Shartnomaga asoslanmagan, ya`ni shaxsga, uning hayotiga, sog`li-g`iga hamda uning mol-mulkiga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan maj-buriyatlarni tartibga solish qoidalari ham mavjud. Ushbu qoidalarga muvo-fiq yetkazilgan zarar, uning qanday ahamiyatga ega bo`lishidan qat`i na-zar, birinchi galda pul, mol-mulk to`lash bilan, agar zararni bunday tarzda qoplash imkoniyati bo`lmasa, aybdor jabrlangan shaxsga ishlab berishi yoki o`z qizini, singlisini topshirish yo`li bilan qutilishi mumkin edi.
Shariat normalarida «diyata» degan qoida ishlatilgan. Ushbu qoidaga binoan qozi shaxsning salomatligiga yetkazilgan zararni undirish haqida qaror chiqaradi. Mulkiy zararni undirish bo`yicha taraflar (jabrlanuvchi va javobgar) betaraf shaxslardan tashkil topgan xolislar (treteyskiy) sudlariga murojaat qilishadi. Ushbu yo`l bilan da`vo bo`yicha bironta bitimga keli-shish imkoniyati bo`lmagan taqdirda nizo taraflarning kimligi va ularning mulkiy sharoiti hisobga olingan holda qozi tomonidan hal qilinadi105.
Do'stlaringiz bilan baham: |