Darsning borishi
I. Tashkiliy qism. (2 minut)
Salomlashish, navbatchini tinglash .
Sinf o’quvchilari 3guruhga bo’linadi.
Guruhlar: 1. Ulushlar
2. To’g’ri kasr
3. Noto’g’ri kasr
O`qituvchi:
Fanlar ichida oftob
Ishidir hisob,kitob.
Unda jam mantiq,savod,
Musiqayu iqtisod.
O`ylab topsang EVRIKA!
Bu fan MATEMATIKA.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash. (5 minut)
O’quvchilar doskadagi daraxtning olmalariga yashiringan savollarga javob beradilar. To’g’ri va noto’g’ri kasrlar, ulushlar haqidadagi tushunchalar takrorlab olinadi.
III Yangi mavzuni bayoni (15min)
REJA:
1. Aralash son haqida
2. Noto`gri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalash.
3. Aralash sonni noto`gri kasr ko`rinishida ifodalash.
Chaqiriq
O`qituvchi doskaga ikki o`quvchini taklif qiladi. Bilag’on va Bilmasvoy rollarini topshiradi. Bolalarga doskaga to`gri kasrlar yozishni aytadi. Bilmasvoy
noto`gri kasrlarni ham yozib qo`yadi. O`qituvchi bolalardan Bilmasvoyni xatosini to`grilashni so`raydi.
Bilmasvoy shoshilib - kasrni to`grilab bo`lmaydi. Buni keragi ham yo`q shundaymi? Ustoz.
USTOZ: Bolalar keling Bilmasvoyga yordam beramiz.
Tayyorlangan slayd yordamida o’quvchilarga yangi mavzu tushuntiriladi.
So`zimni diqqat bilan tinglab, qoidani yodda tutishga harakat qiling.
QOIDA.
Surati katta bo`lsa, kasr bo`lar noto`gri
Bo`lish amalin qo`llab, qilamiz uni to`gri.
Butunni yoz oldiga, qoldig’ini suratga,
Bo`luvchi shay mahrajda, shunda ko`nadi shartga.
Bolalar qoidani takrorlab yod oladilar. O’qituvchi doskada yozib ko`rsatib beradi. Hammamiz qaytaramiz va amalda qo`llaymiz.
Bilag’on: Men, Bilmasvoyning noto`g’ri kasrni to`gri kasr qila oldim.
Bilmasvoy: Men ham yoza oldim.
Bilmasvoy: Uf bu sonlarni qanday o`qiyman endi?
O`qituvchi;
Butun son va kasr sonlar do`st bo`lishdi ho`p inoq
Aralashib safda tursa,tuzilar yangi jumboq.
O’quvchilarga aralash sonlarni o’qish tartibi tushuntiriladi.
Endi bolajonlar aralash sonlarni noto`gri kasr ko`rinishida yozishni o`rganamiz. Sherimga diqqat qiling.
Bu sonlarni asliga qaytarishimiz darkor.
O’ylab ko`ring ozgina qay amal qiladi kor?
Bo`lib ko`rsak bo`lmaydi, ayrish ham kerakmas.
Ko`paytirish mos kelar shuni qo`llasakla bas.
Butun son va mahrajni avval ko`paytiramiz,
Natijaga suratini darrov qo`shib qo`yamiz.
Xosil bo`lgan qiymatni suratiga yozamiz,
Sodiq posbon bo`luvchin mahrajda qoldiramiz.
IV.Mustaxkamlash.(15minut)
Yangi mavzu yuzasidan oquvchilarga savollar beriladi.
1. Noto`gri kasrni to`gri kasrga aylantirish qoidasini ayting?
2. Qanday sonlar aralash sonlar deyiladi?
3. Aralash sonni notog’ri kasr ko`rinishida yozish mumkinmi?
O`qituvchi har bir guruhga №138, 139, 142, 146 misollarni ishlashni topshiradi. Har bir guruhdan o`quvchilar doskada misollarni navbat bilan yechishadi, baholab boriladi.
V. Darsni yakunlash. (2 minut) O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa berish: (1 minut)№141, 143, 144, 145 misol va masala
Do'stlaringiz bilan baham: |