Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Musulmon huquqining asosiy belgilari



Download 106,5 Kb.
bet8/9
Sana21.01.2022
Hajmi106,5 Kb.
#398472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Arab musulmon davlatlarining yuksalishi. IX-XV asrlarda afrika jamiyati va imperiyalari

3. Musulmon huquqining asosiy belgilari


Musulmon huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi xususiyatlari

Musulmon huquqi - shariat o`rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining juda katta hodisasi hisob-lanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jara-yoni arab davlatchiligining VII asr boshida (Mu-hammad salollulohu alayxi vassallam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VIII-X asrlarda (Umaviylar va Abbosiylar davrida) yirik impe-riyalardan biriga o`sib o`tishi jarayoni bilan chambarchas bog`liq.

Arab xalifaligi qulagandan so`ng musulmon huquqi nafaqat o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotdi, balki yanada taraqqiy etdi, xuddi o`rta asrlarda Yevropadagi rim huquqi singari «ikkinchi marotaba dunyoga keldi» hamda o`rta asrlardagi Osiyo va Afrikaning u yoki bu darajada islomni qabul qilgan qator mamlakatlari (Misr, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi va boshqa ko`pgina davlatlar)ning amaldagi huquqida ham musulmon huquqi arab istilosidan boshlab to «qizil imperiya» hukmronligi o`rnatilgunga qadar muhim o`zgarishlarsiz harakatda bo`ldi.

Musulmon huquqi o`zidan oldingi Sharq huquqiy madaniyatining ko`pgina elementlarini, jumladan, islomga qadar Arabistonda va arablar tomonidan bosib olingan hududlarda harakatda bo`lgan huquqiy odatlar va an`analarni ham o`zida aks ettirdi. Masalan, Umaviylar davrida ancha vaqtgacha sosoniylar, Eron, Vizantiya huquqi, shuningdek, qisman rim hu-quqi ham ahyon-ahyon qo`llanib turilgan. Ushbu manbalar tashqi jihatdan va kam ahamiyatli bo`lsa-da, shariatning vujudga kelishida ma`lum o`rin tutgan. Lekin ularning oqibatda shariatning betakror va o`ziga xos, musta-qil va original huquqiy tizim sifatida shakllanishiga hech qanday aloqasi yo`q. Shariatning vujudga kelishida Muhammad (SAV) va dastlabki to`rtta xalifaning o`rni juda katta. Aynan ularning hukmronligi davrida musul-monlarning muqaddas kitoblari - Qur`oni Karim va Sunna tuzilgan.

Shariat eng boshidan (hech bo`lmaganda dastlabki ikki asr mobayni-da) qat`iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilo-hiyoti bilan uzviy qo`shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mu-jassam etdi. Islom ta`limoti bo`yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomoni-dan o`rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo`lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xusu-san fiqh96 o`zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta`-limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo`shilib ketganligi, bir-biridan ajralmaganligi, bo`linmaganligi o`ziga xos ifodasini shundan topgan ediki, uning normalari (qoidalari, ko`rsatmalari) bir tomondan ijtimoiy («kishilik») munosabatlarni tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa - musulmonlarning Alloh bilan munosabat-larini (ibodat qilishlarini) belgilagan. Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shuningdek, qonuniy va no-qonuniy xatti-harakatga baho berishning o`ziga xosligida o`z aksini topgan. Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog`liqligi shariatda har bir musulmon tomonidan sodir etilishi lozim bo`lgan yoki mumkin bo`lmagan xatti-harakatlarning aniq ko`rsatib qo`yilganligida o`z ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga – xa-rom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davr-da beshta toifa vujudga kelgan. Bular: farz - bajarilishi qat`iy majburiy hi-soblangan xatti-harakatlar; mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin ma`-qul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh - ixtiyoriy normalar; makruh-noma`qul normalar; xarom - qat`iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy mazmunga ega bo`lib, majburlov-chi, tavsiya qiluvchi, yo`l qo`yuvchi, lekin jazo qo`llanilmaydigan, taqiq-lovchi va jazoga loyiq (mustahiq) xarakterdadir. Shariat me`yorlarining ilohiyligi, oldindan belgilab qo`yilganligi musulmonlar irodasining shariat doirasidagi erkinligi haqidagi masalaning juda katta ahamiyatini belgilay-di. Bu masalaga duch kelgan diniy-falsafiy maktablar turli mavqeni egalla-gan. Masalan, shunday maktablardan biri - jabariylar97 ikki inson irodasi erkinligini butunlay inkor etgan. Ular inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo`ygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo`q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni o`zlashtirib olish imkoniyati-gagina ega, degan ta`limotni ilgari surganlar.

Shariat uchun, ayniqsa uning rivojlanishidagi dastlabki bosqichlarda, musulmonning huquqlariga emas, balki uning Alloh oldidagi burchlariga e`tibor berish xarakterlidir. Shariatda musulmonlarning bunday majbu-riyatlarini o`rnatuvchi normalar juda ko`p bo`lib, ular musulmonning bu-tun hayotini (har kuni besh vaqt namoz o`qishi, ro`za tutishi, dafn maro-simlariga rioya qilishi va hokazo faoliyatini) belgilaydi. Shariat normalari-ning o`ziga xos xususiyati aynan ushbu normalarning faqat musulmonlarga va musulmonlar o`rtasidagi munosabatlarga tadbiq qilinishida ekanligi ham tasodifiy emas. Ilk islom va shariatga jamoa tuzumidan o`sib chiqqan normalar - qoidalar xosdir. Bunday normalarda kollektivchilik, rahmdillik, mayib-majruh va boshqa nochor kishilar haqida g`amxo`rlik elementlari saqlanib qolgan edi. Biroq albatta shariatda insonning xudo oldida ojizligi haqidagi, unga so`zsiz itoat etishi haqidagi tasavvurlar ham o`z ifodasini topgan. Qur`oni Karimda musulmon uchun sabr-toqat va mo`minlik zarurligi alohida ta`kidlanadi: «Sabr qiling, Alloh sabr qiluvchilar bilan». Shu tariqa shariatda musulmonning xalifaga va davlat hokimiyatiga bo`ysunish majburiyati mustahkamlangan: «Allohga bo`ysuning va uning elchisiga va oralaringizdagi hokimiyat egalariga itoat eting».

Shimoliy Afrikada asosan arab tilida gapiradigan xalklar yashaganligi uchun uni arab afrikasi deb ataydilar. Aslida bu yerdagi xalklar va elatlar kadimiy aborigen axolining avlodlaridir. Xozirgi davrda Shimoliy Afrika xalklariga Misr, Sudan va Katta Magrib (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va Mavritaniya, Garbiy Saxroi Kabir) axolisi kiradi.

Kadimgi yunon manbalarida Magrib axolisini Liviyaliklar deb tilga olinadi. Ularning bir kismi kuchmanchilik bilan shugullanuvchi ikkinchi kismi dexkonchilik bilan shugullanuvchi axolidan iborat bulgan. Er.av. 1 ming yillikda ular finikiyaliklar asos solgan Utiku, Karfogen kabi davlatlar bilan uz mustakilligi uchun urushlar olib borgan. Natijada Numidiya va Mavritaniya davlatlari yuzaga kelgan. Rim imperiyasi Karfogenni kulga kiritishi bilan (er.av. 2-asr urtalari.) bu ikki podsholik xam yemiriladi. Maxalliy axoli mavrlar va keyin arablar kelishi bilan barbarlar deb atala boshlanadi. Ular ikki guruxni tashkil kilgan-Zanota va Sanxaja. Zanota kabilalari kuchmanchi tuyakash axolidan iborat. Sanxaja kabilalari esa dexkonchilik va bogdorchilik bilan shugullangan. X1 asrdan boshlab arablarning sulaym va xilol kabilalarining Magribga ommaviy kuchishlari natijasida barbarlarni arablashtirish kuchayadi. Arab xalifaligining jiddiy solik va diniy soxadagi siyosati natijasida arab tili va islom dini keng tarkalgan. XIII asrda Shimoliy Afrikada 3 ta feodal davlat – Mariniylar, Zayyaniylar va Xafsidiylar paydo bulib, to XU1 asrgacha ya'ni turk istilosigacha mavjud bulgan. Barbar va arab kabilalarining aralashishi natijasida magrib xalklari milliy ozodlik kurashiga tortilib, xozirgi millatlar shakllana boshlangan.

Misr xalki eng kadimiy yuksak madaniyat yaratgan etnosdir. Ular er.av. 4 ming yillikdayok sun'iy sugorishga asoslangan dexkonchilikni bilganlar.Arxeologik ma'lumotlarga karaganda antropologik jixatdan Misrning eng kadimiy axolisi er. av. 3ming yillikda Nil vodiysida paydo bulgan dastlabki Misr davlati axolisidan fark kilmaydi.Xozirgi misrliklar xam buyuk madaniyat yaratgan ajdodlaridan irkiy jixatdan kam farklanadilar.Ularning etnik tuzilishida er. av. 1 ming yillik urtalarida Misrni bosib olgan eron istilochilari , keyin makedoniyalik Iskandarning istilosi uz izini koldirgan.VII asr urtalarida Misrni bosib olgan arablar tub maxalliy axoli bilan aralashib, unga uz tili va dinini singdira boshlagan.1517 yilda Misrni Turkiya bosib olib, to X1X asr oxirlarigacha xukmronlik kilgan.1882yilgi Angliya istilosi natijasida Misr mustamlaka kilinib, inglizlarning paxta plantasiyasiga aylanadi.Tinimsiz ozodlik kurashi natijasida misrliklar millat sifatida shakllanibi ikkinchi jaxon urishidan keyin mustakillikka erishgan.1952 yil iyun oyida kirol Farrux taxtdan agdarilib Misr Respublika deb e'lon kilindi.

Misrdan janubda joylashgan Sudan xalki xam milliy ozodlik kurashiga faol tortilib , 1956 yili 1 yanvarda mustakillikka erishgan va uz davlatini respublika deb e'lon kilgan. Sudanliklar (kadimgi Nubiya ) xam yukori madaniyat yaratgan elatlardan.Nubiya tugrisidagi dastlabki ma'lumotlar er. av. 3 ming yilliklarda Misr solnomalarida tilga olingan.

Shimoliy Afrika xalklarining xujaligi jaxondagi eng kadimiy dexkonchilik va chorvachilik xujaligi bulib, uning ajoyib an'analari xozirgacha yetib kelgan.Nil vodiysi va dengiz soxillaridagi serunum yerlarda asosan dexkonchilik, saxro va dashtlarda yarim kuchmanchilik asosiy xujalik tarmogi bulgan.Bu yerdagi dexkonchilik neolit davrida paydo bulgan va daryo toshkinlaridan foydalanib ekin ekishdan iboratbulgan. Nil vodiysida ilgari bir necha ming gektar maydonni uchastkalarga bulib rosh bilan chek solgan va toshkin suvidan tuldirilib bir yarim oygacha suv saklangan.Suv singib ketgandan keyin Nilning serunum loykasiga urug sochganlar. Odatda bugdoy, arpa, loviya, beda va boshka ekinlar ekilgan va kish buyi usib yozga borib xosil bergan.Oddiy dexkon ( falloxlar ) lar uz yerlarini sodda usulda pakir bilan suv chikarib (shaduf orkali ) yoki maxsus mexanizim – sakiya orkali sugorib dexkonchilik kilganlar. Don, loviya va paxta ekinlaridan tashkari falloxlar sholi, shakarkamish, makka, suli, zigir, turli sabzavot va poliz ekinlari, beda ekkanlar.Yerni xaydashda kadimiy temir uchli omoch ishlatilgan, unga xukiz, kutos, eshak, xachir yoki tuya kushilgan. Yerga ishlov berishda motiga ( ketmon ) dan foydalanilgan, xosil urok bilan urilgan va maxsus yogochga ishchi xayvon kushib yanchishgan.Agar Misrda asosan don ,paxta,sabzavot ekilsa , Marokashda makka, Tunisda zaytun daraxti,Janubiy Magribda xurmo ekilgan , bu yerda uzum , anjir, bodom, sitrus usimliklari va sabzovot ustirilgan.

Misr dexkonchiligi an'anaviy uch faslga bulingan: kishki ( shitvi ), yozgi ( sayfi ) va Nilning toshkin davriga tugri keladigan kuzgi ( nili). Kishki ( noyabr – mart ) faslida bugdoy, arpa, piyoz, loviya, beda ekilgan, yozgi ( aprel – avgust ) da paxta, zigir, kandir, shakarkamish, sholi, makka ekishgan, kuzgi faslda ( sentabr – noyabr ) esa asosan sholi, makka va suli ekilgan.

Kishlok jamoasi kadimdan turli uy xunarmandchiligi bilan xam shugullanganlar. Ular kulda va charxda sopol buyumlar yasaganlar, buyra,chipta tukiganlar. Chorvachilik bilan shugullanuvchi axoli esa , jundan xar xil mato, gilam tukiganlar, kigiz, teri poyabzal, egar kabi zarur buyumlar yasaganlar. Shaxarlarda yirik xunarmandchilik, ayniksa , temirchilik, misgarlik, zargarlik, kunchilik, kulolchilik ancha rivojlangan. Misr falloxlari kichik kishloklarda Nil vodiysining sugoriladigan joylarida yashaganlar. Ular xom gishtdan yoki guvaladan bir kavatli tekis tomli uy kurganlar. Dexkon uylari bir xujrali oynasiz va tuynuksiz , yarmisini supali pechka egallagan bulib , shunga tushalgan buyrada yotib turganlar.




Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish