanadi. Кonstruktsiyani baholashga bunday yondoshishda, uning barcha kompleks talablarini butunligicha ko’rib chiqish zarur. Buyumni tayyorlashdagi vositalarning tejalishiga kam ahamiyat berilganligi, piravordida texnik xizmat ko’rsatishga yoki ta’mirlashga bo’lgan sarflarning iqtisodiy noqulayligiga olib kelmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |