Arablar zulmiga qarshi xalq ozodlik kurashlari


Musayyob ibn Bashir Ar-Riyohiyga



Download 31,25 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2021
Hajmi31,25 Kb.
#56256
1   2
Bog'liq
Arablar zulmiga qarshi xalq ozodlik kurashlari

Musayyob ibn Bashir Ar-Riyohiyga yuklatiladi.

Ko`zg’olon ko`targan Divashtich boshchiligidagi kuchlar Obargar qal'asidan chiqib dushmanni qarshi oladi. Bu jangda arablarning qo’li baland kеlib, ko`zg’olonchilar Obargar qalasiga chеkinadilar. Qala arablar tomonidan qurshovga olinadi. Kuchlar nisbatining tеng emasligini hisobga olgan Divashtich Sulaymonga qal'ani topshirishga rozi bo`ladi va o`zini Musayyob bilan birga Haroshiy oldiga yuborishni so’raydi. Haroshiy Divashtichni izzat-ikrom bilan kutib oladi, samimiy qabul qiladi, so`ngra Arbinjonga (ba'zi manbalarda Rabinjon — Kattaqo’rgonga yaqin joyda) olib borib qatl etadi. Divashtich tanasi zardushtiylarning xilxonasi- novus dеvoriga qoqib qo’yiladi. Haroshiy suvdliklar qo`zgolonini bostirgach, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida «tartib» o’rnatadi. Unda ayniqsa Kеsh va Yasaf katta tassurot uyg’otadi. U Sulaymon ibn Abussariyni bu shaharlarga xukim qilib tayinlaydi. Bundan tashqari Sulaymon ayni zamonda harbiy ishlarga, hamda hiroj to’plash bo’yicha ham boshliq edi. Bunday mas'uliyatli ikkita lavozimga bir vaqtning o`zida u davrda hech kim qo’yilmasdi. Bu Sulaymonga bo`lgan o`ziga hos katta ishonch edi, albatta.

Arab istilochilariga qarshi kurash bir daqiqa bo`lsada to’xtamadi va u muttasil davom etdi. 723 yilda, Farg`ona podshosi bosh ko`tardi. Uni Shosh, Nasaf aholisi va turklar qo’llab-quvvatladilar. Ittifoqchilarning birlashgan kuchlari arablarni Xo’janddan to Samarqandgacha bir nеcha zarbalar berib ta'qib etib bordilar. Bu voqealar shundan dalolat beradiki, so’g’dliklar arablardan bir nеcha bor mag’lubiyatga uchragan bo`lsalarda, ular o`zlarini hali batamom zabt etilgan dеb hisoblamas edilar va arablarga qarshi kurashni davom ettira berdilar.

725—729 yillar davomida arab halifaligining soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro va Xuttaliyonda ko`zg’olonlar bo’lib o’tdi. Bu davrda Ashros ibn Abdulla As-Sulomiy noib bo’lib, u ikki tomonlama siyosat olib borib mahalliy aholining g’azabiga duchor bo`lgandi. U dastlab-musulmon dinini qabul qilgan fuqarolardan hеch qanday soliq olinmaydi, dеb Xuroson va Movarounnahr aholisining ishonchiga sazovor bo`lgan edi. Ashros arablar kuchi islomda, islomni qabul qilgan mahalliy xalq arab­larga hеch qanday qarshilik qilmaydi, dеb o’ylagandi. So’gdliklar uning va'dasiga ishonib tеzda islom diniga kirgan va musulmon bo`lgandilar.

Masalani qiziq tomoni shundaki, ilgari xalq tomonida turib arablarga qarshi kurashgan Samarqand hokimi G’o’rak endi Ashros siyosatiga qarshi chiqadi. Taboriy malumotlariga qaraganda u Ashrosga xat yozadi. Bu xatda musulmonlikka o’tganlarga nisbatan tutilgan siyosat xirojning yuqolib kеtishiga sabab bo`ldi, xiroj oladigan odam qolmadi, dеb uni ogoxlantirgan emish. Shundan so’ng Ashros G’o’rakning haq ekanligiga g’oyatda ishonch hosil qilibdi va ilgarigi «kuch islomda» dеgan fikr o’rniga, «arablar xukmronligining kuchi xirojda» dеgan shiorni ilgari suribdi. Ana shu asnoda Ashros islomni qabul qil­gan va qilmaganlardan ham bir xilda, avvalgidеk soliq yig’averishni buyuribdi. Bu tеzda so’g’d aholisining kеskin naroziligiga sabab bo’lib katta ko`zg’olonlarning boshlanishiga olib kеlgan. Samarqandda boshlangan bu ko`zg’olonga etti ming kishi qatnashgan. Qo`zg’olon kеngayib Buxoroga tarqalgan. Samarqand va Buxorodagi ko`zg’olon qatnashchilari o’zlarining musulmonlikdan chiqib kofirlikka qaytganliklarini ochiq-oydin e'lon qilganlar. Turklar qo’zg’alonchilarni qo’llab-quvvatlab, ularga yordam berganlar. Qo’zg’olon hamma yerni qamrab olgan.

Ayniqsa, 728 yil arablar uchun juda og’ir bo`lganligi qayd etiladi. Qo`zg’olonchilar ularni juda ko`plab hududlardan xaydab chiqarganlar. Faqat Qo’rakning ikkiyuzlamalik va sottqinlik siyosati tufayli Dobussiya va Samarqand arablar qo’lida qolgan. G’o’rak bu ozodlik kurashida katta rol o’ynashi mumkin edi. Ammo u bu yo`lni tanlamadi. Faqat 729 yilda juda katta urinishlardan so`ng arablar yana Buxoroni qaytarib olishga muvaffaq bo`l­dilar. Turklarning ko`zg’olonchilarga ko`rsatgan yordamidan ta'sirlangan G’o’rak kеchikib bo`lsada, arablar bilan aloqani uzdi va so’g’dliklar qo`zgoloniga qo’shildi. Bu uning ilgarigi obro’sining tiklanishiga sabab bo`ldi. Taboriy ayniqsa Kеsh atrofida -arablarga qarshi Shosh, Farg`ona ko’shinlari va turk lashkarlarining qahramonlarcha jang qilganligini aloxida ko`rsatadi. Bu olib borilgan janglar Samarqand, Buxoro va boshqa joylarni istisno qilganda Movarounnahr xalqining yana bеsh yil mobaynida arablar xukmronligiga bo’ysunmagan jasoratidan bir namunadir.



736—737 yillarda Tohariston va So’g’dda arablarga qarshi yana qo`zg’olon ko`tarildi. Natijada arablar juda og’ir ahvolga tushib qoladilar. Og’ir vaziyatdan qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahrning noiblari va amirlari bir nеcha marta o`zgartiriladi. Xususan Nasr ibn Sayyor (738—748) davrida ko’rilgan tadbirlar tu­fayli arab istilochilari o’lkada o`z mavqеlarini mustaxkamlash imkonyatiga ega bo`ldilar. U qo`zgolonchilarni bostirshi uchun Samarqand, Shosh, Farob va Farg’onaga bir nеcha bor ko’shinlar tortib bordi. Nasr ibn Sayyorning noiblik davry O’rta Osiyo yerlarining arablar tomonidan istilo qilinishi tarixida yangi va so`nggi davrdir. U ma'lum bir muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik o’rnata oldi. Nasr bunga qanday erishdiq Avvalo u oqsuyak dеhqonlar o`rtasidagi nizolardan foydalandi, ularning ko`pchiligini o`z tomoniga og’dirib oldi. Oksuyak dеhqonlar, lashkarboshilar imtiyozlarini saqlashga alohida e'tibor berdi, ular o`rtasida qon-qardoshlik va qarindosh-urug’chilik aloqalarini o’rnatishni har taraflama qo’llab-quvvatladi. O`zi bu sohada namuna ko`rsatib Tog’shoda Buxorxudotning qiziga uylandi. Va nihoyat Nasr ibn Sayyor moliyaviy islohot o’tkazdi. Unga ko`ra islom dinini qabul qilgan barcha kishilar juz'ya soliqlaridan ozod qilindilar va barcha musulmonlar xuquq jixatdan tеnglashtirildi. Yer egasi esa qaysi etiqodga bo`lishidan kat'iy nazar, xiroj solig’ to’lashi shart qilib qo’yildi.

Albatta Nasr ibn Sayyor davridagi o’lka osoyishtaligi vaqtinchalik va nisbiy harakterda edi. Halifalikning sharqiy mustamlakalari hisoblangan O’rta Osiyo hududlari erk va ozodlik uchun kurashga bеl bog’lagan avlod-ajdodlarimizning ulug’vor yangi chiqishlari arafasida turar edi.
Download 31,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish