Arbiyasiga ta’siri va ota –ona va farzandlap mas’uliyati



Download 38,97 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2022
Hajmi38,97 Kb.
#648957
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 – MAVZU JAMIYAT VA OILA FALSAFASI

OLMONIYA
Quyi Saksoniyaning Xildesxaym yepiskopligidagi cherkov tarmog’ini 53 “dona”ga kamaytirish haqida qaror qabul qilindi. Avvaliga 80 taga kamaytirmoqchi edilar, biroq “xudoning baytlarini” uchdan birga kamaytirishga arang rozi bo’lishdi. Umuman olganda, Olmoniyada yana yuzlab cherkovlar yopilish arafasida turibdi. Bular nafaqat katolik cherkovlari, balki bular orasida lyuteran cherkovlari ham ko’p. Sabab esa bitta, u ham bo’lsa nomi zikr qilingan konfessiyalarga ergashuvchilar sonining shiddat bilan kamayib borayotganligidir. Olmoniyada jinsiy buzuqlik odatiy holga aylanib bo’ldi. Bu yerda gomoseksualizmga normal jinsiy munosabat kabi qaraydilar. Gamburgning sobiq hokimi va Berlin hokimi ochiqcha gomoseksuallar toifasiga mansub.
Olmoniyalik aksar ota-onalar o’zlarining 14-15 yoshlik farzandlari jinsiy aloqa bilan shug’ullanayotganidan emas, balki ular homiladan saqlanish hamda tanosil (venerik) kasalliklar haqida yetarli tushunchalari yo’qligidan tashvishlanadilar. Olmoniya maktablarida jinsiy munosabatlar haqida ta’lim berish, o’rgatish yo’lga qo’yilgan. Unga ko’ra, gomoseksualizm normal jinsiy munosabatlar qatoridan o’rin olgan.
Olmonlarning Salskotten shahrida kelib chiqishi ruslardan bo’lgan sakkizta oila boshlang’ich maktablardagi jinsiy tarbiya deb ataluvchi majburiy darslarga o’z farzandlarini yuborishmagan. Bu “qiliq”lari uchun ular juda katta jarimaga tortilgan. Biroq, bu chora ham foyda bermaganidan keyin oila otalari qamoq jazosiga hukm qilingan. Olmoniyada bulimiya, ya’ni ochofatlik kasaliga chalinganlar soni millionga yetdi. Mazkur mamlakatda haddan tashqari semirishning ko’payib ketishi mahalliy krematoriylarning xavfsizligiga aloqador bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Juda katta jasadlarning kuydirilishi krematoriylarda yong’in xavfsizligini nazoratdan chiqardi hamda atrof-muhitni ifloslantirish masalasini o’rtaga ko’ndalang qilib qo’ydi.


GOLLANDIYA
Niderlandiya 2002 yil evtonaziyani qonuniylashtirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. O’shandan beri yiliga uch mingdan oshiq odam bu huquqdan foydalanib kelmoqda. 2012 yil bahoridan boshlab Niderlandiyada mohir shifokor boshchiligida maxsus guruh o’z faoliyatini boshladi. Endi mazkur guruhni uyga chaqirib, evtanaziya qildirish mumkin bo’ldi. Niderlandiyaning Amsterdam, Rotterdam, Gaaga, Utrext va boshqa yirik shaharlarida nasha (marixuana), alahlash (gallyusinasiya)ni keltirib chiqaradigan qo’ziqorinlar va boshqa “yengil” giyohvand moddalarni sotishga rasmiy ruxsatnomasi bo’lgan maskanlar (kofeshoplar) tiqilib yotibdi. Ruxsatnomaga ega kofeshoplar tashkiloti og’ir giyohvand moddalarga o’rganganlarni yengil narkotiklar yordamida giyohvandlikdan xalos qilishni vaj qilishadi. Lekin giyohvandlikdan davolash markazi xodimlarining ta’kidlashicha, geroin iste’mol qiluvchilarning davolanishga kelgan 90 foizi zararli odatlarini “oddiy o’t”larni chekishdan boshlagan ekan.
2011 yili Gollandiyaning BNN telekanalida namoyish qilingan «Proefkonijnen» teleshousining boshlovchilari Denis Storm va Valerio Zenolar bir-birlarining go’shtlarini yeyishdi. Teleko’rsatuvdan biroz oldin maxsus jarohlik amaliyoti chog’ida ulardan go’sht parchalari kesib olingan, so’ng teleko’rsatuv chog’ida o’sha go’shtni ular pishirib yeganlar.
BBC Newsning xabar berishicha, Gollandiyada pedofillar huquqini himoya qiluvchi siyosiy partiya ro’yxatdan o’tgan. “Rahmdillik, erkinlik va rang-baranglik” nomi bilan ataluvchi partiya jinsiy munosabatlar joiz bo’lgan 16 yoshni 12 yoshga tushirish uchun kurashmoqchi ekan. Ular hayvonlar bilan (zoofiliya) jinsiy munosabatlarni hamda bolalar pornografiyasini ham qonuniylashtirmoqchi.



Download 38,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish