2.2. Radioelektron sistema va elektronika
Radioelektronika, radiotexnika va elektronika fanlarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan fandir. Uning negizini radiotexnika fani tashkil qiladi. Ammo fan va texnikaning rivojlanishi uni radioelektronikani bir bo‘limiga aylantirib qo‘ydi. Radiotexnik jarayonlar radiosistemalar yordamida amalga oshiriladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani informatsiya sistemalaridir.
Ularda voqelik, hodisa, axborot va boshqalar haqidagi ma’lumot, ya’ni informatsiya elektromagnit tebranishlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tiladi. Shunga ko‘ra informatsiya sistemasining asosiy qismini o‘tkazgich, aloqa yo‘li (aloqa muhiti) va qabul qilgich tashkil qiladi. Ular birgalikda aloqa sistemasi yoki radioelektron sistemalar deb ataladi (1- rasmda keltirilgan).
Biz yuqorida radioelektronika, radiotexnika va elektronika fanlarining qo‘shilishidan vujudga kelgan, degan gapni aytdik.
Kelingizlar radiotexnika va elektronikaning o‘zlari nimani o‘rgatadi qisqacha shunga to‘xtaylik.
Radiotexnika - o‘zgarmas yoki sanoat chastotasi 50 Gts ga teng bo‘lgan chastotadagi o‘zgaruvchan tok energiyasini yuqori chastotali (yuz ming million va bir necha o‘n milion gerts) o‘zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib berish elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlarni hosil qilish, ularni tarqatish, qabul qilish shuningdek biror axborotni radioto‘lqinlar orqali uzatish, qabul qilish kabi masalalarni o‘rganadi.
Elektronika - elektrovakuumli va yarim o‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish va hozirgi zamon qurilmalarida ishlatish kabi masalalarni o‘rganadi.
Radiotexnika fanining rivojlanishida XIX asrda fizika sohasida qilingan ko‘pgina kashfiyotlar juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan:
- Faradey tomonidan kashf etilgan elektr va magnit maydonlarning o‘zaro ta’sir hodisalari ya’ni o‘zaro aloqadorligi.
- J.Maksvellning elektromagnit maydon xususiyatlarini ochib beruvchi tenglamalarini ko‘rsatish mumkin. Bu tenglamalarda elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligi va ular yorug‘lik tezligiga teng bo‘lgan tezlik bilan tarqalishi nazariy holda keltirilgan edi.
- Maksvell nazariyasi to‘g‘riligini birinchi marta nemis olimi G.Gerts (1886 – 1988 yil) amalda isbotladi. Lekin Gerts elektromagnit to‘lqinlarini amalda hosil qilsada, ammo ulardan texnikada foydalanib bo‘lmaydi deb hisobladi.
- Mana shu kuchsiz uchqunda kelajak aloqa vositasini ko‘ra olish uchun tadqiqotchi buyuk olim bo‘lishi zarur edi.
Bu ixtiroga rus olimi A.S. Papov 1895 yil 7 may kuni Petrburg rus fizik va ximiklari jamiyatida o‘zining ixtirosi haqida ma’ruza qildi. Bu ixtirodan bir yil o‘tgach italyan injeneri Markoni radio aloqa ishlarini amalga oshirib ko‘rsatdi. Eng oddiy elektron asboblaridan bir vakkumli diodni 1883 yilda Amerkalik T.A.Edison ixtiro qilgan. U oddiy chug‘lanish tolali elektr lampochkasi ichiga yana bitta elektrod joylashtirganda ular orasida hosil bo‘lgan tok faqat bir tarafga yo‘nalganligini kuzatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |