Arab davlatlari Umumiy tavsif



Download 109,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.07.2022
Hajmi109,79 Kb.
#836192
1   2   3   4
Bog'liq
Arab davlatlari - Vikipediya

Arab mamlakatlari
Yaqin Sharq muammosi


Yahudiylar Falastin arablarini oʻz yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5
mln. falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur boʻldi. Misr, Suriya,
Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur boʻldilar.
Dunyo sionistik tashkilotlari koʻrsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga toʻlagan 1
mlrd. dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt
ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy
oʻlka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. AQSH bu o'lkani oʻz hayotiy manfaati
doirasiga kiritgan. Ayni paytda unga bu hududda ishonchli ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni
ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat sifatida tanladi.
Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari oʻrtasida mustahkam
ittifoq ham yoʻq edi. Buning asosiy sababi mustamlakachi davlatlarning arablarga mustaqillik
berish davrida bir arab davlati hududining bir qismini ikkinchi arab davlati hududiga qoʻshib
yuborganligi edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya davlatlarida
hukmron sulolalar o'zaro nizoda edilar. Livanda esa davlat boshqaruvi diniy jamoachilik
tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har biri oʻz manfaatini umumarab manfaatidan
ustun qoʻyardilar.
Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat
ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida
hokimiyat tepasida o'zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha choralarni koʻrdi.
Manfaatlariga katta xavf tugʻilgan paytda ular agressiya uyushtirishdan ham tap tortmadilar.
Chunonchi, 1956-yilda shunday boʻldi. Shu yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil
Misrga qarshi agressiya uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash
uchun zarur boʻlsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani
toʻxtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to ʻxtatgani yoʻq. 1964-yilda Livan
hududida Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi.
Bu tashkilot oʻz oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini qoʻydi. Tez orada u 15
minglik yaxshi tayyorgarlik ko'rgan armiyaga ega boʻldi.
1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta
talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida Isroil oʻz hududidan 2 baravar
katta boʻlgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham
qilina boshlandi.
Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli


Misr Sinay yarim orolini, Suriya Joʻlan tepaligini, Iordaniya esa Iordan daryosining gʻarbiy
qirgʻogʻini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy
texnikaning deyarli barchasi Isroil qoʻliga oʻtdi. Gʻazo sektori va Falastin davlati poytaxti
boʻlishi kerak boʻlgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu
magʻlubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qoʻydi.
1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat
tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati
Falastin arab xalqiga oʻz davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni
qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi.
Isroil ittifoqchilari ham qoʻl qovushtirib o'tirmadi, albatta. Ular Isroilga katta miqdorda yordam
koʻrsatishni davom ettirdilar. 1969— 1979-yillar oraligʻidagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd.
dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini
yuritdi.
Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash choralarini koʻrdilar.
SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.
1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr Suriya armiyasi Isroilga
hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Ayni paytda
FOTning xalqaro obroʻsi oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining
yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi.
Isroilning og`ir ahvolga solib qoʻyilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-
arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obroʻsini
saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar
orasiga nizo solish edi. AQSH oʻz maqsadiga erishdi ham.
1979- yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida separat KempDevid (AQSH) bitimi
imzolanishiga erishdi. Unga koʻra, Isroil oʻz qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib
chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam koʻrsatish
majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yoʻlga
qo'yishda Misrga yordam koʻrsatdi. Arab ekstremistlari Misr Prezidenti A. Sadatning bu
siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6- oktabrida uni oʻldirishga muvaffaq
boʻldilar.
Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari


1980— 1990-yillarda arab davlatlari oʻrtasida Yaqin Sharq masalasida boʻlinish yuz berdi. Boy
arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan arab amirliklari (BAA) va Ummon
davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar.
Iordaniya va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yoʻlini
inkor etdilar.
1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin
milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar oʻtkazilsa-da,
Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda.
2005-yilda Yo. Arofat vafot etgach, uning oʻmiga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom
ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G ʻazo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylami
koʻchirib olib chiqib ketdi. Bu narsa Isroilda munosabatni ancha keskinlashtirdi, falastinliklar
esa bayram qildi.
Iroqda Ikkinchi jahon urushidan keyin ham amalda Buyuk Britaniya nazorati davom etdi.
1948-yilning 15-yanvarida Buyuk Britaniyaning Portsmut shahrida imzolangan shartnoma bu
holatni yanada mustahkamladi. Shartnomaga koʻra, urush xavfi paydo bo'lgan chogʻda Buyuk
Britaniya Iroqni ishgʻol etish huquqini oldi. Amalda Buyuk B
Amalda Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni harbiy-siyosiy ittifoqqa
tortdi. Shu ittifoq 1955-yilning 12-oktabrida rasmiylashdi va bu Bagʻdod pakti nomi bilan
ataldi.
Qirol hokimiyatining amalda G ʻarb davlatlari irodasini bajaruvchiga aylanishi mamlakat
harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yilda harbiy qismlar orasida «Erkin zobitlar»
tashkiloti tuzildi. 1958-yilning 14-iyulida harbiy toʻntarish amalga oshirildi. Mamlakat qiroli
Feysal II oʻldirildi. Iroq Respublika deb e’lon qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim
boshchiligida hukumat tuzildi. Iroq Bagʻdod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi.
Sentabr oyida agrar islohot toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
Iroq


Ayni paytda Abdul Karim Qosim mamlakatda shaxsiy diktatura o'rnatishga intildi.
Muxolifatchi kuchlarni qatag'on qilish siyosatini yuritdi. Tashqi siyosatda esa Quvaytga
nisbatan hududiy da’vo bilan chiqdi. Bu hol uning arab dunyosida yakkalanib qolishiga olib
keldi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash kuchaydi.
Buning natijasida 1963-yilning 8-fevralida navbatdagi harbiy toʻntarish oʻtkazildi. Abdul Qosim
va uning yaqin tarafdorlari o'ldirildi. Hokimiyat tepasiga Baas partiyasi (Arab sotsialistik
uygʻonish partiyasi) va Abd asSalom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi.
Arafa prezident deb e’lon qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti
xususida turli siyosiy guruhlar birligini ta’minlay olmadi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik
davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat toʻntarishi oʻtkazdi va butun hokimiyatni
oʻz qoʻliga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e’lon qildi. Yagona siyosiy partiya
— Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki siyosatdagi
chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy
harakatlarni toʻxtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatagʻon
kuchaytirildi.
Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normallashtirildi. Lekin Arafa
hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy
xarajatning koʻpaytirilganligi boʻldi. 1967-yilgi Isroil agressiyasi mam lakat iqtisodiy ahvolini
yanada murakkablashtirdi.
Bu hol armiyadagi turli xil guruhlar oʻrtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va,
nihoyat, 1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat toʻntarishini amalga oshirdilar.
Taqiqlangan Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga

Download 109,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish