Saudiya Arabistoni
mutlaq monarxiya davlatidir.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan biri. Bu omil uning
iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935- yildan boshlab AQSH neft
kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shugʻullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish
bo'yicha arab-amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida
qayta ishlash boshlandi.
1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud oʻtirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va
liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda zamonaviy
iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab-
amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga koʻchirildi. 1973- yilda
Arab-amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya daromadida
Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya toʻla
Saudiya mulki boʻlib qoldi.
Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga
oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon ruhiga mos mehnat qonuni
joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turar joylar qurildi. Yuqori ish haqi to'lanishi
kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tughlganda davlat uning
xarajatini oʻz boʻyniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy oʻrta ta’lim amalga oshirildi. 0
ʻgʻil oʻquvchi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya toʻlovi joriy etildi. Qirol Faxd bin
Abdulaziz as-Saud (1982- yilda taxtga oʻtirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi
kunda davlat daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd. dollarlik
neft sotilgan boʻlsa, mamlakatga 30 mlrd. dollarlik xalq iste’mol tovarlari olib kelindi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini oʻzlashtirishga qodir
emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda
qarzga beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli rol o'ynashini
ta'minlab kelmoqda.
2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin Abdulaziz
as Saud egalladi.
Tashqi siyosat
Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, hamkori AQSHdir. Ayni paytda arab davlatlari va
boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili budjetning 10 foizi miqdorida
musulmon davlatlariga yordam ko'rsatmoqda. Arab davlatlarining AQSH taklifi asosida Isroil
bilan munosabatlarini qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta rol oʻynadi. Xususan, 1979-
yilda Misr-Isroil oʻrtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita Saudiya
podsholigining Misrga ko'rsatgan ta'siri oqibati boʻldi, deyish mumkin. Iroqni Quvaytdan quvib
chiqarish bilan bogʻliq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi oʻziga xos rol oʻynadi.
Saudiya — Oʻzbekiston munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Har yili 0
ʻzbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safariga borib kelmoqda.
Suriya 1941-yilning 27-sentabrida mustaqil davlat deb e’lon qilingan boʻlsa-da, ingliz-fransuz
armiyasi mamlakat hududida qola bergan edi. 1946-yil Suriya Buyuk Britaniya va Fransiyaning
oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat etdi.
Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini olib
chiqib ketishga majbur boʻldilar. Shu tariqa Suriya suvereniteti toʻla tiklandi va 17-aprel Milliy
bayram kuni boʻlib qoldi.
Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlay olmadi. Bu esa 1949-yilda
ketma-ket 3 marta davlat toʻntarishi roʻy berishiga olib keldi. 1951-yil noyabrida esa polkovnik
Shishaklining harbiy diktaturasi oʻmatildi. Biroq bu diktatura uzoq yashamadi. 1954-yilda u
agʻdarildi. 1956- yilda Shukri Quatli prezident etib saylandi. U Misr va Saudiya davlatlari bilan
yaxshi munosabat o'rnatdi. 1956-yilda Misrga qarshi uchlar agressiyasi davrida Misrga
yordam koʻrsatdi.
Ayni paytda SSSR bilan ham munosabatlari mustahkamlanib bordi. Murakkab xalqaro sharoit,
harbiy agressiya xavfi Suriyani Misr bilan birlashishga majbur etdi. 1956-yilning fevral oyida
Suriya va Misr yagona davlatga birlashdilar. Bu davlat Birlashgan Arab Respublikasi deb
ataldi. Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir BAR prezidenti etib saylandi. Biroq bu birlik uzoq
davom etmadi. Suriyada hamma tabaqalar ham, jumladan, harbiylaming aksariyat qismi
birlashuvdan birday manfaatdor emas edi.
1961-yilning 8-martida Bass (Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi) a'zosi boʻlgan zobitlar
guruhi davlat toʻntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy qoʻmondonlik kengashi qoʻliga o
ʻtdi. 1966-yil 23-fevralda hokimiyatni general Hafiz Asad egalladi. U hayotining deyarli
oxirigacha prezidentlik lavozimini egallab keldi (2000-yil).
Suriya
Uning vafotidan keyin oʻgʻli Bashar al-Asad prezidentlik lavozimiga keldi.
1967-yilda arab-isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush harakatlari
boshlanib ketdi. Bu urushda Suriya oʻz hududining bir qismini yoʻqotdi. 1973-yilgi arab-isroil
umshida ham bu hududlarni qaytarib olishga muvaffaq boʻlinmadi. Suriya Isroil bilan separat
shartnoma tuzishga uzoq yillar qarshi boʻlib keldi.
Bu qoida hamon davom etmoqda. «Tinchlik evaziga bosib olingan yerlarni qaytarib olish»
tamoyili ostida oʻtkazilgan Suriya-Isroil muzokaralari natijasiz tugadi. Suriya-Isroil
munosabatlarida umsh holatining davom etishi Suriyani mudofaaga katta mablagʻ sarflashga
majbur etmoqda. Suriya oʻz qoʻshnisi Livanga ham harbiy yordam ko'rsatib kelmoqda.
Mamlakatda davlat organlarini qayta tashkil etish boshlandi. Umumiy Xalq Kongressi Oliy
hokimiyat organi deb eTon qilindi. 1977-yil 3-mart kunidan boshlab Liviya Arab Respublikasi
Liviya Xalq Arab Jamaxiriyasi nomi bilan ataladigan bo`ldi. M. Kaddafiy esa 1-sentabr
inqilobining rahbari deb e’lon qilindi. Shu tariqa u davlatning yagona rahbariga aylandi. Liviya
milliy boyligining asosini neft tashkil etadi. Hukumat Liviyada neft qazib chiqarish bilan
shug'ullanuvchi barcha kompaniyalarni toTa yoki qisman milliylashtirdi. Mamlakat ichkarisida
neft mahsulotlarini sotish va taqsimlashni davlat oʻz qoʻliga oldi. Milliy neft-kimyo sanoati
hamda neft tashuvchi flot yaratildi. Liviya iqtisodiyotida davlat sektori katta salmoqqa ega.
Neft sanoatidan tashqari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, yirik qishloq xo'jalik birlashmalari,
transport, qurilish kompaniyalari hamda tashqi savdo davlat ixtiyoridadir. Liviya qonunlari
kishining mehnat natijasini oʻzlashtirib olmaydigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga
ruxsat etadi.
Mamlakat rahbariyati aholining ijtimoiy himoyasi masalasiga alohida e'tibor berdi. Ish haqi
to'lashni davlat tartibga solib turadi. Turar joy uchun kam haq olinadi. Aholiga bepul tibbiy
xizmat koʻrsatiladi. Umumiy va oliy ta’lim ham bepul. Obyektiv sabablarga koʻra, mamlakat
qishloq xo'jaligi kam taraqqiy etgan. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari chetdan sotib
olinadi. Shunday boʻlsa-da, bugungi Liviya — dunyoning eng boy davlatlaridan biri. Liviya yiliga
110 mln. tonna neft qazib oladi. Neft savdosi mamlakat g'aznasiga 10 mlrd. dollar daromad
keltiradi.
Liviya faol tashqi siyosat yuritadi. U Arab Davlatlari Ligasi, Afrika hamkorligi tashkiloti,
Qoʻshilmaslik harakati, Arab mag'ribi Ittifoqi kabi regional tashkilotlar a’zosidir. Falastin
Ozodlik Tashkilotini qo'llabquwatlaydi. Unga katta miqdorda moliyaviy yordam ham
Keygingi o`zgarishlar
koʻrsatadi. Biroq Liviya xalqaro terrorizmni qoʻllab-quwatlashda ham ayblanib kelmoqda. Bu
esa uning AQSH tomonidan jazolanishiga sabab bo'lgan.
AQSH M. Kaddafiyni jismonan yoʻq qilish maqsadida 1986-yilning 15- aprelida Liviya poytaxti
Tripoli shahrini bombardimon qildi. Lekin M. Kaddafiy omon qoldi. Ayni paytda 2000-yilda
Liviya xalqaro terrorizmda gumon qilingan ikki fuqarosini xalqaro sud hukmiga topshirishga
majbur bo'ldi. Xalqaro sud (Gaaga shahrida) ulaming birini aybdor deb topdi va qamoq
jazosiga hukm qildi. 2005-yilga kelib M. Kaddafiy G ʻarb davlatlarining barcha talablarini
bajardi. Qurollanish dasturini toʻxtatdi. G ʻarb xalqaro cheklovni bekor qildi.
Arab Davlatlari. Falastin, Iordaniya, Iroq (https://uz.atomiyme.com/arab-davlatlari-falastin-i
ordaniya-iroq/)
Арабские страны (https://visasam.ru/emigration/vybor/arabskie-strany.html)
Arab davlatlarini tashkil etuvchi davlatlar nima? (https://uz.eferrit.com/arab-davlatlarini-tas
hkil-etuvchi-davlatlar-nima/)
Arab davlatlari
[1]
What Is the Arab League?
[2]
Арабские страны
[3]
1.
https://uz.atomiyme.com/arab-davlatlari-falastin-iordaniya-iroq/
2.
https://www.investopedia.com/terms/a/arab-
league.asp#:~:text=The%2022%20members%20of%20the,Eritrea%2C%20India%2C%20and
%20Venezuela. (https://www.investopedia.com/terms/a/arab-league.asp#:~:text=The%20
22%20members%20of%20the,Eritrea%2C%20India%2C%20and%20Venezuela.)
3.
https://visasam.ru/emigration/vybor/arabskie-strany.html
Havolalar
Manbalar
Soʻnggi tahrir 27 kun avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Arab_davlatlari&oldid=2593
014
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |