…
Boshqa dinlar
Islomda boʻlinish
Sunniylik
Sunniylik (sunna soʻzidan) — islom
dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng
keng tarqalgani. Jahondagi barcha
musulmonlarning taxminan 93 % i Shia
(qolgan 7 % i shialikka) mansub (2004).
S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada
Play media
Hajj davomida Kaaba
…
…
…
(Pokiston, Bangladesh, Hindiston,
Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston,
Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors
koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida,
Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va
Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon
mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
Islom dastlabki davrda hech qanday
yoʻnalish, mazhab va oqimlarga
boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli
siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar
safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval
shialar, keyin xorijiylar musulmonlar
ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining
haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini,
yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu
tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi
shakllana bordi.
S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼtm)ning
„alFiqh alakbar“ asari eng nodir ilmiy
meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan
Ashʼariy bilan Abu Mansur
Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S
yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan
aqidaviy maktablar barcha sunniy
ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. S.
tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat:
1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati
bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin.
Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari,
ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim
emas, balki qachondir Alloh tarafidan
yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan
Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va
abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy
sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot,
iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning
azaliy va abadiy sifatlaridir. Uning zoti
ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot
va mavjudotlarning sifatlariga aslo
oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz,
barkamoldir. 5. Allohning ismlari koʻp.
Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan
(qarang alAsmo alhusno). 6. Allohning
adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini
koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr
yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat
hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yoʻlidan
asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati.
Asramasa adolati hisoblanadi. 7.
Paygʻambarlarning hammasini barhaq
deb tasdiq etish. Ularning adadi garchi
baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan
boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb
hisoblanmagani maʼqul.
Paygʻambarlarning birinchisi — Odam,
oxirgisi — Muhammad. 8.
Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb
eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning
karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir
avliyo paygʻambar darajasiga yeta
olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon
kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir
musulmon zimmasiga farzi ayn ekani.
Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki
sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa
qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir
boʻlmasligini tasdiq etish. 10. Imon —
Muhammad Alloh taolo tomonidan
keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni
haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil
bilan tasdiqlash deb bilish. Solih
amallarni koʻp qilganda imon nuri
koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda
imon nuri ozayib turishini tasdiklash va
hokazo
S.da 4 ta diniyhuquqiy mazhab
(hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik,
hanbaliylik) mavjud. S. islomda anʼanaviy
eʼtiqod yoʻli deb eʼtirof etilib kelgan.
S. bilan shialik oʻrtasida hokimiyat
masalasida, ayrim diniy marosim va
anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor.
Oʻzbekistonda, asosan, Ska eʼtiqod
qilinadi..
Shialik
Soʻfiylik
Qoʻshimcha mutolaa uchun
Havolalar
www.islom.uz
Manbalar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
…
…
…
…
…
Do'stlaringiz bilan baham: |