Sinflar nazariyasi. A.Tyurgo F.Kenega o’xshab, jamiyatni uch sinfga ajaratadi: unumli sinf (qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan kishilar); yer egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar yoki ish bilan band bo’lganlar» deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki razryadga bo’lib ko’rsatadi, ya’ni avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va ish haqi oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga, olimning tasdiqlashicha, aynan unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |