1.6. Detalga ishlov berish boshqarish dasturini tuzish
RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan o‘lchamning aniqligini, kesishlar ma’romini va dastgohlarni tanlashda hisobga olinada.
Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal konturi bo‘ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida olingan kadrlarga – qayta ulashni (qayta ishga solish) boshqalarini buyrug‘i, keskichni elementar siljishi, uni almashtirish va sh.k. birin-ketin imkonga qarab joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan. Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish harakatga mos keluvchi impulslar orqali tasvirlanadi. Boshqaruvchi buyruqlarning hamma kadrlar RDB dastgohini texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Boshqarish dasturiga, dasturchi tomonidan, elektron qurilmani (masalan, EHM) klaviatura (tugmachalar)si yordamida yozib olinidi. So‘ng, shu qurilma yordamida, dastur magnitlashgan impuls ko‘rinishi (magnit tasmaga) yoki kadrlararo joylashtiriluvchi teshiklar bilan qog‘oz tasmaga (dastur qamrovchi sistemaga) o‘tkaziladi.
Boshqaruvchi dasturiga ma’lumot RDB dastgohini elektron sistema orqali o‘qilib, kadrma-kadr dastgohni ish bajaruvchi organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‘g‘ri yozilganligi, masalan frezerlash dastgohlarida chiziq (iz) qoldirish usulida tekshiriladi. Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog‘oz mahkamlanadi. Qog‘ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali to‘g‘rilanadi.
RDB dastgohlar uchun detallarga mexanik ishlov berish operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida bajariluvchi o‘tishlarning mumkin qadar maksimalligini ta’minlashuviga intilish lozim, ya’ni birgina operatsiyada qancha ko‘p yuzalarga ishlov berilsa, universal dastgohlarda ishlov berishga nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar ko‘p o‘tishlarni to‘plash (bajarish), oldinda aytib o‘tilganidek, dastgohda zagotovkani o‘rnatish sxemasini to‘g‘ri tanlash uchun qulay shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
-
№1
|
Tayanch nuqtalar
|
Kadr mazmuni
|
Detal va asbob harakati parametrlari
|
1
|
0 1
|
Tez xarakat
|
v=1450mm/min
|
2
|
1 2
|
(I) Teshikni markazlash
Sovutish bilan
|
n=1250ayl/min,s=0.15min/ayl
|
3
|
2 3
|
Markazlovchi parma chiqish
Teskari xarakat
|
v=1450mm/min
|
4
|
3 0
|
Boshlang`ich xolatga qaytish
|
v=1450mm/min
|
5
|
0
|
Asbobni almashtirish (parma )
(asbob II)
|
|
6
|
0 11
|
Tez xarakat
|
n=1450ayl/min
|
7
|
11 21
|
Teshik (I) ni 36mm chuqurlikda parmalash
|
n=1250ayl/min,s=0.3min/ayl
|
8
|
21 31
|
Parmaning chiqishi
|
n=1450ayl/min
|
9
|
31 0
|
Boshlang`ich xolatga qaytish
|
n=1450ayl/min
|
10
|
|
Dastur tugadi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |