Aim.Uz
Aralashtirish jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish
Reja:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Absorbsiya jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish
3. Kuritish jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish
4. Kimyoviy – texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Adabiyotlar:
1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - Toshkent, 1964
Ikki va undan ortiq suyuk yoki sochiluvchan komponentlar okimlarini aralashtirish uchun davriy ishlovchi yoki uzluksiz ishlovchi aralashtirgichlar qo’llaniladi. Aralashtirgichlar aralashtirishni tezlashtirish va aralashma tarkibi bir tekis bo’lishini ta’minlash maqsadida meshalkalar bilan ta’minlanadi.
Avtomatlashtirish ob’ekti sifatida aralashtirgich «kirsh komponenti sarfi-aralashma sifatining ko’rsatkichi» kanali bo’yicha kechikuvchi yoki kechikmaydigan rostlash statik ob’ekti sifatida karab chiqarilishi mumkin. Kechiqishning mavjud bo’lishi hamda aralashtirish jarayonining inersionligi aralashma komponentalarining fizik parametrlariga va aralashtirishning samaradorligiga bog’liq. Aralashma sifatining talab kilinayotgan darajadan oshishiga sabab buluvchi galaenlantiruvchi ta’sirlar aralashma komponentlari sarfining o’zgarishi, shuningdek, ular xossalarining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Uzatilayotgan komponentlar sarfining o’zgarishi , rostlovchi ta’sirlar hisoblanadi. Aralashtigichni avtomatlashtirishning eng oddiy sxemasi xar bir komponentning berilgan qiymatda sarflanishini barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Agar komponentlardan birining sarfini barqarorlashtirish imkoni bulmasa, u xolda boshqa komponentlar sarfi nisbat rostlagichi yordamida berilgan tarkibidagi aralashmani saklash maqsadida unga nisbatan berilgan proporsiyada o’zgartirilishi kerak.
1- rasm.
Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish sxemasi.
20,1- rasmdagi sxemada aralashmaning shakllantiruvchi K1 va K2 komponentlar sarfi 1-1 va 2-1 sarf ulchagichlar yordamida ulchanadi. SHchitda ikkilamchi ko’rsatuvchi va uzi yozar 1-2 va 2-2 asboblar joylashtirilgan bo’lib,
ularning o’lchash natijalari nisbat rostlagichi 1-3ga uzatiladi. Masofadan turib boshqarish paneli1-4 orkali rostlagich asosiy K1 komponentning sarfiga bog’liq xolda yordamchi K2 komponent rostlovchi klapanning 1-5 ijrosi mexanizmiga ta’sir ko’rsatadi.
Aralashma sifatini uzluksiz o’lchash imkoni bo’lganda aralashma sifati bo’yicha korreksiyalovchi ikki konturli ARS dan foydalanish mumkin. Aralashmaning sifati analizator 1-3 yordamida ulchanadi, shchitda asbob 3-2 yordamida nazorat kilinadi va tuzatish kirituvchi rostlagich 3-3 ga uzatiladi, u esa sarflarning berilgan nisbatini rostlagich 1-3 da o’zgartiradi. Avtomatlashtirish sxemasi K1 komponentning sarflanishini aralashtirgichdagi satxga bog’liq xolda rostlashni xam kuzda tutadi. Satx holatini datchik 4-1 ulchaydi va rostlagich 4-2 orkali K1komponentning rostlovchi klapanning ijro mexanizmi 4-4 ga ta’sir ko’rsatadi.
Absorbsiya jarayoni ob’ektini avtomatlashtirish
Absorbsiyada suyuk yutgich gazni yutadi. Absorberga kelayotgan gaz kirish eritkichi-absorbentga yutiladi. Tayyor mahsulot hisoblangan chiqish eritmasi M chik absorberdan ishlab chiqarishga tanlab olinadi.
Absorberlarni avtomatlashtirishda chikuvchi eritma konsentrasiyasini, satx va bosimni rostlashnitaminlash talab kilinadi.
Absorber avtomatlashtirish ob’ekti sifatida xususiy xosilali differensial tenglamalar bilan tavsiflanadi.bu shu bilan ifodalanadiki, jarayonda suyuklikning butun hajmi ishtirok etadi. Absorbsiya jarayonlari modellarini soddalashtirish maqsadida ular dinamik buginlar ko’rinishida takribiy ifodalanadi. Bu xolda absorbsiya jarayoni sof kechuvchi ikkinchi tartibli nodavriy bugin bilan tavsiflanadi. Absorberlarning ulchami katta bo’lgani uchun ular «absorbent sarfi-chiqish eritmasi konsentrasiyasi» kanali bo’yicha katta inersionligi va kechiqish vaqtlari bilan ifodalanadi.
Absorberni avtomatlashtirish sxemasi uchun absorberdagi eritma satxini va gaz bosimini avtomatik rostlash yuqorida karab chikilgan sxemalarga kura amalga oshiriladi. CHiqish eritmasi konsentrasiyasini rostlash uchun ular konsentrasiyasini rostlash uchun ular konsentrasiya datchigi 1-1 bilan ulchanadi, undan chikkan signal rostlashning izodrom qonuni bilan ko’rsatuvchi va uzi yozar asbob 1-2 ga keladi. Rostlovchi ta’sir masofadan turib boshqarish1-3 paneli orkali absorberga absorbentni uzatishni ijrochi mexanizm 1-4 vositasida o’zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |