Unli tovushlar
Arab tilida 6 ta unli tovush bor.
3
Ular uchta qisqa—“a”, “i”, “u” va uchta uzun
—“a:”, “i:”, “u:” unli tovushlaridir. Uzun unlilar qisqa unliga qaraganda
ko‘proq cho‘zib talaffuz qilinadi.
Qisqa unli tovushlar yozuvda harakatlar deb ataladigan belgilar bilan
belgilanadi. Harakatlar Qurʼon karimda, darslik va lug‘atlarda xato qilib
qo‘ymaslik maqsadida qo‘yiladi. Zamonaviy arab adabiyoti va vaqtli matbuot
yozuvlarida harakatlar qo‘yilmaydi.
Uzun unlilarni esa alifbodagi 3 ta undosh harf yordamida ifodalanadi.
Unlilarning uzun yoki qisqaligiga rioya qilmaslik so‘zlarning maʼnolarini
tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Har bir bo‘g‘in tarkibida albatta bir unli tovush bo‘lgani holda, arab tilida
hech qanday bo‘g‘in unlidan boshlanmaydi. Unli tovush faqat undosh
tovushdan keyin kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, arab tilida «o-ta», «no-a-niq»
kabi so‘zlar yo‘q.
Artikulyatsion-akustik va eshitib his etilishi hamda tildagi funksional xizmati
jihatidan unli va undosh tovushlar o‘rtasida katta farq bor.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqib
kelayotgan havo oqimi og`iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi.
3
www.learnarabiconline.com
10
Akustik xususiyatiga ko‘ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranadi.
Unlilar musiqa ohangiga jo‘r bo‘la oluvchi mayin ohangga egadir.
Unlilarning bir-biridan farqi rezonator vazifasini o‘tovchi bo‘g‘iz
bo‘shlig‘ining shakliga bog‘liq. Og`iz bo‘shlig‘ining shakli esa til, lab va
pastki jag‘ning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, unli tovushlar: 1)
tilning muayyan tovushni hosil qiladigan qismi (gorizontal harakatiga); 2)
tilning tovush hosil qiladigan qismining ko‘tarilish darajasi (vertikal
harakatiga); 3) labning holatiga qarab bir-biridan farq qiladi.
1. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar tiloldi, tilo‘rta, tilorqa qator
unlilarga bo‘linadi. Masalan, tiloldi unlisi i.
2. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra yuqori, o‘rta, quyi ko‘tarilish yoki yopiq,
yarim yopiq, yarim ochiq, ochiq unlilari bilan farqlanadi. Masalan, yuqori
ko‘tarilish unlisi u:.
3. Unlilarning talaffuzida lab ishtirok etsa, lablangan, ishtirok etmasa,
lablanmagan unlilar deyiladi. Masalan, lablangan u.
Unlilarning yuqoridagi klassifikatsiyasi ularning sifat belgilaridir. Unlilar
yana miqdor belgisi bilan, yaʼni unlilarning talaffuz vaqti bilan o‘lchanadigan
qisqalik va cho‘ziqlik belgilari bilan ham farqlanadi. Bunday unlilar arab tili
uchun xarakterli hisoblanadi va ular maʼno farqlash uchun xizmat qiladi.
Arab tilidagi qisqa unlilar a, i, u o‘zbek tilidagi a, i, u fonemalariga
o‘xshashdir.
Cho‘ziq fonemalar esa qisqalariga sifat jihatdan mos keladi, ulardan
artikulyatsiyani ko‘proq cho‘zish bilan farq qiladi.
11
Arab tilida undoshlar unli tovushlarning talaffuziga taʼsir qiladi. Shuning
uchun unli fonemalar undoshlarning xususiyatiga qarab, yoki o‘zgarishsiz,
yaʼni fonema sifatida, yoki vaziyatga qarab fonemaning varianti sifatida
talaffuz qilinadi.
a) qisqa unlilar.
Arab alifbosida qisqa unlilarni bildiradigan harflar yo‘q. Qurʼoni karim,
lug‘atlar, o‘quv qo‘llanmalarida va boshqa zarur holatlarda qisqa unlilar
“harakat” deb ataladigan maxsus belgilar bilan ifodalanadi.
“A” qisqa unlisi shu unlidan oldingi harf ustiga “fatha”-“ "belgisini qo’yish
bilan ifodalaydi Masalan:
“I” qisqa unlisini esa oldingi undoshning ostiga “kasra” belgisini qo’yib
ifodalaydi
“U” qisqa unlisini ifodalash uchun undan olingi undosh ustiga “zamma”
belgisini qo’yib ifodalash mumkin
b) cho'ziq unlilar.
Cho'ziq “a” unlisini ifodalash uchun fathali undoshdan keyin Alif –“ ا ” harfi
yolg‘iz o‘zi hech qanday tovushni bildirmaydi. Asosan turli harakat va
belgilarga “kursi”-taglik vazifasida ishlatiladi va “harakat”ga qarab “a” yoki
“i” yoxud “u” o‘qilishi, hatto o‘qilmasligi ham mumkin.
Cho‘ziq “i” unlisi “ى” harfi bilan ifodalanadi
12
Bu harf ch ziq “i” unlisini ifodalashi uchun kasrali undoshdan keyin kelishi
va o‘zi hech qanday qo‘shimcha belgiga ega bo‘lmasligi kerak. Aks holda bu
harf til o‘rtasi-qattiq tanglay orasida hosil bo‘ladigan sirg‘aluvchi jarangli «y»
yarim undosh tovushini ifodalaydi
Cho'ziq “u” unlisi« و » dammali undoshdan keyin kelgan, hech qanday
harakati yo'q harfi biror harakatga ega bo'lsa, maxraji lab-lab bo'lgan,
sirg‘aluvchi jarangli yarim undosh tovushni bildiradi. Bu tovush ingliz tilidagi
“window” kabi so'zlardagi “w” harfi bilan ifodalanadigan tovushga o'xshaydi,
o'zbek tilidagi “viqor”, “vijdon” kabi so'zlardagi lab-tish tovushi bo'lgan
«v»dan farq qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |